1
7-MAVZU: TA’LIM JARAYONINING MOHIYATI.
Reja:
7.1.“Didaktika” tushunchasining mohiyati. Didaktika –
pedagogika
fanining tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsadi va vazifalari
Didaktikaning asosiy tushunchalari. Didaktik nazariyalar
va ularning falsafiy
asoslari. Ta’lim paradigmalari. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
7.2.Ta’lim jarayoni mohiyati. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari. Ta’lim
jarayonining prinsiplari.
7.3Ta’lim mazmunini. Ta’lim mazmunini shakllantirish prinsiplari. Ta’lim
mazmunida milliy va jahon tajribalarini muvofiqlashtirish.
7.4.Davlat ta’lim standartlari. Umumiy o‘rta davlat ta’lim standarti. O‘rta
maxsus davlat ta’lim standarti. Professional ta’lim davlat ta’lim standarti. O‘quv
reja, o‘quv dastur va darsliklar tavsifi.
O‘quv reja, o‘quv dastur va darsliklarni ishlab chiqishda zamonaviy
yondashuvlar.
Mustaqil ta’lim: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy
va ruhiy
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy himoyasi.
Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning
asosiy
kategoriyalari, ta’lim paradigmalari,
ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
7.1.“Didaktika” tushunchasining mohiyati. Didaktika – pedagogika
fanining tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsadi va vazifalari
Didaktikaning asosiy tushunchalari. Didaktik nazariyalar va ularning falsafiy
asoslari. Ta’lim paradigmalari. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika
nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining
umumiy
qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim
nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib,
«didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi.
Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik
asoslarini tadqiq qiladigan
ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor
Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk
didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga
o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.