Ta'lim muassasalari muassasalarini rivojlantirish uchun nvestitsiyalar, grantlar va homiylik yordamini jalb qilish.
Ma'lumki, iqtisodiyotini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, uning raqobatbardoshligini, moslashuvchanligini va izchil iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun katta miqdordagi investitsiyalar zarur. Sarmoya oqimlarini inson sarmoyasi resurslari bilan uyg‘unlikda amalga oshirish imkoniyatlarining mavjudligi investitsiyalarning iqtisodiy nuqtai nazardan yanada istiqbolli yo‘nalishlarga safarbar etilishiga va umuman iqtisodiy o‘sish sur'atlarining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, har qanday yangilikning paydo bo‘lishi oliy ma'lumotli ishchi kuchini, tadqiqotlar o‘tkazish uchun tegishli malaka, bilimlar va ko‘nikmalarga ega, shuningdek, ushbu tadqiqotlarni amaliyotda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan xodimlarga ehtiyojni taqozo etadi. Shuning uchun inson sarmoyasiga investitsiyalar kiritish muhim, strategik miqyosdagi jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |