13-mavzu: Hadislarning Tarbiyaviy axamiyati


Download 285.65 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi285.65 Kb.
#1587300
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu

13-mavzu: Hadislarning Tarbiyaviy axamiyati

Reja: 1.Hadis ilmimg paydo bo`lishi va muhandislarning hadis ilmining yaratilishidagi xizmati 2.Al-Buxoriyning “Al adab al mufrat” va “as sahih” asarlari hamda unung mazmuni 3.Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati

«Hadis» arabcha so'z bo'lib, uning bir qator ma'nolari bor: yangi, yangi narsa, yangi ro'y bergan voqea; so'z, hikoya, naql, rivoyat; Muhammad payg'ambar yoki ilining sahobalai haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat. Islom dini bo'yicha eng asosiy manba «Qur’on»dir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o'rinda turuvchi mo’tabar manbadir. Hadislar Muhammad payg'ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy — ta'limiy mavzularda aytgan xilma — xil fikrlari, ko'rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi. Hadislarning yuzaga kelishni uch omil bilan ko'rsatiladi: Muhammad payg'ambar aytgan gaplar. Uning o'zi qilib ko'rsatgan ishlar. Payg'ambarimiz tomonidan ko'rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani.

Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. «Sunnat» ham arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi «yo'l, ravish, odat» demakdir. Istilohiy ma'nodi esa Muhammad payg'ambardan qolgan urf — odatlariga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning ma'no qamrovi, izohi o'z aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq —odob masalalariga, inson ma'naviyati bilan bog'liq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan — Muhammad payg'ambar zamonidanoq alohida ahamiyat berishgan. Hadislar imkon boricha xatosiz, asl holida boshqalarga Yetkazilishi lozim bo'lgan. Payg'ambar nomiga bog'lab turib, yolg'on hadis tarqatish qattiq qoralangan. Hadislarni to'plab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shug'ullangan olimlar muhaddis deyiladi. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abud Dovud, Sulaymon Sijistoniy, ibn Mojja, Dorimiy, Bayhaqiy, Tabaroniy, ibn Hibbon, Xatib, Hokim, Abu Alo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi muhaddislarning nomi mashhur. Lekin muhaddislar orasida olti kishining dovrug'i olamni tutgan. Ulardan beshtasi O'rta Osiyolik: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al —Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at —Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja shular jumlasidandir. Buxoriyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘ira ibn Bardazbah al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda katta olim oilasida 810 yil 20 iyulda tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘zining o‘tkir zehni va kuchli iqtidorini namoyon qiladi. Muhammad Buxoriy go‘dakligidayoq otasi dunyodan o‘tadi va onasining qo‘lida qoladi.


Download 285.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling