7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati
Download 207.61 Kb. Pdf ko'rish
|
7-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-masala: Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
- 2-masala:Hadis ilmining paydo bo‘lishi.
- 3-masala: Hadislardan foydalanish yo‘llari
7-mavzu: Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati Reja: 1.Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. 2.Hadis ilmining paydo bo‘lishi. 3.Hadislardan foydalanish yo‘llari.
Dunyo madaniyatining beshigi Sharqda ijtimoiy tuzumning qaysi bosqichdaligidan qat`iy nazar shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosi hamisha etakchi o`rinda bo`lib kelgan. Islom o`z oldiga ko`ygan maqsadlaridan biri ham, vujudga kelgan kunidan boshlab sof fikrli, komil, yaratuvchi, beozor insonni tarbiyalash edi. Hadislar xalqni tarbiyalashga, ahloq-odobga, diniy e`tiqodga chaqirish bilan bir qatorda xalqning hayotini, uning o`tmishdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush darajasini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. U xalqning ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarini, ijtimoiy-maishiy turmush tarzini, orzu va intilishlarini o`zida ifoda etadi. Hadislarda ifodalangan xulq-atvor normalari yoki inkor etiladi, yoki keskin ma`qullanadi. Shuning uchun u o`quvchiga g`oyaviy yo`nalish beradi, ideallarning rivojlanishiga ta`sir etadi, insonparvarlik, halollik, iymon, e`tiqod, tinchlik, do`stlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik hissiyotining shakllanishiga olib keladi. Hadislar tarixiy xarakterga ega bo`lib, yaratilgan davr xarakteriga mos holda ifodalangan. Hadislar yaratilgan davr tuzumi manfaatlarini aks ettiradi, shu davr kishilarining talab va ehtiejlarini nazarda tutadi. Hadislar feodalizm davrida yaratilgan bo`lib, shu tuzum tartiblari, qonun-qoidalari, O`rta Osiyo va Eron xalqlarining boy milliy an`analarini, turmush tarzini ifodalagan. Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar kuchaytiriladi, nasihat va talab shakladi xalqqa etkaziladi, xalq idealiga zid xislatlar esa salbiy jihatdan bo`rttiriladi, emon oqibatlardan ogoh etadi. Bunday hollarda mubolag`a usuli orqali hadislarning tarbiyaviy ta`siri kuchaytiriladi. Xalq idealiga mos kelmaydigan noinsoniy hislatlar: ochko`zlik, ug`rilik, adolatsizlik, zino, tekinxo`rlik, yalqovlik, xienatkorlik, ota-onaga hurmatsizlik va boshqalar qoralanadi. Bu qoralash oddiy baendan iborat bo`lmasdan, balki xalqning izchil g`oyaviy estetik talabi va bahosi sifatida ifodalanadi. Xalqning ma`naviy fazilati sifatida qaror topmagan illatlar ijtimoiy haet taraqqieti va milliy qadriyatlarning takomiliga salbiy ta`sir etadi.
Hadislardagi badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-barang bo`lib, ular har bir hadisning asl mazmunini reallashtirishga imkon beradi. Shu sababli hadislar kishilarni ezgulikka, olijanoblikka, mehr-oqibatli, iymonli, e`tiqodli bo`lishga undaydi. hadislar zaminida kishilarning e`tiqodi va tasavvurlari, odamni bila borish va idrok etish darajasi etadi. Hadislar mavzu jihatdan g`oyatda boy va rang-barangdir. Halqning ijtimoiy maishiy turmushi, jamiyatning tabiati, jug`rofiyasi, ekologiyasi, nabotot va insonning diniy, ma`naviy- ruxiy olami, faoliyati qamrab olingan. Unda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siesiy masalalar, sinfiy munosabatlar ham o`z ifodasini topgan. Hadislar (600000 hadis aytilgan) insonning o`limidan keyingi haeti, yaqin va olis kelajak haqidagi bashoratlar, ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, tabobat va gigiena tug`risidagi bilimlar mujassam etilgan. Hadislar tuzilishi jihatdan nasriy shaklda bo`lib, kishi xotirasida uzoq saqlanishini ta`minlaydi. Muhammad alayhissalom hadislarida musulmon halqlarining eng muhim milliy qadriyatlari hisoblangan iymonli bo`lishga da`vat asosiy o`rinda turadi. Islom dini hukmronlik qilib kelgan davrlarda barcha eshdagi kishilarni tarbiyalash quroli bo`lib kelgan hadislarning paydo bo`lishi va uni ma`naviyat xazinasiga aylanib qolishiga kimlar mas`ul bo`lganlar. Hadis islom olamida payg`ambar Muxammad alayhissalomning hislatlari, hatti harakatlari, diniy va ahloqiy ko`rsatmalari haqida ma`lumot beruvchi didaktik xarakterdagi ta`limot hisoblanadi. 2-masala:Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Hadislarni Muhammad alayhissalomning vafotlaridan bir necha o`n yillardan so`ng yig`ishga va ezishga kirishilgan, hadislarning haqqoniyligi har tomonlama tekshiruvdan o`tkazilgan bo`lib, hadislarni aytgan kishilarning xulq-atvorlari, ahloqi, shaxsi, hatto avlod ajdodlari har tomonlama o`rganilgan. Chunki, Muhammad alayhissalom aytmagan fikrlar ham yanglish ravishda xalq o`rtasida tarqalmasligi lozim, deb hisoblanadi. Olmoniyalik islomshunos idoyatulloh Xobshning fikricha Hadisning haqiqiyligini bildiradigan quyidagilar: Birinchidan, hadis Qur`on oyatlarining birontasiga zid kelishi mumkin emas. Ikkinchidan, har bir hadis payg`ambarimiz sunnatiga mos kelishi kerak. Uchinchidan, hadislarda aytilgan gaplar qayriahloqiy eki Islom dinining aniq-ravshan ta`limotiga zid bo`lmasligi kerak. Muhammad alayhissalomning fikricha, inson millati, irqi, davlatiga qaramasdan o`z tabiatiga ko`ra sahovatli bo`lishi, bir birlariga nisbatan mehribonlik ko`rsatishlari zarur. Mana shu fazilat uni boshqa mavjudotlardan ajratib turadi. Bunday sahovatli dune to`rt toifadagi insonlar guruhidan iboratdir: 1. Tangri tomonidan ham boylik, ham ilm ato etilgan bo`lib, bulardan faqat o`zi bahramand bo`lmasdan, balki qarindosh-urug`lar, do`stlar, qo`shnilar va boshqalarni ham bahramand etadilar. Bu toifadagi odamlar har tomonlama ulug` kishilardir. 2. Ikkinchi toifadagi odamlar borki, ilmli, aql-zakovat egalari, lekin boylik ato etilmagan. Bu toifadagilar boy kishilarga g`araz nazari bilan qaramaydilar, o`zlarida ham shunday boylik bo`lsa, ezgu natijalarga sarflashni orzu qiladilar. 3. Uchinchi toifadagi kishilar esa mol-dune ega bo`lib, ilmsizdir. Hech kimga muruvvat qilmaydi. Bu toifadagi kishilar eng emon kishilar hisoblanadilar. 4. To`rtinchi toifadagi kishilarda na mol-dune, na ilm bor. Ular ilmli, mol duneli bo`lish, ularni ezgu ishlarga sarflash orzusi bilan yashaydilar (247 hadis). Jamiyatning taraqqieti birinchi va ikkinchi toifadagi kishilarga ko`p jihatdan bog`liqdir. Hadislar orqali ijtimoiy masalalar ham o`z ifodasini topadi. Quldorlik, feodalizm jamiyatida qullarning, g`ulomlarning haq-huquqlari nihoyatda chegaralangan bo`lib, ularning moddiy va maishiy ahvollari hech qanday qonun va qoidalar bilan himoya etilmagan. Ularni inson sifatida hurmat qilish, jabr-zulm ko`rsatmaslik, moddiy va maishiy turmush darajasini yaxshilashga e`tibor diniy va badiiy manbalar orqaligina quldorlarga, feodallarga etkazilgan. Ijtimoiy turmush tartib qoidalarga rioya qilmaslik, jamiyatning ba`zi bir a`zolari tomonidan bunday qonun qoidalarni o`zgartirishga urinish emon natijaga olib kelishi tabiiy. Qur`oni Karim, Hadisi sharif, xalq og`zaki ijodi, boy mumtoz adabietimiz manbalarida oddiy, eziluvchi xalq ommasini boy, hukmdor doira vakillari bilan o`zaro adolatli kelishtirish asosida jamiyatni o`zgartirish, kishilarni bir-birlariga nisbatan mehr oqibatli, insonparvar bo`lib yashashlariga erishish mumkin, degan g`oya olg`a suriladi. Jamiyat a`zolarining turmush tarzlari turlicha bo`lishi Olloh taoloning hukmiga bog`liq. Shuning uchun uning hukmini o`zgartirishga hech kimning kuchi etmaydi. Faqat sabr, qanoatgina emon kun ketidan yaxshi kunlarni, azob-uqubat ketidan farovonlikni ishonmaydigan, sabrsizlik qilgan, qo`l ostidagilarga, ko`ni-qo`shnilarga, oila a`zolariga emonlik qilgan kishi do`zaxiy hisoblanadi. Hadislar mazmuniga singdirilgan bu g`oya kishilarni ijtimoyi turmushga ko`nikishga, ishonch bilan yashashga undab keldi. Hadislarda kishilarning barchasini teng, tinch-totuvlik bilan yashashlarini ta`minlash uchun bu toifadagi birovga qaram, faqir kishilarni qaramlikdan ozod etish, jamiyatni adolat asosida boshqarish lozim degan g`oya olg`a suriladi. Gunoh sifatida taqiqlangan ahloqiy kategoriyalar hadislar mazmunida ifodalangan bo`lib, ularning ko`pchiligi diniy g`oyalar va urf-odatlar bilan bog`liq, lekin ularning bir qismi inson ahloqiy haetiga aloqador.
Insonning hayotdagi o`rni uning jamiyat taraqqietiga ko`shgan hissasi hamda kelajak avlodga qoldirgan moddiy va ma`naviy merosi bilan belgilanadi. Islom dini manbalarida oxirat yaqinlashib, qiemat bo`lishi ma`lum bo`lgan taqdirda ham oliji boricha bo`lajaq jamiyatning taqdiri, turmush tarzini o`ylash, qo`ldan keladigan ishni bajarib qolish targ`ib etiladi. «Birortangiz ekish uchun qo`lingizda bir ko`chatni ushlab turgan vaqtingizda qiemat qoyim bo`lib qolsa-yu, qoyim bo`lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko`zingiz etsa, albatta ekib quying»
(479-hadis), «Sen bir ko`chatni ekaetganingda dajjol chiqib qolibdi, deb eshitsang ham, uni tazatib ekishga harakat qil, chunki undan keyin ham odamlar yashaydi».( 480 hadis) Bu hadislarning mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi: «Haetda qonli urushlar bo`lib o`taveradi, tarix ham soyqalaveradi, odamlar ham aynaydi, bo`ziladi va oqibatda kishi o`z qo`shnisini, aka ukasini, opa singilisini o`g`il otasini, hatto farzandini ham qatl etadi, ammo toki duneda e`tiqodlar, insoflilar, olijanoblar, vijdonlilar, andishalilar bor ekan, haet barqarordir, shuning uchun ham sen umidsizlikka tushma, agar imon va e`tiqodning salomat bo`lsa, albatta, yaxshilik va ezgulik otiga xizmat qilaver». Musulmon olamida iymon va e`tiqod musulmonning haqiqiy musulmonligini bildiruvchi yuksak ruhiy holatdir. Murod-iymon demakdir. Iymon so`zda ham, ishda ham bir hilda bo`lishi talab etiladi. Diniy nuqtai nazardan «iymonning ham o`z farz ham amallari, muayyan chegaralari, bajarilishi lozim bo`lgan sunnatlari mavjud bo`lib», ularga qat`iy rioya etgan insonning iymoni but, rioya qilmaganlarning esa iymoni yo`q hisoblanadi. Islom dinida ruhiy poklik bilan bir qatorda jisomniy poklik ham targ`ib qilinadi. Jismoniy poklikka erishishi besh vaqt namoz o`qishdan oldin tahorat qilish orqali amalga oshiriladi. Uning o`ziga xos qonun-qoidalariga rioya etish islom ta`limoti orqali targ`ib etiladi. Tahorat-islomga e`tiqodning natijasi, uning oqibati esa jismoniy sog`limlik, ruhiy tetiklik, haetga, yashashga mehr muhabbat, kuvonch va sog`lom turmush tarzidir. Tozalik, ozodalik tibbiy nuqtai nazardan ham, diniy nuqtai nazardan ham shaxsning yaxlit shakllanishini ta`minlovchi xususiyat hisoblanadi. Namoz o`qish oldidan tahorat olish, ko`chaga chiqish, mehmonga borish, uxlash oldidan, ertalab uyqudan turgach yuvinish Sharq xalqlarinineg qadimiy qadriyatlaridan hisoblanadi. Bunday qadriyatlar asrlar davomida ahloq-odob qoidalari doirasida jamiyat a`zolarining hulq-atvoriga singdirib kelinadi. Tana a`zolarini pokiza saqlash, mash tortish, g`usl qilish, erkaklar uchun, aellar uchun lozim bo`lgan pokizalik xususiyatlari odob, milliy ma`naviy xususiyatlar doirasida beriladi. Hadislardagi gigienik qoidalar Muhammad alayhissalomning «Subhonolloh, mo``min kishi hech vaqt nopok bo`lmag`aydir» degan g`oyasiga asoslangan holda talqin etiladi. Ma`naviy madaniyatlilikning oliy mezoni shaxsning ilmli, duneqarashi shakllangan, fikr doirasi keng, ob`ektiv borliq, uning taraqqiet qonunlari haqida chuqur bilimga ega bo`lishidan iboratdir. 3-masala: Hadislardan foydalanish yo‘llari. Hadislar jamiyatning har bir a`zosini bilimli bo`lishga chaqiradi. Ilmsiz jamiyatda nodonlik, jaholat, razolat hukmron bo`ladi. Bu ilm ikki hil bo`lib, birinchisi, musulmonlarga har qanday vaziyatda o`zini qanday tutishi lozimligi haqida ma`lumot beruvchi huquqiy-diniy yo`l-yo`riqlardan iborat (fiqh). Ikkinchi esa, asrlar davomida vujudga kelgan fan, adabiet, madaniyat sohasidagi ilmlar majmuasi hisoblanadi. Har ikkala yo`nalishdagi bilimlar bilan qurollanish har bir musulmon uchun farz hisoblanadi. «Ilmga e`tiborsizlik, nodonlik, aroqxo`rlik va zinokorlikning ommaviy tus olmog`I qiemat alomatlaridandir». Diniy va duneviy bilim olish inson haetining barcha davrlarida intensiv amalga oshirilishi, «ilmga ilm olish yo`li» bilan erishilmog`i lozim. Ilmli inson hech vaqt xor bo`lmaydi. Har bir kishi eshlikdan puxta bilim olishga erishishi zarur. «eshlikda olingan bilim toshga o`yilgan naqsh kabidir» (383 hadis). Ilm olish har bir kishi uchun farzdir, hatto u ibodatdan ham afzaldir. Hadislarda olg`a surilgan ota-onaga nisbatan muhabbat, hurmat hissi xalq donishmandligi durdonalarida, mumtoz adabietimizning didaktik xarakterdagi namunalaridan Yusuf Xos Xojibning «Qutadg`u bilig», Qaykovusning «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston», «Bo`ston», A.Jomiyning «Bahoriston», A.Navoyining «Hayratul abror», «Mahbubul qulub», Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning «Odob as-solihin», Olimatul Banotning «Muosharat odobi», Rizouddin Ibn Faxruddinning «Oila» kabi asarlari, shuningdek o`zbek adib va shoiralari ijodi mazmuniga singdirilib yuborilgan. Ma`naviy madaniyatlilik mezonlaridan biri opa-singillar, aka-
ukalar, qarindoshurug`lar, do`stlar, o`rtoqlarga nisbatan mehr-muruvvat o`zaro hurmat, oqibatlilikdan iborat. Har qanday inson kelajak avlod uchun, jamiyat uchun foydali biron ish qilib qoldirmog`i lozim. Insonning haetdagi o`rni ham, dunega kelib-ketishdan maqsadi ham uning «tarqatgan ilmi, qobil farzandi, meros qoldirgan Qur`oni, qurgan masjidi, mehmonxonasi, chiqargan suvi, sog`lik va haetlik paytida qilgan sadaqasi» (159 hadis), odamlarga qilgan yaxshiligi, jamiyat taraqqietiga qo`shgan hissasi bilan belgilanadi. Haetda, mehnatda halollik, tejamkorlik farovon turmush-ning, vijdon sofligining, iymon butligining belgisidir. Hadislar qadimiy urf-odatlar, an`analar, marosimlar va udumlarni avloddan-avlodga etkazuvchi vosita hisoblanadi. To`y marosimlarni o`tkazish tartiblari va boshqalar haqida ma`lumot beradi. Bizning nazarimizda, hadislarning qimmati, inson ongi va faoliyatini shakllantirishdagi o`rni ularning mazmunini xalq og`zaki va ezma manbalar mazmuniga sngdirib borilganiligi bilan ham belgilanadi. Download 207.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling