Microsoft Word Falsafa 4 mavzu
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 6-mavzu
6-MAVZU:MANTIQ . REJA 1.Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. 2.Sharq va G‘arb mutafakkirlarining mantiqiy qarashlari. 3.Dialektik mantiq. Formal mantiq. Matematik mantiq Tayanch iboralar Mantiq, tafakkur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni, chin fikr, to‘g‘ri tafakkur, tushuncha, tushunchaning turlari, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish. TAFAKKUR MANTIQ ILMINING O‘RGANISH OB’EKTI Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi. Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi: Birinchidan, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi. Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. To‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish mavjud bo‘la olmaydi. CHunki inson tashqi olam bilan o‘zining sezgi organlari orqali bog‘langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‘li bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi yaqqol his qilinadi va qidiriladi. Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi. Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 1. Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo‘lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘lanish usullarini o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. 2. Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo‘ladi. 3. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob’ektlar (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. 4. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir. Mantiq fanining vazifalari. Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo‘lishga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga, argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni ochib tashlashga yordam beradi. Buyuk mutafakkir Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: “Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri tafakkurga etaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarni ko‘radigan san’atni-mantiq san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni to‘g‘rilab turadi” 1 . Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI FORMAL VA DIALEKTIK MANTIQ. Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi. Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi qarama – qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir. MATEMATIK MANTIQ. Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq ilmidan ham farqli tomonlari bor. Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda. Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish bo‘lishlari zarur. Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‘zga tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil masalalarni echishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos soldi. Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, Fure, Morgan, Shryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda. QONUN - keng ma’noda moddiy olamdagi predmet va buyumlar o‘rtasida yuz beradigan ob’ektiv, zaruriy, mohiyatli, muhim, eng umumiy, nisbiy o‘zgarmas bog‘lanishlardir. Qonunlar mazmuni, harakat doirasiga bog‘liq holda asosan uch xil bo‘ladi: 1. Eng umumiy qonunlar, 2. Umumiy qonunlar, 3. Xususiy qonunlar. Falsafa qonunlari (Miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni, inkorni inkor qonuni, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni) eng umumiy qonunlardir. Bu qonunlar 1 Аль-Фараби. Вводный трактат в логику. // Материалы по истории прогрессивной общественно-философской мысли в Узбекистане. – Т.: «Фан», 1976, с. 128. hamma erda va hamma vaqt - tabiatda, jamiyatda hamda kishi tafakkurida amal qiladi. Shunday qonunlar borki, ular tabiatning muayyan sohasiga tegishli bo‘ladi (er qimirlash, Oy tutilishi, suv toshqini). Shuningdek, jamiyatga xos qonunlar ham bor. (Qiymat qonuni, ishlab chiqarishning rivojlanish qonuni). Ayrim hodisalarga tegishli qonunlar ham bor (biologiya, astronomiya fanlarida). Bular odatda xususiy qonunlar deyiladi. Umuman olganda inson tomonidan qonunlarni bilish, o‘rganish va undan foydalanish katta ahamiyatga ega. Mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, avvalo bu qonunlar xususiy tarzda, faqat inson tafakkuriga xos bo‘lgan fikrlash, mulohaza yuritishda amal qiladi. Mantiq qonunlari deganda fikrlar o‘rtasidagi ichki, muhim, barqaror aloqa va bog‘lanishlar tushuniladi. Mantiq qonunlarini bilish, o‘rganish insonni fikrlashining to‘g‘riligini ifoda etadi. Unutmang! Mantiq qonunlarini o‘zgartirish, buzish, almashtirish mumkin emas. Mantiqiy qonunlar dunyodagi hamma xalqlar va millatlar uchun bir xil. Bu qonun bo‘yicha buyum haqidagi fikr aniq, izchil va asosli bo‘lishi kerak. Aks holda fikrlash buziladi. Yodda tuting! Mantiqiy qonunlar 4 ta: Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Uchinchisi istisno qonuni, Etarli asos qonuni. Bu qonunlarning talabini bajarish mantiqiy fikrlash, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlaydi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qonunlarning uchtasi qadimgi yunon mutafakkiri Arastu (er.av. III-IV asr) tomonidan tavsiflanib berilgan va fanga kiritilgan. Etarli asos qonuni esa Leybnis tomonidan fanga kiritilgan. Mantiqning bu qonunlari ob’ektiv olamdgi buyumlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning inson ongidagi inikosidir. Mantiq qonunlari chin hukmni isbotlash, xato hukmlarni inkor qilish jarayonida amal qiladi. Formal mantiq qonunlari fikrlashning tuzilishini aniqlaydi. Buning uchun turli formula va belgilardan foydalaniladi. Mantiqdagi S-R formulasi konkret fikrlashda fikr mazmuni xar hil bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Masalan, "Barcha S-R dir" formulasiga quyidagi fikrlarni kiritish mumkin. "Hamma olimlar ziyolilardir", "Hamma baliqlar suvda yashaydi", "Hamma Markaziy Osiyo davlatlari - BMTga a’zo" va shunga o‘xshash fikrlar. Bu erda o‘zgaruvchi "S" "olimlar", "baliqlar", "Markaziy Osiyo davlatlari" tushunchalarida, "R" "suv", "ziyoli", "BMT a’zosi" tushunchalarida ifodalangan. Bundan tashqari mantiqda fikrlash tuzilishini ifoda etadigan shunday formulalar mavjudki, bunday holda konkret fikr almashtirilsa ham, fikr to‘g‘ri bo‘laveradi. Masalan, shartli hukm formulasini olib ko‘raylik ("Agar A bo‘lsa, u holda V bo‘ladi") Agar talaba a’lo o‘qisa, u holda imtiyozli stipendiya oladi" yoki "Agar paxtaga yaxshi ishlov berilsa, u holda mo‘l hosil olinadi". Eslab qoling! Demak, mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, mantiqiy o‘zgarishlarni konkret fikr mazmuni bilan qanchalik almashtirsak - to‘g‘ri hukm hosil bo‘laveradi. Demak, mantiq qonunlari - tafakkur qonuni bo‘lib, u fikrlash tuzilishini, uning shakllari, tushuncha va hukmlar o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni to‘g‘ri aks ettiradi. AYNIYAT QONUNI Qonun talabi:Muayyan muhokama jarayonida har qanday tushuncha va hukm o‘z- o‘ziga ayniy (teng) bo‘lishi kerak. Ayniyat qonuni A - A formula bilan ifodalanadi. Ayniyat qonuni to‘g‘ri fikrlashning qonunlaridan biri bo‘lib, fikrning muayyanligini va ravshanligini ta’minlaydi. Moddiy olamdagi hamma narsalar doimo o‘zgarishda, yangilanishda va rivojlanishda. SHu bilan birga har bir narsa o‘zining shakliga, sifatiga, tuzilishiga ega, boshqa narsalardan farq qiladi. Masalan, gazeta jurnaldan, televizor radiodan, O‘zbekiston Armanistondan, yulduz oydan farqlidir. Ana shu narsalar o‘zining aynanligi, konkret mazmuni va shakli bilan o‘z xususiyatini saqlab qoladi. Shuningdek, Ayniyat qonunida muhokama jarayonida har bir fikr o‘zining boshlang‘ich mazmunini saqlab qolishi kerak. Ayniyat ma’lum munosabatda buyumlar tengligi va o‘xshashligidir. Ammo ikki narsa absolyut ayniy narsa bo‘lishi mumkin emas. U ham ayniy ham tafovutli. Misol uchun, daraxtning ikki bargi. Ayniyat qonunida har bir fikr o‘z o‘rnida ishlatilib o‘z aynanligini saqlab qolib, boshqa fikrlar bilan aralashtirilib yuborilmasligi kerak. Masalan, quyidagi tushunchalar o‘zaro teng tushunchalardir: a) "Bur’oniddin Marg‘inoniy", b) "Hidoya" asari muallifi v) "Musulmon fiqiq ilmining zabardast nazariyotchisi" yoki a) "Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti", b) "Islom Abduanievich Karimov". Bu tushunalar teng, lekin mazmunan har xil. Agarda biz O‘zbekistonning birinchi Prezidenti degan tushunchani olsak, mazmun va xajm yanada kengayib ketadi. Chunki Y.Oxunboboev ham Prezident bo‘lgan. Demak, ayniyat qonunini buzish bir tushunchani ikkinchi tushuncha bilan aralashtirib yuborishga, chalkashlikka, ikkiyoqlamalikka, tuturiqsizlikka olib kelishi mumkin. Keyingi paytlarda yangi so‘zlarni, atamalarni muomalaga kiritish natijasida ko‘p chalkashliklar va o‘zboshimchaliklar kelib chiqyapti. Natijada ayniyat qonuni buzilishlari yuz bermoqda. Masalan, "samolyot" so‘zi o‘rniga "tayyora", "aeroport" - "tayyorago‘", yoki "fakultet"- "qulliyot", "institut" - "oliygoh" kabi tushunchalar. Buning natijasida mazmun jihatdan chalkashliklar kelib chiqmoqda. Ma’lumki, grammatikada turli so‘zlarni, tushunchalarni ifodalovchi omonim so‘zlar bor. Bunda bir so‘z bir necha ma’nolarni anglatadi. Natijada ba’zi hollarda ayniyat qonuni doirasidan chetga chiqish yuz beradi. Masalan, "o‘t" so‘zi sakrash ma’nosida, olov ma’nosida va o‘simlik ma’nosida ifodalanishi mumkin. Jumladan, "suz" so‘zi ham a) "ovqatni suzmoq", b) "suvda suzmoq", v) hayvonning biror kishini suzishi ma’nolarida ishlatilishi mumkin. Agar kishilar o‘rtasidagi o‘zaro suhbat yoki munozaralarda ayniyat qonuni talabalariga rioya qilinmaganda, ya’ni tushunchalarning ma’nolari o‘zgartirib yuborilsa, shunga qarab fikrlayotgan shaxsning ma’naviy madaniyati, bilim saviyasi, darajasi past ekanligini bilib olish mumkin. ZIDDIYAT QONUNI Bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi. Agar bu qarama-qarshi fikr turli vaqt va munosabatda bo‘lsa, fikrlashda ziddiyatlarga olib kelmaydi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ziddiyat qonuni fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi, ya’ni bir buyum, narsa haqidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikr ayni bir vaqtda, ayni bir narsaga nisbatan ayni bir munosabatda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi A- dir, A- A emas. Bu erda A-hukmni bildirsa, birinchi hukmni inkor etuvchi hukm. Quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik. 1. "Falsafa qiziqarli fan". "Falsafa qiziqarli fan emas". 2. "Sodiqov a’lochi talaba". "Sodiqov a’lochi talaba emas". 3. "Hamma insonlar onglidir". "Ba’zi insonlar qora tanli emas". 4. "Hech bir davlat urush tarafdori emas". "Hamma davlatlar urush tarafdori". Bu hukmlar ayni bir vaqtda hech qachon chin bo‘la olmaydi. Agar biror kishi tomonidan yuqoridagi hukmlar u yoki bu belgini tasdiqlasa yoki inkor etsa, ularning mazmuni inkor bo‘lishdan qat’iy nazar bir narsaga nisbatan bir vaqtda birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Ziddiyat qonunida agar bir fikrga nisbatan turli vaqt nuqtai nazaridan qaralsa, fikr to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Masalan, "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi". "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi emas". Agar Rahimov bir vaqtlar O‘zbekistonda yashaganda fuqaro hisoblanib, hozir O‘zbekistonda yashamayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda har ikki fikr ham to‘g‘ri. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda Ziddiyat qonuni shunday ta’riflanadi: "bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa-hodisa haqida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi, ulardan biri chin, ikkinchi esa xato bo‘ladi, ammo bu qarama - qarshi fikr turli vaqt va nisbatda aytilsa, har ikkisi ham to‘g‘ri bo‘laveradi". Formal mantiq ziddiyatlarini moddiy olamdagi predmet va buyumlarga xos bo‘lgan ziddiyatlardan ajrata bilish lozim. Moddiy olamni bilishda dialektik mantiqning roli kattadir. Dialektika ob’ektiv olamning rivojlanishi jarayonini ham ziddiyatlarning vujudga kelishi va uni hal etilishidan iborat, deb ta’kidlaydi. Dialektik ziddiyat moddiy olamdagi buyum va narsalarni doim o‘zgarishda, rivojlanishda, bir holatdan boshqa holatga o‘tishda, deb biladi. Dialektik ziddiyat rivojlanish manbai hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri rivojlanishi dialektik ziddiyat natijasida yuz beradi. Dialektik ta’limotdan kelib chiqib, narsa harakatda ham sokinlikda (koinot va erga nisbatan) deb ta’kidlansa to‘g‘ri, lekin formal mantiq nuqtai nazaridan bu xato. CHunki xarakat va sokinlik bir vaqtning o‘zida bir narsa to‘g‘risida aytilgan ziddiyatli fikrdir. Ziddiyat qonuni ayni bir vaqtda bir buyum haqidagi aytilgan ikki zid fikr chin bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. Ammo bu zid fikr biri albatta chin, ikkinchisi albatta xato bo‘ladi degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Masalan, "Hamma huquqshunoslar prokuror", "Hech bir huquqshunos prokuror emas". Bu hukmlarning har ikkalasi ham noto‘g‘ri, xatodir. Yoki "Hamma davlatlar BMT ga a’zodir", "Hech bir davlat BMT ga a’zo emas". Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin emas, lekin ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin. "Ba’zi davlatlar BMT ga a’zodir" degan hukm chin bo‘ladi. Demak, ziddiyat qonuni ikki qarama-qarshi hukmning sig‘isha olmasligini ko‘rsatib beradi. Ziddiyat qonunini yaxshi bilish kishilarga suhbatdoshining mantiqsizligini ochib tashlashga, yordam beradi. Ziddiyat qonuni ayniqsa ilmiy tadqiqot ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga har bir sohada ziddiyat qonunini buzish hollari uchrab turadi. Masalan, badiiy asarlarda bir obrazga ikki qarama-qarshi tavsif berilishi, ilmiy ishlarda zid fikrlarning ilgari surilishi, ayrim yig‘ilishlarda korxona va tashkilotlarning faoliyatini tanqid qilib, oxirida uning ishini "qoniqarli" deb topilishi ziddiyat qonunining buzilishidir. UCHINCHISI ISTISNO QONUNI Uchinchisi istisno qonuni ziddiyat qonunining davomi, uning yanada rivojlantirilishi, chuqurlashtirilishidir. Fikrlash davomida vujudga kelgan ikki imkoniyatlardan birini tanlash zaruriyati tug‘ilganda unga amal qilinadi. Unutmang! Bu qonun quyidagicha ifoda etiladi: "Bir-biriga zid bo‘lgan ikki hukmdan biri hamisha chin bo‘lib, ikkinchisi xatodir, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas". Formulasi A yoki B yoki V emas. Fikrimizning isboti uchun quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik: 1. "Bu kitob foydali" "Bu kitob foydali emas". 2. "Bu yigit FarDU talabasi", "Bu yigit FarDU talabasi emas". 3. "Hech bir olim arxitektor emas", "Ba’zi olimlar arxitektor". 4. "Agar havo aynisa yomg‘ir yog‘adi", "Agar havo aynimasa, yomg‘ir yog‘maydi". Bu hukmlarning biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas. Demak, bir predmet yoki buyum haqidagi ikki zid fikr bir vaqtning o‘zida va bir nisbatda birdaniga chin ham, xato ham bo‘la olmaydi, biri chin bo‘lsa ikkinchisi xato va aksincha, uchinchi imkoniyat mavjud emasdir. Yoki o‘rtacha, oraliq holatning, imkoniyatning bo‘lishi mumkin emas. ETARLI ASOS QONUNI Qonun shunday ifodalanadi: Muayyan muhokama jarayonida bildirilgan har qanday fikr etarli darajada asoslab berilishi kerak. Bu qonun talabiga ko‘ra to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb bildirilgan har qanday fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi qonunlar, aksiomalar va dalillar asosida isbotlab berilishi zarur. Eslab qoling va amal qiling! To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb bildirilayotgan har qanday hukm etarli darajada isbotlab berilishi shart. "O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat" deb aytilishi jarayonida mamlakatimizning tabiiy muhiti (ob-havo, tuprog‘i, tabiiy boyliklari, etishtirilayotgan dehqonchilik, chorvachilik, poliz, sabzavot va boshqa ekinlar), iqtisodiy (O‘zbekiston iqtisodiyoti) va intellektual (vatanimizning boy tarixi, an’ana, urf-odatlari) imkoniyatlari haqida gapirilib o‘tilsa, fikr yanada ishonarli chiqadi. TAFAKKUR SHAKLLARI: TUSHUNCHA, HUKM VA XULOSA. REJA: 1.Tafakkur shakllari haqida tushuncha. 2.Tushuncha va uning turlari. 3.Hukm va uning turlari. 4.Xulosa chiqarish Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud. Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib chiqamiz. Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. “Milliy g‘oya” tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog‘liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «o‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining bor ekanligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning orzu-havaslari, maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» milliy g‘oyaning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» degan hukmda predmet (yuksak ma’naviyat) bilan uning xossasi (engilmas kuch) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan, “Daraxt – o‘simlik”. “Terak – daraxt”. Demak, “Terak – o‘simlik”. yoki “Har bir kimyoviy element o‘z atom og‘irligiga ega”. “Mis – kimyoviy element”. Demak, “Mis o‘z atom og‘irligiga ega” kabilar. Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bog‘langan. Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. SHuning uchun ham mantiqda uni alohida o‘rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin. Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat. Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – kimyoviy element») mumkin. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo’lganligi uchun ko’p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo’lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruxiga tegishli bo’lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o’zigagina xos bo’lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo’lgan umumiy belgilarga ega.Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo’lishi uning o’z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo’lishini taqoza etadi. Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo’qolishi bilan predmetning tabiati o’zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo’lishi individning inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas.Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo’lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo’lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo’lmagan belgilar, boshqa munosabatda muhim bo’lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo’lsa, inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo’lishi bilan zaruriy aloqada bo’lgan belgilardan) farq qiladi. Nihoyat, predmet to’xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo’lganligi uchun, vaqt o’tishi bilan uning muhim bo’lgan belgisi nomuhim bo’lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin. Demak, tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo’lishi mumkin. Masalan, «Hamza Xakimzoda Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) ham fikr qilinadi. Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o’zimiz yozib o’tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to’g’risida tasavvurga ega bo’lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo’lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o’zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo’lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan belgilar bo’lib ham xizmat qiladi. Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o’laroq, inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirishlardan iborat. TAQQOSLASh yordamida predmetlar o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi. Taqqoslash analizni taqoza qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo’lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko’ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. ANALIZ yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o’rganiladi. SINTEZ analizga teskari usul bo’lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo’lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo’lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog’liqdir. Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa ABSTRAKTSIYALASH yordamida amalga oshiriladi. UMUMLASHTIRISHDA predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko’ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi. Tushunchaning shakllanishi so’z bilan uzviy bog’liq. Ular o’rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o’rtasidagi bog’lanishning konkret tarzda namoyon bo’lishidir. Tushunchalar so’z va so’z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan «talaba», «sanoattexnologiya fakulteti», «Jizzax Politexnika Instituti» va shu kabilar so’zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so’z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so’zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so’z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi. Shuni ham aytish lozimki, so’zning ko’p ma’noga ega bo’lishi ba’zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va texnikada ko’proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so’z bo’lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi. TUSHUNCHA O’ZINING MAZMUNI VA HAJMIGA EGA. TUSHUNCHANING MAZMUNIni unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig’indisi tashkil etadi.Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, printsiplar shaklidagi ob’ektiv chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo’lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi. TUSHUNCHANING HAJMIesa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig’indisidan iborat.Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o’zida qamrab oladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo’lish» belgisini qo’shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo’lgan «mantiq fani» tushunchasiga o’tiladi. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo’yicha bir qancha turlarga bo’linadilar. Xususan, hajmiga ko’ra YaKKA va UMUMIY tushunchalar farq qilinadi. YaKKA TUSHUNCHANING hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi», «O’zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. UMUMIY TUSHUNCHALAR predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni hisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni hisobga olib bo’lmaydi. Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to’plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, «Jizzax politexnika instituti talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o’rganmoqda» degan fikr Jizzax politexnika institutining har bir talabasiga tegishli. Demak, «Jizzax politexnika instituti talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir».Jizzax politexnika instituti talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama etishmoqda» degan fikrda esa, «Jizzax politexnika instituti talabalari» tushunchasi to’plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to’plamiga nisbatan bildirilgan. MAZMUNI BO’YICHA tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo’linadilar. KONKRETTUShUNChAlarda predmet o’zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. ABSTRAKT TUSHUNCHALARDA esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go’zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir. Mazmuni bo’yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. NISBATSIZ TUSHUNCHALAR nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo’lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. NISBATDOSH TUSHUNCHALAR esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo’lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O’qituvchi» va «O’quvchi», «Ijobiy qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi. Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, Salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo’lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir. Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O’zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to’plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir. Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o’zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo’lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim. Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo’lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo’lgan, ko’p hollarda moddiy yoki ideal bo’lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo’lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuxro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go’zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy munosabatlar o’rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydigan bo’ladi. Sig’ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to’laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o’rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo’ysunish. MOSLIK MUNOSABATIDAGI tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,«I.A. Karimov», «O’zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi sxema yordamida ko’rsatish mumkin. A - I.A. Karimov. А.В. V - O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti. QISMAN MOSLIK munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan: A-Sportchi. V -Talaba. А В Bo’ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to’liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan: A-Fan. V -Mantiq. А В Sig’ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo’lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o’rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo’ysunish, qarama-qarshilik, zidlik. BIRGA BO’YSUNISH MUNOSABATI quyidagi tushunchalar o’rtasida mavjuddir. A-Fan. V -Mantiq. А S-Fizika. В С QARAMA-QARSHILIK MUNOSABATIDAGI tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan tushunchaning hajmini to’liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo’yli odam» va «Past bo’yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to’liq qoplay olmaydi. A-Odam. V -Baland bo’yli odam. S - Past bo’yli odam. ZIDLIK MUNOSABATIDAGI tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo’lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o’laroq, bo’ysundiruvchi tushunchaning hajmini to’liq qoplaydi. Masalan, A-Odam. V -Baland bo’yli odam, S-Baland bo’yli emas odam. Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog’lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o’tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o’rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin. TUSHUNCHALARNI CHEGARALASH VA UMUMLASHTIRISH tushunchalar ustida olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va xajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi. TUSHUNCHANI CHEGARALASH xajmi keng tushunchadan xajmiga tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Masalan, «Mexanik harakat» tushunchasidan «Aylanma harakat» tushunchasiga o’tsak, uning xajmini chegaralagan bo’lamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – «Mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo’shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha - «Aylanma harakat» tushunchasi hosil bo’ladi. Chegaralash amalini davom ettirib, “Erning o’z o’qi atrofida aylanishi” tushunchasiga o’tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo’lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo’ladi. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bo’lguncha davom ettirilishi mumkin. Chunki yakka tushunchaga nisbatan tur bo’lgan tushuncha yo’q. Tushunchani chegaralash amalining sxemasi quyidagicha: A- Harakat B-Mexanik xarakat C-Aylanma xarakat D-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi. А В С Д Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan xajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur xosil qkiluvchi belgilar chikarib tashlanadi. Natijada mazmun jixatidan unga nisbatan kengroqk, lekin xajmiga ko’ra torroq bo’lgan jins tushuncha xosil bo’ladi. Masalan, «Aylanma xarakat» tushunchasi mazmunidan faqkat o’ngagina xos bo’lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «Mexanik xarakat» tushunchasini xosil qilamiz. Umumlashtirish fmflining chegarasi eng umumiy tushuncha, yani kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun jins bo’lgan tushuncha yo’q. Tushunchani umumlashtirish amalining sxemasi quyidagicha: A-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi B-Aylanma harakat C-Mexanik xarakat D-Xarakat Д С В А Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik xayotimiz va ilmiy bilishda keng qo’llaniladi. Hususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g’oyalar, nazariyalar mavjud empiric tushunchalarni, empiric qonunlarni umumlashtirish natijasida xosil bo’ladilar. Umumlashtirish muxokama yuritish jarayonida induktiv hulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan boladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarni yaratib bo’lmaydi; mavjud bilimlarni sistemaga solish qiyin va, umuman, fan taraqqiy eta olmaydi. Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g’oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mehanikasidagi “Inertsiya” tushunchasi Galiley nazariyasidagi “erkin tushish” tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin. HUKM predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida turli abstraktsiyalar hosil qilamiz. Bu abstraktsiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo’lgani uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo’ldi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlarchin, mos kelmaganlari xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar mavjuddir. Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukmmantiqiy kategoriya bo’lsa, gapgrammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo’ladi. Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot - bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar. Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. ODDIY HUKM deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. MURAKKAB HUKM tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga aytiladi. Masalan, «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», degan mulohaza murakkab xumkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat. Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko’rsatish mumkin. Mantiqiy ega-sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim- predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog’lamadir. U sub’ekt va predikatni bir- biri bilan bog’laydi, natijada hukm hosil bo’ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quidagicha yoziladi: S-P. Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko’ra turlarga bo’linadi. Sifatiga ko’ra tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini mantiqiy bog’lama belgilaydi. TASDIQ HUKMLARDA belgining predmetga xosligi ko’rsatiladi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifidir». INKOR HUKMLARDA, aksincha, belgining predmetga xos emasligi ko’rsatiladi. Masalan, «Matematika ijtimoiy fan emas». Miqdoriga ko’ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo’linadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning soni, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.YaKKA HUKMLARda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas». UMUMIY HUKMLARda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi.Masalan: «Har bir inson baxtli bo’lishni xohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini bexuda sarflamaydi». JUZ’IY HUKMLARda birorta belgining predmetlar to’plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko’pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so’zi «hech bo’lmasa bittasi, balki hammasi» degan ma’noda qo’llaniladi. Shunga ko’ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo’ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas. Ma’lum ma’noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bilan tenglashtirish mumkin. Chunki har ikki hukmda ham to’plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko’rsatiladi. Yakka hukmlarda esa bu to’plam birgina predmetdan iborat bo’ladi. Mulohazalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo’yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. UMUMIY TASDIQ HUKMLAR.Ular bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham tasdiq bo’lgan fikrni ifodalaydi.Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o’rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S – P dir» formulasi orqali ifodalanadi. 2. UMUMIY INKOR HUKMLARbir vaqtning o’zida ham umumiy, ham inkor bo’lgan fikrni ifodalaydi.Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S - P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. 3. JUZ’IY TASDIQ HUKMLARbir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham tasdiq bo’lgan fikrni ifodalaydi.Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S - P dir» formulasi orqali ifodalanadi. 4. JUZ’IY INKOR HUKMbir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham inkor bo’lgan fikrni ifodalaydi.Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug’ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S - P emas» bo’lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko’ra o’zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. Hukmlarda terminlar (S va P) to’liq yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Termin to’liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to’liq mos bo’ladi yoki mutlaqo mos bo’lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to’liqsiz hajmda olingan bo’lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo’ladi: 1. A - Umumiy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liq hajmda olingan bo’ladi. Predikatiesa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan: «Hamma insonlar tirik mavjudotdir». Bu hukmning sub’ekti – «Inson», predikati – «Tirik mavjudot» tushunchasidir, «Hamma»- umumiylik hisoblanadi. Bu hukmning sub’ekti to’liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to’g’risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to’liq kirishadi. Uning predikati to’liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi-insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm). P S S P 1-rasm 2-rasm Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilaridaSub’ekt ham, Predikat ham to’la hajmda bo’lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-rasm). 2.E –Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to’liq hajmda olingan bo’ladi.Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik hisoblanadi. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-rasm). 3-rasm S P 3. I –Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi.Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». Hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladilar, ba’zi – mavjudlik hisoblanadi. Bu hukmda S ham, R ham to’liqsiz hajmda olingan bo’lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm). S P 4-rasm Yana bir misolni ko’ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik hisoblanadi. Hukmda sub’ekt to’liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to’liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to’liq hajmda olingan bo’ladi (5-rasm). S 5-rasm. P 4. U –Juz’iy inkor hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda, predikati esa to’liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik hisoblanadi. Hukmning sub’ekti to’liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to’liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm). 6-rasm S P Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liq hajmda, juz’iy hukmlarning sub’ektito’liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikatihamma vaqt to’liq hajmda bo’ladi. Tasdiq hukmlarning predikatiR S bo’lgandagina to’liq hajmda bo’ladi, boshqa hollarda esa to’liqsiz hajmda olinadi. Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to’g’ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko’rsatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo’ladi. Masalan: «Hamma daraxtlar o’simliklardir» va «Hech bir o’simlik hayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o’simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o’simliklar va hayvonlar sinfining o’zaro hech qanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o’rtasida muayyan munosabatlarning bo’lishi yoki bo’lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo’lakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo’lak o’rtasida bo’lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. Munosabat hukmlari sifatiga ko’ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo’linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o’rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. Munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra ham turlarga bo’linadi. Xususan, ikki o’rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo’linadi. Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning har bir studenti fakultetimizdagi hamma o’qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix o’qituvchisi gruppamizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do’stim ba’zi masalalarni echa oladi» (yakka-juz’iy); «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini o’rganadilar» (umumiy- yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar frantsuz tilini o’rganadilar» (juz’iy-yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o’yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy). Uch o’rinli, to’rt o’rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bo’linadilar. Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A-B» ko’rinishda bo’lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg’ir yog’adi) ni ko’rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko’rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko’pincha atributiv hukmlar ko’rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko’rinishida talqin qilish mumkin. Shuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko’rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko’rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o’qitiladigan fanlardan darsliklar etarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir. Hukm terminlari birdan ortiq bo’lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog’lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo’llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Mantiqiy bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent. BIRLASHTIRUVCHI (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham », «ham da» kabi mantiqiy bog’lovchilar vositasida o’zaro birikishidan hosil bo’lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1."Qo’ngirok chalindi va dars boshlandi». 2. «A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo’lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Axmad Fargoniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar». AYIRUVCHI (dizyunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog’lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog’lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo’limida o’qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo’ladi». Ayiruvchi bog’lamalar «V» - dizyunktsiya belgisi orqali ifodalanadi. SHARTLI (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog’lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo’lmasa, hodisa ham bo’lmaydi. Masalan: «Agar o’simlik suvsiz qolsa, u quriydi». EKVIVALENTLIK hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko’rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo’ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo’ladi. Masalan:«Agar berilgan butun son juft son bo’lsa, unda u ikkiga qoldiksiz bo’linadi». Hukmlar (mulohazalar) o’rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar (hukmlar) ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub’ekt yoki predikatga ega bo’lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo’linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig’ishadigan yoki sig’ishmaydigan bo’ladi. Mantiqda ikki mulohazadan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo’lsa, ular o’zaro sig’ishmaydigan mulohaza (hukm) lar deyiladi. Sig’ishmaydigan mulohaza (hukm) lar bir vaqtda chin bo’la olmaydi. Sig’ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to’liq yoki qisman ifodalaydi. Sig’ishadigan mulohaza (hukm) lar o’zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo’ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo’ladi. Sig’ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo’ladi. Mulohaza (hukm) lar o’rtasidagi munosabatlarning sxematik ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohaza (hukm) lar o’rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. Sig’ishmaydigan mulohaza (hukm) lar o’rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo’ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko’ra turlicha bo’lgan umumiy hukmlar o’rtasida mavjud bo’lib, bu munosabatga ko’ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo’la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo’lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo’lsa, unda boshqasi albatta xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A– mulohaza (hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xato ekanligi ma’lum bo’ladi. Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko’ra turlicha bo’lgan mulohaza (hukm) lar o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu mulohaza (hukm) larning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo’lmaydi. Ulardan biri ham ma vaqt chin, boshqasi esa xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza (hukm) chin bo’lib, O – mulohaza (hukm) xatodir. Shuningdek, I – mulohaza (hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xatodir. Sig’ishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo’lgan hukmlar o’zaro bo’ysinish munosabatida bo’ladi. Bunda umumiy mulohaza (hukm) lar bo’ysindiruvchi, juz’iy mulohaza (hukm) lar bo’ysinuvchi bo’ladi. Bo’ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo’lsa, ularga bo’ysinuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo’ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo’lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Yuqoridagi misoldan A – mulohaza (hukm) chin bo’lgani uchun unga bo’ysinuvchi I – mulohaza (hukm) ham chin bo’ladi. Agar umumiy mulohaza (hukm) lar xato bo’lsa ularga bo’ysinuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Misolimizda E – mulohaza (hukm) xato bo’lgani uchun, O – mulohaza (hukm) ham xato bo’ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo’lsa, juz’iy hukmlar chin bo’ladi. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo’lgan juz’iy hukmlar o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo’lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, unda boshqasi albatta chin bo’ladi. Yo’qoridagi misolimizda O – mulohaza (hukm) ning xatoligi aniq bo’lgani uchun, I – mulohaza (hukm) chindir. Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar ham ma vaqt chin bo’ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi madxiyasining muallifi» va «A. Oripov – O’zbekiston Qaxramoni» mulohaza (hukm) lari o’zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil predikatga ega bo’lgan mulohaza (hukm) lardir. Hukmlarning chinligiga ko’ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega. XULOSA CHIQARISH VA UNING TURLARI Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bu mulohazalar o’rtasida mantiqiy aloqadorlik yo’q. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan: «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi. Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq induktsiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xarakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning strukturasi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo’lib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa chiqariladi. Induktsiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi. Masalan: Zardusht Qadimgi Xorazmda tug’ilgan Budda Hindistonda tug’ilgan Muso Misrda tug’ilgan Iso (Iisus Xristos) Quddusga yaqin Viflemda tug’ilgan Muhammad (SAV) Makkada tug’ilgan Ular buyuk dinlarning asoschilaridir Demak, buyuk dinlarning asoschilari Sharqdan chiqqanlar. Yoki: Kitoblar – ma’naviy boylik Kitoblar - aqliy mexnat natijalari Demak, aqliy mexnat natijalarining ba’zilari ma’naviy boylikdir. v) ANALOGIYA (grek. - moslik, o’xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy holatga qarab harakatlanadi. Analogiyada predmetlarning o’xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o’xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida o’z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lsa, ular aks ettirgan voqealikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o’xshash bo’ladi. Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish ob’ektiv reallikning cheksiz ko’rinishlari hamda unda mavjud bo’lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, strukturalaridagi o’xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o’xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o’xshashligi asosida analogiya bo’yicha xulosa chikariladi. Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o’tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taallukli bo’ladi. Masalan, qadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo’lish uchun o’zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo’q, u uchmaydi. Insonning ham qanoti bo’lsa, u, ehtimol uchadi. Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan va asoslar hamda xulosa o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo’lib, keyingi tekshirishlarni talab kiladi Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi. Analogiya o’zining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o’rtasidagi aloqalar va munosabatlardir. Muammo, muammoli vaziyat, muammoni qo‘yish, muammoni hal etish, gipoteza, ishchi gipoteza, nazariya, aksiomatik nazariyalar, tezis, formal sistemalar. Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstrastiya. Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi. Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. Ta’riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat – bu har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir. Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli – demonstrastiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi. Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan hukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis ( a ) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm olinadi. Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm chin bo‘lsa, «Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, «Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan fikrning chinligi asoslanadi. Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz’yunkstiyaning) bir a’zosi bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V shaxs ham, S shaxs ham sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat’iy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan.Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi,ya’ni tezis isbotlanadi. Raddiya. Rad etish usullari. Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstrastiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, Munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi. Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi: I) Tezisni rad etish; II) Argumentlarni rad etish; III) Demonstrastiyani rad etish. I. Tezisni rad etish. Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 1.Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Sovet davrida O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan», degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz. 2.Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. CHin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bema’nilik bo‘ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha(a→b)→((a→b)→a) 3.Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo‘lgan Yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. Masalan, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli maqolasida «Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar qilgan», degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam «Kuch – adolotda», deyishi mumkinmi?» II.Argumentlarni rad etish. Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo‘lishi ham mumkin: Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi. III.Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish. Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi. Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar Tezisga aloqador qoidalar: 1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi. 2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi. Argumentlarga nisbatan qoidalar: 1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo‘lishi va bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim. 2. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo‘lishi kerak. 3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo‘lishi lozim. Isbotlash usulining qoidasi: 1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur. Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi. Bu xatoliklar uch turga bo‘linadi: I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar: 1.Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan almashtiriladi va bunda YAngi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining toraytirilishi yoki kengaytirilishi ham bahs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi. 2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l qo‘yiladi. Tinglovchilarning his- tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi. 3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A hodisadan V kelib chiqsa, lekin V hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan» degan tezis (V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yo‘q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor. II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar: 1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, Qadimgi grek faylasufi Fales o‘z ta’limotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan. 2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos. 3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, «So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi. III. Isbotlash usuli (demonstrastiya) bilan bog‘liq xatolar. 1.«Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi. 2.Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin bo‘lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. 3.Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar: a) deduktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bu haqda deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma’lumot berilgan; b) induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «shoshib umumlashtirish» va «undan keyin, demak, shuning uchun», deb ataluvchi xatoliklardir. Masalan, bir-ikki talabaning darsga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishini umumlashtirib, «hamma talabalar mas’uliyatsiz», deb ta’kidlash xatodir; v) analogiyada uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «yolg‘on analogiya» bilan bog‘liq xatolardir. Unda tasodifiy belgining zaruriy deb olinishi, faqat birgina o‘xshash belgiga asoslanishi yoki mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan hodisalarning o‘zaro taqqoslanishi natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi. Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yo‘l qo‘yuvchilar – sofistlar deb, ularning ta’limoti esa sofizm (grek. – ayyorlik) deb ataladi. Fikr yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yilsa, paralogizm deyiladi. CHinligini ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlar esa paradoks deb ataladi. Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. Bularga asosan quyidagilar kiradi: – zaruriyatsiz bahslashmaslik; – mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik; – bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish; – mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish; – bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.; – bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Muammoni qo‘yish va hal etish Muammoli vaziyatni tahlil qilish YAngi muammoni qo‘yishga olib keladi. Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir. Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, hatto, ular doirasidan chetga chiqishni, Yangicha echish usuli, metodlarini qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muhokama qilishning xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi. Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V. Geyzenberg aytganidek, muammoni echishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi etarli emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish kerak. Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va talanti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. SHuning uchun ham, odatda, ko‘p hollarda Yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy g‘oya va milliy mafkurani yaratish muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Jahon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin» 2 . Uni shakllantirish uchun kuchli iste’dod va «yorqin tafakkur»ga ega bo‘lgan Konfutsiy, Maxatma Gandi, Forobiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk zotlar zahmat chekkanlar 3 . Hozirgi paytda esa birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Milliy g‘oya, milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, kerak bo‘lsa, mutafakkirlari, ziyolilari mehnat qilishi lozim» 4 . Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil munosabatda yondashish mumkin bo‘lganligi uchun ham hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun ham juz’iy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir- biri bilan bog‘lanib ketgan mana shunday juz’iy muammolar hal qilingandan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va echish imkoniyati vujudga keladi. Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni echishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishini va xususiyatlarini belgilab beradi. Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehtiyojlariga bog‘liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi. Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vujudga keladi (Nazariya haqida bobning oxirida kengroq ma’lumot beriladi). Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo‘lgan muammoni umumiy holda belgilashga va uni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Shuningdek, har bir muammo ma’lum bir nazariya yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa muammo mavjud nazariyani modifikastiya qilishni, muammoni echishga moslashtirishni talab qiladi. Muammoni echish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat: a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalarni aniqlash; b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilish va ularga baho berish; v) muammoni hal qilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini belgilash; g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlarini ko‘rsatish. Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni echishga bevosita kirishiladi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, muammoning echilishi nisbiy xususiyatga ega. Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la echimini topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish davomida Yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I. Nyuton tomonidan jismlarning o‘zaro tortishishi 2 I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi - halq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonishdir. // Asarlar to'plami 8 jild. - T.: “O'zbekiston”, 2000, 25-bet. 3 Qarang. O'sha yerda. 4 Qarang. O'sha yerda. muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf qilib, u faqat tortishuvchi jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o‘tgan edi. A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi muammosini boshqacha talqin qiladi va bu muammo haqidagi tasavvurlarimizni ma’lum bir darajada kengaytiradi. Jismlarning o‘zaro tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi hozirgacha to‘la ochib berilmagan. Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil hal bo‘lmagan. Ba’zi hollarda muammolarning echimini uzoq vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan. Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay echimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida echib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa echishning Yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi. Gipoteza Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi. Gipoteza – o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr- mulohazalar kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi. Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi haqida bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bo‘lib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuqlikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. «Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan tashkil topmaganda bunday hodisalar bo‘lmas edi», degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy kuchiga ega. Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu ma’noda u bilimlarning mavjud bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntiradigan taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar haqidagi hukmlar (mulohazalar) yoki hukmlar tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy gap mulohazalar sictemasini hosil qiluvchi element, deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, gipotezaning bosh g‘oyasi aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida, atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar – vaqtincha quriladigan, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq qilinishiga olib keladi. Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehtimoliy xulosa chiqarish: analogiya, to‘liqsiz induksiya, turli ko‘rinishdagi ehtimoliy sillogizmlar – eng kamida bitta qoidasi buzilgan, asoslaridan biri ehtimoliy hukm bo‘lgan sillogizmlar (shartli, ayiruvchi – qat’iy, shartli – ayiruvchi sillogizmlar shakllarida) hisoblanadi. Shuningdek, gipoteza ba’zi hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida hamda turli xil xulosa chiqarish usullarining ko‘p qavatli mantiqiy qurilmasi tarzida ham shakllantirilishi mumkin. Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni tahlil qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, talqin etish natijasida paydo bo‘ladi. Ana shuning uchun ham gipoteza – bu har qanday taxmin emas, balki ma’lum bir darajada asoslangan, o‘zining muayyan mantiqiy kuchiga ega mulohaza, farazdir. Gipoteza qurishning murakkab mantiqiy jarayon ekanligini quyidagi misol tasdiqlaydi. Issiqlik dvigatellari nazariyasi asoschilaridan biri fransuz injeneri Sadi Karno birinchi bo‘lib faqat issiqlikning qattiqroq qizigan jismdan sovuqroq jismga o‘tishidagina foydali ish vujudga kelishi va aksincha, issiqlikni sovuq jismdan qizdirilgan jismga berish uchun ish sarflanishi zarur, degan fikrni ilgari surgan. Ayni paytda Karno shu davrda keng tarqalgan issiqlikning namoyon bo‘lish sababi uning tarkibida alohida vaznsiz suyuqlik – teplorodning bo‘lishidir, degan fikrga tayanuvchi teplorod konstepstiyasini ham to‘g‘ri, deb hisoblagan. Teplorodni suvga, haroratlar (temperaturalar) o‘rtasidagi farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining pastga tushishida ish suv og‘irligining uning darajalari o‘rtasidagi farqqa bo‘linishi bilan o‘lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan qat’i nazar, teplorod miqdorining haroratlar (temperaturalar) farqiga bo‘linishi bilan o‘lchanadi, degan xulosaga keladi. Bu issiqlik mashinasi ish hajmining (miqdorining) isitgich va sovutgich haroratlarining qiymatlariga bog‘liqligini anglotardi. «Karno prinsipi» keyinchalik termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos bo‘lgan. Keltirilgan misolda Sadi Karnoning gipotezani ilgari surishda analogiyaga asoslanganligini payqab olish qiyin emas. 5 Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va ular verifikastiya qilinadi, ya’ni ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi aniqlanadi. Bu erda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin bilimga aylantirish uchun unda ilgari surilgan fikrlarga etarli asos bo‘la oladigan miqdordagi natijalar (gipotezaning asosiy g‘oyasidan kelib chiqadigan) yig‘indisi verifikastiya qilinishi kerak. Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari ham mavjud: 1) gipotezani deduktiv yo‘l bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan keltirib chiqarish; 2) asosi ishonchli bilim bo‘lmasa, uni tasdiqlash (bu ko‘proq asoslari ehtimoliy hukm bo‘lgan sillogizmlar vositasida qurilgan gipotezalarga tegishli); 3) gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun etarli bo‘lgan miqdorga etkazish (bu gipoteza to‘liqsiz induksiya vositasida qurilgan hollarga tegishli). Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz. Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o‘tgan “Karno prinsipi”ni unga qilingan ko‘p hujumlardan himoya qilgan. Bu prinsipni tasdiqlash maqsadida, uning chinligini intuitiv ravishda muqarrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq issiqlik o‘z holicha sovuqroq jismdan issiqroq jismga o‘ta olmaydi. 6 Bu erda urg‘u aynan shu “o‘z holicha o‘ta olmaslikka” beriladi, chunki amalda “majburan” o‘tish ham (sovitish qurilmalarida, aralashmalarda va boshqalarda) mavjud bo‘lib, u muayyan kompensastiya qiluvchi (o‘rnini qoplovchi) holatning yuzaga kelishi bilan birgalikda kechadi. Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni falsifikastiya qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat’iy sillogizmning inkor modusi tarzida kechadi, ya’ni natijaning xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini ko‘rsatishga o‘tiladi. Uning simvolik ifodasi quyidagicha: ((H→P)^דp)→דH Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha pasaytirsa- da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo‘lgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Erning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliostentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi. Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi. Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi. Shunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir. 5 Misol quyidagi manbaadan olindi: сборник упранениий по логике пособие для вузов / А.С. Клевчани Минск Университетское , 1990. с. 214. 6 Qarang. O'sha kitob, 220-bet. Nazariya «Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, predmetni yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi. Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan bog‘liq. Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizimga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi. Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda YAngi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq. Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi. Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, Yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat. Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar). Ilmiy nazariya oxir-oqibatda real tizimni, ob’ektni aks ettiradi, uning tabiatini tushuntiradi va shu ma’noda o‘zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belgilarning hissiy idrok qilinishi yoki nazariyaning barcha hollarda mavjud hodisalarni, ularning real xususiyatlari va munosabatlarini aks ettirishini anglatmaydi. Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud ob’ektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash ob’ektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. Masalan, mexanika echimini qidiradigan ko‘p masalalarda jismning shakli va o‘lchamlari (eni, bo‘yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muhim ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism – moddiy nuqta hosil qilinadi. Barcha real mavjud jismlar shaklga va o‘lchamlarga ega, moddiy nuqta esa ideal ob’ekt bo‘lib, ba’zi masalalarni echishda real jismlarning o‘rnini bosadi, ularning nazariy bilishdagi ekvivalenti bo‘lib xizmat qiladi. Fizikadagi mutlaq qattiq jism, geometriyadagi nuqta, tekislik, to‘g‘ri chiziq va boshqa fanlardagi shu kabi ko‘p tushunchalar ideal ob’ektlarni ifoda qiladilar. Ideal ob’ektlar yordamida predmetning hissiy idrok etilmaydigan muhim xususiyatlari, munosabatlari o‘rganiladi. Ularsiz nazariy bilish o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadiga erisha olmaydi. Nazariy bilishning zaruriy vositasi bo‘lganligi uchun ularni ba’zan nazariy ob’ektlar deb ham atashadi. Nazariya ideal xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar tizimidan – konsteptual tizimdan iborat bo‘lib, u real ob’ektning nazariy modelini ifoda qiladi. Masalan, mexanikadagi boshqa tizimlar ta’siridan ajratib qo‘yilib, yopiq tizim tarzida fikr qilinadigan mexanik tizim tushunchasi real ob’ektning nazariy modeli hisoblanadi. Uning yordamida real mavjud bo‘lgan mexanik tizimning harakat qonunlari o‘rganiladi. Nazariy modelning ideal xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektlari, ularni aks ettiruvchi tushunchalar o‘rtasidagi aloqadorlik nazariyaning fundamental qonunlari, prinsiplarida o‘z ifodasini topadi. Mazkur qonunlar, prinsiplar boshlang‘ich tushunchalar va mulohazalar bilan birgalikda nazariyaning konsteptual o‘zagini tashkil etadi. Masalan, klassik mexanikaning negizini harakatning uchta qonuni hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan fazo, massa, vaqt, kuch, tezlik, tezlanish tushunchalari tashkil etadi. Klassik termodinamikaning asosini esa uning uchta muhim qonuni hosil qiladi. Matematik nazariyalarning konsteptual o‘zagi ularning asosiy tushunchalari va aksiomalarida o‘z ifodasini topgan. Har bir nazariya o‘zining tushunchalarini hosil qilish, ta’riflash qoidalariga ega. Bunga misol qilib formallashgan tilni yaratish qoidalari, mulohazalar mantig‘ini natural xulosa chiqarish tizimi sifatida qurish qoidalarini ko‘rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega. Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z o‘rniga ega. Ilmiy nazariya bilishda bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. Birinchidan, nazariyada birorta sohaga oid barcha bilimlar yaxlit bir tizimga birlashtiriladi. Bunday tizimda, odatda, bilimlarning katta qismini nazariyaning nisbatan kamroq bo‘lgan boshlang‘ich tushunchalaridan keltirib chiqarishga harakat qilishadi. Ular matematikada aksiomalar, tabiatshunoslikda gipotezalar, deb yuritiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – qayd etilgan faktlarni ayrim boshlang‘ich prinsiplar, gipotezalarning natijasi sifatida talqin etish. Nazariy tizimda har bir fakt, har bir tushuncha, har bir qonun yoki faraz boshqalariga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, ana shundan kelib chiqib, talqin qilinishi (yoki qayta talqin qilinishi) zarur. Talqin etish jarayonida mavjud nazariyalar hamda YAngidan qurilayotgan nazariyaning elementlariga murojaat qilinadi. Bu esa, bir tomondan, mavjud faktlarning tabiatini to‘g‘ri tushunishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bevosita empirik usul yordamida qayd etib bo‘lmaydigan YAngi faktlarni topishga imkon beradi. Ikkinchidan, nazariyani qurish berilgan sohaga oid bilimlarni aniqlashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradi. Buning sababi shundaki, nazariyaning boshlang‘ich asoslari – aksiomalar, postulatlar, qonunlar, prinsiplar, gipotezalar nazariyadagi boshqa ilmiy bilimlarga nisbatan mantiqan kuchliroq hisoblanadi. Ana shuning uchun ham nazariyani qurish mavjud bilimlarni tartibga solishdan, ya’ni koordinastiya qilishdangina iborat bo‘lib qolmaydi. Bunda mantiqan kuchli bilimlardan mantiqan kuchsiz bilimlar keltirib chiqariladi, ya’ni subordinastiya qilinadi. U esa mazmunan chuqurroq bo‘lgan tushunchalar, qonunlar, prinsiplarga murojaat qilishga, ular yordamida mavjud tushunchalarni talqin etishga, YAngi fundamental umumlashmalar hosil qilishga olib keladi. Masalan, Nyutonning harakatning uchta qonuni hamda butun olam tortishish qonuniga tayanadigan klassik mexanikasi Galileyning jismlarning erkin tushishi qonuni va Keplarning planetalar harakati qonunini tushuntirish va aniqlashtirish imkonini berdi. Xususan, Galiley qonunining jismning gravitastiya kuchi ta’sirida harakat qilishining juz’iy holini ifoda etishi ma’lum bo‘ldi. Gravitastiya ta’siridan tashqarida, ya’ni Er radiusi uzunligidan ortiq bo‘lgan masofada Galiley kashf etgan qonun amal qilmaydi. Xuddi shuningdek, Keplerning Quyosh sictemasida harakat qiluvchi planetaning elliptik orbita bo‘yicha harakat qilishi qonunining boshqa planetalarning ta’sirini hisobga olmasligi va ana shuning uchun ham unchalik aniq emasligi ma’lum bo‘ldi. Uchinchidan, nazariya o‘rganilayotgan hodisani ilmiy asosda tushuntira oladi. To‘g‘ri, birorta hodisani tushuntirish uchun, odatda, uni tavsiflaydigan qonunga murojaat qilishadi. Lekin shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, fanda qonunlar o‘z holicha emas, balki ma’lum bir nazariya tarkibida mavjud bo‘ladi. Bunda empirik qonunlar ma’lum bir nazariy qonunlardan keltirib chiqariladi. Hatto, alohida olingan nazariy qonun ham hodisani tushuntirish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin. Ilmiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hodisaning mohiyatini tushuntirish uchun nazariyaning barcha g‘oyalari yig‘indisi, qonunlar jalb etiladi. Nazariyaning ilmiy bilishdagi alohida ahamiyati yana uning YAngi, ilgari kuzatilmagan hodisalarning mavjudligini oldindan ko‘rish imkonini berishidadir. Masalan, Maksvellning elektromagnit nazariyasi radio to‘lqinlarining mavjudligini oldindan aytishga imkon bergan. Bu to‘lqinlarni ancha vaqt o‘tgandan keyin G. Gerst eksperimental yo‘l bilan qayd etgan. Xuddi shuningdek, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi gravitastiya maydonida yorug‘lik nurining og‘ishini bashorat qilishga olib kelgan. To‘rtinchidan, ilmiy nazariya o‘zida o‘rganilayotgan predmet sohasiga oid barcha bilimlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatgani, yaxlit bir tizimda mujassamlantirgani va umumlashtirgani uchun uning ob’ektiv haqiqatlik darajasi va demak, ishonchliligi ortadi. Beshinchidan, nazariya muammoni qo‘yish, gipotezalarni yaratish, qonunlarni shakllantirish, g‘oyalarni ilgari surish va asoslashdan iborat bilishning uzoq va mashaqqatli yo‘lini bosib o‘tishning natijasi bo‘lganligi uchun u bilishga xos qonunlarni aniqlash, ularni o‘rganish imkonini beradi. Nazariyani qurish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘p hollarda bir qancha olimlarning hamkorlik qilishini taqozo etadi. Dastlabki bosqichda nazariyaning predmet sohasi va tadqiqot yo‘nalishi aniqlanadi. Amaliy hayotimiz ehtiyojlari, u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tadqiqot maqsadi va vazifalari bunda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, predmet sohasi va tadqiqot aspektini aniqlashda berilgan sohaga oid bilimlarning ko‘lami, chuqurligi katta rol o‘ynaydi. Nazariyani qurishning keyingi zaruriy bosqichi boshlang‘ich asosni aniqlashdir. U o‘rganilayotgan sohaga oid eng asosiy tushunchalar, aksiomalar, gipotezalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Nazariyaning boshqa barcha tushunchalari, gipotezalari va qonunlari ana shu boshlang‘ich asosdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqariladi. Bunda, albatta, nazariyaning barcha tushunchalari – asosiylari va keltirib chiqariladiganlari, YAngidan hosil qilinadiganlari muhim g‘oya (yoki g‘oyalar tizimi) negizida birlashtirilishi kerak. Tabiiyki, nazariya ma’lum bir metod yordamida, ya’ni metodologik prinsiplar, usullarni qo‘llash asosida quriladi. Qurilgan nazariya bilishning keyingi bosqichlarida aniqlashtiriladi, YAngi faktik materiallar asosida mazmunan boyitiladi, qayta talqin qilinadi. Nazariyaning turlari Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko‘ra tasniflash (turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko‘ra nazariyalarni to‘rt turga ajratish mumkin: 1) tajriba bilan ish ko‘radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan nazariyalar. «Mazmundor» nazariyalarda ma’lum bir sohaga oid faktlar tizimga solinadi, umumlashtiriladi va tushuntiriladi. Ular asosan tajriba natijalari, empirik materiallarga tayanadi, ularni tahlil qiladi, tartibga soladi va umumlashtiradi. Ana shuning uchun ham ularni «tajribaga tayanuvchi nazariyalar», deb atashadi. «Mazmundor» deb atalishiga sabab, ularni matematika va mantiqdagi formallashgan nazariyalardan farq qilishdir. Mazmundor nazariyalarni sof empirik nazariyalar deb bo‘lmaydi. Ular faqat empirik materiallargagina emas, balki nazariy qonunlarga ham tayanadi. Masalan, mazmundor, deb hisoblanadigan Ch. Darvinning evolyustiya nazariyasi, I.P. Pavlovning oliy asab faoliyatining shartli reflektorlik nazariyasi va shu kabilar chuqur nazariy g‘oyalarga suyanadi, ular yordamida to‘plangan materiallarni ratsional usul bilan anglaydi, qayta ishlaydi va tushuntiradi. Gipotetik-deduktiv nazariyalar tabiatshunoslikda uchraydi. U turli xil mantiqiy kuchga ega gipotezalar tizimidan iborat bo‘lib, unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari dedukstiya qilinadi. Gipotetik-deduktiv tizimni gipotezalar zanjiri (ierarxiyasi) tarzida olib qarash mumkin. Bunda empirik asosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib boradi, chunki har bir keltirilib chiqarilgan gipoteza o‘zidan avvalgi gipotezalarda mavjud bo‘lgan bilimlarni sintez qilish natijasi sifatida gavdalanadi. Gipotetik-deduktiv nazariyalarning o‘ziga xos jihatlaridan biri undagi gipotezalarning darajalari bo‘yicha qat’iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, xulosalarni mantiqiy yo‘l bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko‘p bo‘ladi. Nazariyaning gipotetik-deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko‘p qulayliklarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, boshlang‘ich gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, degan savolga haligacha aniq, qat’iy holdagi javob yo‘q. Aksiomatik tizimlarda nazariya elementlarining katta qismi kichkina boshlang‘ich asosdan – asosiy aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan keltirilib chiqariladi. Aksiomatik nazariyalar asosan matematikada quriladi. Aksiomatik metod birinchi marta Evklid tomonidan elementar geometriyani qurishda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Mazkur geometriyaning asosiy aksiomatik tushunchalari «nuqta», «to‘g‘ri chiziq», «tekislik» bo‘lib, ular ideal fazoviy ob’ektlar sifatida olib qaralgan; geometriyaning o‘zi esa fizikaviy fazoning xususiyatlarini o‘rganuvchi ta’limot sifatida talqin qilingan. Evklid geometriyasining qolgan barcha tushunchalari ular yordamida hosil qilingan. Quyidagi misolga murojaat qilaylik: «Tekislikdagi bitta nuqtadan baravar uzoqlikda yotadigan nuqtalar to‘plamiga aylana deyiladi», unda «aylana» tushunchasi «nuqta va tekislik» tushunchalari yordamida hosil qilingan, ya’ni ulardan dedukstiya qilingan. Matematikaning taraqqiyoti davomida aksiomatik metod takomillashib borgan, uni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalar doirasi kengaygan. Xususan, asta-sekin Evklid aksiomalarining faqat geometrik ob’ektlarnigina emas, balki boshqa matematik va hatto, fizik ob’ektlarni ham tasvirlash uchun yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, nuqtani haqiqiy sonlarning uchtasining to‘plami – to‘g‘ri chiziq va tekislikni, chiziqli tenglamalarni bildiradi, deb qabul qilinganda, mazkur nogeometrik ob’ektlar xossalarining Evklid geometriyasi aksiomalari talablariga javob berishi aniqlangan. Shuni aytish kerakki, aksiomatikaga bunday abstrakt tarzda yondashishga ma’lum bir darajada N.I. Lobachevskiy, B. Riman va boshqalar noevklid geometriyalarining yaratilishi yaxshi imkoniyat yaratdi. Hozirgi zamon matematikasida abstrakt aksiomatik tizimlar keng qo‘llaniladi. Bunday tizimlarning muhim xususiyatlari ularning yopiq tizimdan iborat bo‘lishi, ya’ni miqdor jihatidan cheklangan aksiomalar, tushunchalar, prinsiplardan tashkil topishi, ular qatoriga ixtiyoriy ravishda, asossiz Yangi aksiomalar, tushunchalarni qo‘shib bo‘lmaslik; tizimlarning mantiqan ziddiyatsiz va ma’lum bir darajada to‘la bo‘lishi va shu kabilardan iborat. Ana shuning uchun ham ular uzoq vaqt davomida o‘zining barqarorligini saqlaydi, Yangi bilim olishning ishonchli vositasi bo‘lib qoladi. Aksiomatika tabiatshunoslikda ham qo‘llaniladi. Tajriba bilan bog‘liq bo‘lganligi va shuning uchun ham zaruriy ravishda empirik talqinga muhtoj ekanligi sababli tabiatshunoslikning faqat o‘zagini tashkil etadigan tushunchalarnigina aksiomalashtirish mumkin. Abstrakt matematik strukturalar faqat aksiomatik tizimlardagina emas, balki formallashgan nazariy tizimlarda ham tasvirlanishi va tushuntirilishi mumkin. Formallashgan nazariyalar mantiqda keng qo‘llaniladi. Bunga misol qilib mulohazalar mantig‘i, predikatlar mantig‘ini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, u matematikada ham uchraydi. Nazariyaning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlari va boshqalari nazariy bilishning muhim vositalari sifatida fanda nihoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini yaxshi bilib olishga imkon beradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling