7-Mavzu: Tafakkur Reja


Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari


Download 164.92 Kb.
bet4/9
Sana23.10.2023
Hajmi164.92 Kb.
#1717804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 mavzu

Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlariga, tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so‘zda o‘z ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.
Hukm – jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol sifatida: «Psixika miyaning vazifasi», «Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», inkor etishga – «Suvda hech qanday yog‘ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish mumkin.
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfning jislaridan birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‘lishiga bog‘liq ravishda hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim hukm: «Bu odam hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm: «Ba’zi metallar suvdan og‘irroq». Umumiy hukm: «Suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi».
Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta bo‘lishi mumkin. CHin hukm jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «Massa – inertlik o‘lchovi» chin hukmdir. Xato hukm ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan aloqani ifodalaydi, masalan: «Barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas».
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur shakli xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar xulosa dalillari deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi ma’lum, va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida xulosa yasash mumkin.
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli sillogizm hisoblanadi. Masalan: «Barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay – elektr tokini o‘tkazadi».
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan foydalanadi. Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qoidalar va qonunlar o‘rnatish usuli.
Deduksiya – bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni bilish.

Download 164.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling