Yakka talab - har bir alohida iste'molchi (masalan, shaxs, oila, korxona, firmajning tovaming shu turiga bo‘lgan talabi.
Bozor talabi - bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilaming shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi.
Talab qonuni - tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik.
Talab egri chizig‘i - narx va talab hajmining o ‘zgarishi o ‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi egri chiziq.
Oliy toifali tovarlar - daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bogiiqlikda o‘zgaradigan tovarlar.
Past toifali tovarlar - daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bogiiqlikda o‘zgaradigan tovarlar.
Engel qonuni - iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olin- ishi mumkin boigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bogiiqlik.
Taklif - maium vaqt oraligidagi narxlaming muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maium turdagi tovar va xizmatlaming bozorga chiqarilgan miqdori.
Taklif qonuni - narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi.
Bozor muvozanati - talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat.
Bozor narxi - bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllan- gan narx.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi - talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifo- dalovchi ko‘rsatkich.
Do'stlaringiz bilan baham: |