13-mavzu: Hadislarning Tarbiyaviy axamiyati


Download 285.65 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi285.65 Kb.
#1587300
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu

Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi: Alloh taolo aytadi: “Men sheriklardan behojatman va Menga boshqani sherik qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal etgan kimsadan ham bezorman”. Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman, deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi: “Kim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz”. Ya’ni, kimki dunyo ishini xohlasa, oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. “Kim uchun”, ya’ni kimni xohlasak, halok qilurmiz va “kimniki xohlasak”, dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa, xohish-irodamiz bilan berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. “So‘ng unga jahannamni joy qilib berurmiz”. Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, “unga kiradigan”, ya’ni do‘zaxga kiradigan. “Mazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda”, ya’ni Alloh taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. “Kimiki oxiratni istasa”, ya’ni kim oxirat savobini istasa, “oxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa”, ya’ni Alloh taologa ixlos bilan amallarini oxirat uchun qilsa, “mo‘min bo‘lgan holda”, ya’ni amal bilan birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: “unday zotlar”, ya’ni dunyoda riyo uchun amal qilmay, oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... “Unday zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir”, ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi. “Bu dunyoda odamlarning barchalariga – mana bularga ham, anavilarga ham Parvardigoringizning ne’matidan ato eturmiz”, ya’ni ikki jamoaga – mo‘minlarga ham, kofirlarga ham Parvardigoringiz rizqidan beriladi. “Parvardigo-ringizning ne’mati man qilinmas” (Al-Isro, 18-20), ya’ni Parvardigoringizning rizqi bu dunyoda hech kimdan – mo‘min, kofir, yaxshi va yomondan man’ qilinmaydi. Bu oyati karimada Alloh taolo, albatta kimiki Allohdan boshqa uchun amal qilsa, oxiratda unga savob yo‘qligini va borar joyi jahannam ekanligini bayon qildi. Kimiki Alloh taolo uchun amal qilsa, uning amali maqbuldir. Agar Alloh taolodan boshqasi uchun amal qilsa, unga amalidan foyda yo‘q, faqatgina, xabarda kelganidek, mashaqqat va qiynalish bor, xolos.


Download 285.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling