7-mavzu. Servis va iqtisodiy oqimlar Логистик хизмат кўрсатиш тушунчаси. Хизмат кўрсатиш тизимини шакллантириш. Хизмат турлари, инфратузилмалар


Raqobat iqtisodiy oqimlar va ularning logistizatsiyasi


Download 314.83 Kb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi314.83 Kb.
#1310622
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu. Servis va iqtisodiy oqimlar

2. Raqobat iqtisodiy oqimlar va ularning logistizatsiyasi.

Bozor turidagi iqtisodiy oqimlar M.Porter tomonidan batafsil tekshirilgan raqobatning beshta ta’siri ostida tovar va xizmatlarning raqobat oqimlariga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan tovar va xizmatlarning quyidagi oqimlarini raqobatchi deyish mumkin:
- raqobatchi firmalar tomonidan ishlab chiqilishi mumkini bо‘lgan о‘xshash tovarlar va xizmatlar oqimi;
- о‘zaro raqobatlasha oladigan о‘rnini bosuvchi (substitlar) tovar va xizmatlar oqimi;
- tovar ishlab chiqaruvchilar foydalanish uchun raqobatlashadigan moddiy-texnika resurslari oqimi;
- iste’molchilarning tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatlashayotgan tо‘lovga layoqatli ehtiyojlari oqimi;
- shakllangan bozordagi tovarlar va xizmatlarning raqobat takliflari oqimi.
Bu va boshqa iqtisodiy oqimlarni logistik tashkil etish kо‘pincha raqobatning ijobiy salohiyatini oshirgan holda, salbiy raqobat ta’sirini bartaraf etishga yordam beradi.
Raqobat muhitida iqtisodiy oqimlarni tizimli optimallashtirish logistika vositalaridan foydalanish logistik zanjir ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini qо‘shilishini ta’minlashni kо‘zda tutadi.
Ayni paytda iqtisodiy oqimda har doim ishtirokchilar о‘rtasida kelishuvni izlash va о‘rnatish asosida iqtisodiy manfaatlarni birlashtirish imkoniyati yotadi. Xususan, ana shu haqda A.I.Semenko “logistik yondoshuvning paydo bо‘lishi va undan samarali foydalanish” sharoitlarini tekshirishda yozadi va ular quyidagilardan iborat:
- oqimli jarayonning tashkiliy yaxlitligi;
- oqimli jarayonning texnologik yaxlitligi;
- tovar ayriboshlash va qayta ishlab chiqarishning oqimli jarayonlarining iqtisodiy yaxlitligi;
- oqimli jarayonlarning axborot yaxlitligi.
Alohida firma iqtisodiy oqimining tashkiliy yaxlitligini ta’minlash uchun uning barcha ishtirokichlari manfaatlarini umumiy boshqaruv tizimini tashkil etish orqali tashkiliy va funksional asoslangan logistik markaz yoki logistik zanjir ishtirokichlaridan birining iqtisodiy oqimlarni boshqarish bо‘yicha vakolatini berish shaklida kelishtirishni talab etiladi. Birinchi va ikkinchi holatda ham о‘zaro kelishuv kelinishi aniq va raqobat muhitida antagonistik ziddiyatlarni olib tashlanadi.
Logistika nafaqat moddiy oqimlar, balki iqtisodiy oqimlar bilan ish olib boradi. Bu borada A.I.Semenko logistikani quyidagicha ta’riflaydi: “Logistika bu yangi ilmiy yо‘nalish bо‘lib, uning asosiy vazifasi iqtisodiy oqimlarni, shu jumladan ishlab chiqarish-tijorat (tadbirkorlik) faoliyati, tijorat va boshqa shakllardagi oqimli jarayonlarni mufassal tashkiliy-tahliliy optimallashtirish hisoblanadi”. Iqtisodiy oqimning firma tomonidan asoslangan va tashkil etilgan batafsil ta’rifi “Marketing va firma logistikasi” о‘quv qо‘llanmasi mualliflari tomonidan taklif etilgan. Ular firmaning iqtisodiy oqimlarini “umumfirma maqsadlariga erishish uchun firmaning shaxsiy, qarz olingan va jalb qilingan resurslari harkatining о‘zaro bog‘liq va zaro asoslangan jarayonlar” sifatida ta’riflaydi. Firma iqtisodiy oqimlarining barcha turlari 1-javalda keltirilgan.

Download 314.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling