7-mavzu. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati
Download 136.5 Kb.
|
5-mavzu. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taiab qonuni
7-mavzu. Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati Biz ushbu darslikning birinchi bobida ehtiyoj kategoriyasining mazmuni, turlari va unga ta'sir etuvchi omillami, shuningdek, ikkin- chi bobda ishlab chiqarishning mazmuni omillari kabi masalalami ko‘rib chiqdik. Bu bobda shu kategoriyalaming bozor iqtisodiyoti davridagi ko‘rinishi va amal qilish mexanizmlarini ko‘rib chiqamiz. Bozor mexanizmining amal qilishida talab va taklif kategoriyalari va ulaming amal qilish qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif nisbatining o‘zgarishi narx shakllanishi hamda darajasi sezilarli ta'sir qiladi. Bu bobda dastlab talab va taklif tushunchalari, talab va taklif ta'sirida muvozanatlashgan narxning o‘matilishi tushuntirib beriladi. Shu o‘rinda talab va taklif qonunlari, ulaming miqdoriga ta'sir etuv- chi omillar, ular o‘rtasidagi muvozanatlikni bayon etishga alohida e'tibor beriladi. Shuningdek, talabning shakllanishi va amal qilishi, unga ta’sir etuvchi omillami o'rganishda iqtisodiyot nazariyasida muhim yo‘nalishlardan biriga aylangan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi bilan ham tanishib chiqamiz. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taiab qonuni Ehtiyoj kishilaming hayotiy vositalarga boTgan zamriyatini ifo- dalovchi ilmiy kategoriya sifatida insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Lekin u taraqqiyotning turli davrlarida o‘z shaklini o‘zgartirib turishi mumkin. Xususan, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tu- shuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab - bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zamr miqdordagi pul bilan ta'minlanmasa, u «xohish», «istak» boTib qola- veradi. Masalan, talaba yangi msumdagi qo‘1 telefonini xarid qilish maqsadida do‘konga kirdi. Qo‘1 telefonining narxi 300 ming so‘m bo‘lib, talabada faqat 200 ming so‘m mavjud, deb faraz qilaylik. Bu holda talabaning yangi rusumdagi telefonga nisbatan ehtiyoji talab- ga aylanmaydi va binobarin, qondirilmaydi. Bu o‘rinda talaba yana 100 ming so‘m miqdorida pul qidirib topishi yoki narxi 200 ming so‘mgacha bo‘lgan telefon xarid qilishi mumkin. Shu holdagina uning qo‘l telefoniga nisbatan ehtiyoji talabga aylanadi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chun- ki narx o‘zgarishi bilan tovaming sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bogTiqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: maTum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud da- rajasida iste’moIchiIarning tovar va xizmatlar maTum turlarini sotib olishga qodir boTgan ehtiyoji talab deyiladi. Talablar turlicha boTib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga boTgan talabning ikki turi farqlanadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’moIchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, flr- maning tovarning shu turiga boTgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga boTgan talablari yigTndisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Le- kin bu miqdor har doim ham bir xil boTib turmaydi, balki o‘zgaruvchan boTadi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta'sir qiladi. Ulaming ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi boTadigan bogTiqlikni quyidagi jadval ma'lumotlari asosida qarab chiqamiz (7.1-jadval). Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling