7-mavzu. Servis va iqtisodiy oqimlar Логистик хизмат кўрсатиш тушунчаси. Хизмат кўрсатиш тизимини шакллантириш. Хизмат турлари, инфратузилмалар


Raqobatdagi iqtisodiy oqimlarni logistizatsiyalash


Download 314.83 Kb.
bet4/4
Sana31.03.2023
Hajmi314.83 Kb.
#1310622
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu. Servis va iqtisodiy oqimlar

Raqobatdagi iqtisodiy oqimlarni logistizatsiyalash - bu logistik zanjirlar ishtirokchilari о‘rtasida har bir iqtisodiy oqim harajatlari va natijalari bо‘yicha kelishuvlarni doimiy izlash demakdir.
Shunday qilib, raqobatdagi iqtisodiy oqimlar bu:
- iqtisodiy oqimlar harakati amalga oshiriladigan logistik zanjirlar (kanallar) ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini qо‘shilganligi;
- logistik tizimda iqtisodiy oqimlarni optimallashtirish va oqilona tashkil etish uchun yaratilayotgan iqtisodiy о‘zaro kelishuvlarni о‘rnatish;
- bozorning tashkiliy va iqtisodiy mustaqil subyektlari resurslarini ulardan iqtisodiy oqimlarda samarali foydalanish uchun kooperatsiyalash.
Bunda shuni esda saqlash kerakki, logistika raqobatni umuman bartaraf etmaydi, balki faqat insofsiz raqobat maydonini cheklaydi va raqobat kurashini logistik tizim tashqarisiga о‘tkazadi. Logistikning mazkur xususiyati avtomatik tarzda amalga oshirilmaydi va о‘zini qulay tashqi muhitda, ya’ni jamiyatning nisbatan iqtisodiy va siyosiy barqarorligida tо‘liq namoyon qiladi.

10-jadval


Firmaning iqtisodiy oqimlarining tasnifi



Tasnifiy belgisi

Oqimlar

Firmaga munosabat

Tashqi
Firma ichidagi

Iqtisodiy tabiat

Moddiy
Moliyaviy
Mehnat
Axborot

Ishlab chiqarish bosqichlari

Sotib olish
(ta’minot)
Ishlab chiqarish ichidagi
Taqsimlash
(sotish)

Boshqaruvchanlik darajasi

Firmaga bog‘liq
Firmaga bog‘liq bо‘lmagan

Bog‘liqlik darajasi

Bog‘liq
Bog‘liq bо‘lmagan

Tarqatish kо‘lami

Mikro oqimlar
Makro oqimlar

Logistizatsiya xususiyati

Logistizatsiyalanmagan
Qisman logistizatsiyalangan
Tо‘liq logistizatsiyalangan

Insofsiz raqobatdan uzoqlashgan holda, faqat raqobatdagi iqtisodiy oqimlargina ularni optimallashtirish va oqilona tashkil etishning yetarli darajada logistik imkoniyatiga ega, degan xulosaga kelish mumkin. Bunda raqobatdagi iqtisodiy oqimlar harakati amalga oshiriladigan logistik zanjirlar (kanallar) ishtirokchilari aholiqining quyidagi asosiy turlarini ajratish mumkin:


- umumtizim foydalar ishtirokchilarning xudbin maqsadlaridan ustun kelganda iqtisodiy manfaatlarni birlashtirishga asoslangan kooperativ ahloq;
- ishtirokchilar о‘rtasida ularning bir-biriga о‘zaro kо‘nikishi asosida kelishiuvlarni doimiy izlashni nazarda tutadigan moslashuvchan ahloq;
- ishtirokchilar tomonidan о‘zlarining qonuniy huquqlarining bir qismini yanada yuqori umumtizim samaraga ega bо‘lish uchun ixtiyoriy berishini kо‘zda tutadigan korporativ ahloq;
- tovarlar bozorida ustunlik qiluvchi firmalardan birining ishtirokchisini yoki ishlab chiqarish omillarini majburiy jalb etadigan jahldorlik ahloqi.
Har qanday holatda ham ya’ni raqobatdagi iqtisodiy oqimlarni logistizatsiyalash jarayonini tashabbus qiladigan logistik zanjir (kanal) ishtirokchisi bо‘lmish firma quyidagi qator talablarga javob berishi kerak. Ushbu talablarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: 1) tashqi (raqobat) muhitiga moslashish qobiliyati; 2) о‘zining iqtisodiy salohiyatini oshirish imkoniyati. Birinchi guruhga odatda quyidagilar kiradi:
- tashqi muhitni, iqtisodiy oqimlarda raqobat kuchlarini marketing va logistik tahlil qobiliyati;
- iqtisodiy oqimlarda logistik va raqobat muammolarini о‘z vaqtida aniqlash qobiliyati;
- bozor talablari va iqtisodiy oqimlarda raqobat takliflariga bir xil moslashish qobiliyati;
- firma va logistik zanjirning (kanal) boshqa ishtirokichlarining raqobat imkoniyatlarini oshirish imkonini beradigan marketing, logistik va boshqa iqtisodiy yangiliklarni joriy qilish qobiliyati;
- raqobatdagi iqtisodiy oqimlarni qamrab oladigan logistik tizimlar ishlashini shakllantirish va tashkil etish qobiliyati.
О‘z iqtisodiy salohiyatini oshirish imkoniyatlariga kelsak, ular quyidagilarga tenglashtirilishi mumkin:
- nobarqaror iqtisodiy konyutura sharoitida firmaning barqarorligini ta’minlash imkonini beradigan moliyaviy imkoniyatlar;
- logistik zanjir ishtirokchilari texnika va texnologiyasini birlashtirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratadigan texnika-texnologik imkoniyatlar;
- raqobatdagi iqtisodiy oqimlarda logistik yangiliklarni tatbiqni muvaffaqiyatli ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradigan intellektual imkoniyatlar;
- axborot texnologiyalarini yaratishdan tortib yagona axborot muhitini shakllantirish uchun kerakli sharoitlar yaratadigan axborot imkoniyatlari.
Raqobatchilikda firmaning (korporatsiya) logistik ustuvorligi deganda logistik salohiyatdan firma ichidagi (korporativlar ichidagi) va tashqi iqtisodiy oqimlarda yanada tо‘liqroq va samaraliroq foydalanish tushuniladi. Umuman olganda ushbu ustuvorliklar quyidagicha tavsiflanadi:
- xо‘jalik aloqalari bо‘yicha kontragent, shuningdek, yetkazib beruvchilar, kreditorlar, tijorat vositachilari, iste’molchilar va boshqalarni muvaffaqiyatli tanlash;
- tayyor mahsulot va xizmatlar tovar harakatini taqsimlash va tashkil etishning eng maqbul kanallarini topish;
- eng ma’qul logistik zanjirlar va operatsiyalarni modellashtirish va amalga oshirish;
- barcha iqtisodiy oqimlarda resursni tejash strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish uchun eng qulaysharoitlar yaratish;
- logistik tizimlarning barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini birlashtirish va boshqalar.
Bu va boshqa logistik afzalliklar firmaning logistika vositalaridan kompleks tarzda foydalanish hisobidan о‘ziga xos integral raqobat imkoniyatini shakllantiradi. Raqobat ustuvorligi va firma raqobatbardoshligining asosiy tizimni tashkil etuvchi logistika omili uning integral imkoniyati hisoblanadi. Bu borada quyidagi tamoiyllarni kо‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
- strategik rivojlanish maqsadlariga javob beradigan samarali va moslashuvchan (rivojlangan va ixtisoslashgan) tashkilotni tashkil etish;
- funksional faoliyatning samarali uyg‘un birligi va balansligini (ixtisoslashganligi va rivojlanganligi) ta’minlash;
- rivojlanishning yuqori (ustunlik) salohiyatiga (ixtisoslashganligi va rivojlanganligi), barqaror va uzoq muddatli raqobat ustuvorligiga, ya’ni raqobatbardoshlikka ega sotuvchilar, yetkazib beruvchilar bilan xо‘jalik aloqalari hamda ishblarmonlik munosabatlarni о‘rnatish, qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
- xaridorlar va iste’molchilar bilan xо‘jalik aloqalari va ishbilarmonlik munosabatlarni о‘rnatish, qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
- rivojlanishning yuqori (ustunlik) salohiyatiga (ixtisoslashganligi, rivojlanganligi va talabchanligi), va yuksak raqobatbardoshlikka ega vositachi (tijorat) tashkilotlar bilan xо‘jalik aloqalari hamda ishblarmonlik munosabatlarni о‘rnatish, qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
- yuqori rivojlanish salohiyati va taqlid qilish emas, balki taqqoslash hamda qо‘llab-quvvatlash uchun ma’lum bir standar sifatidagi yuqori raqobatbardoshlikka ega taniqli raqobatchilar bilan raqobatning keskinligi va jadalligi.
Firmaning raqobat imkoniyatining logistika va barcha omillarning ta’siri ostida muntazam ma’lum bir davriylik bilan kо‘rinishi о‘zgaradi. Odatda raqobat imkoniyatining davrlari firma raqobatbardoshligini ifodalaydigan tovar va boshqa yangiliklarni joriy qilishning hayotiy davrlariga deyarli о‘xshash. Shundan kelib chiqqan holda, firma raqobatbardoshligi hayotiy davrining beshta bosqichini aniqlash mumkin:
- yuzaga kelish, ya’ni sezilarli darajada raqobat ustunligiga ega tovar yoki boshqa yangilikning paydo bо‘lishi sababli firmaning raqobat imkoniyati shakllana boshlaydi;
- firmaning raqobat ustunligi о‘sishini tezlashtirish;
- firmaning raqobat ustunligi о‘sishini sekinlashtirish;
- firmaning raqobat ustunligining yetukligi raqobat imkoniyatini xо‘jalik aylanmasiga jalb qilish natijasida boshlanadi;
- firma raqobat ustunligining pasayishi odatda kо‘proq ustunlikka ega raqobatchilar ta’sirida sodir bо‘ladi.
Raqobat ustunligi qancha kо‘p saqlansa, firma yangiliklarni, shuningdek, iqtisodiy oqimlarni logistizatsiyalashni shuncha kо‘p muvaffaqiyatli amalga oshiradi va raqobatni buzgan holda, vaqtinchalik monopoliyani sun’iy yaratadi.


1 Лукинский В.С. Методы и модели теории логистики. – СПб.: Питер, 2007.

Download 314.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling