13-mavzu: Hadislarning Tarbiyaviy axamiyati

Download 285.65 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi285.65 Kb.
#1587300
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu

16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan birga hajga borib, 4 yil Makkada yashagan. Yo‘l-yo‘lakay Balx, Basra, Kufa, Bag‘dod, Xums, Damashq, Misr, Makka va Madina singari ko‘plab shaharlardagi hadisshunos olimlardan saboq oladi. Bu paytda u mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va boshqalarning hadis to‘plamlarini to‘lig‘icha yod olib ulgurgan edi. Buxoriy 18 yoshga kirganda bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi. Uning ustozlaridan Shayx Doxiliy shogirdining quvvai hofizasiga, bahslashish mahoratiga, dalillarni keltirishdagi izchil mantig‘iga ko‘p marta qoyil qolgan, tan bergan va uni olqishlagan edi. Buxoriy islom mamlakatlarini kezib, jami 600 ming hadis yozib olgan. Al-Buxoriy umrining so‘nggn kunlarini Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida o‘tkazadi va hijriy 256 (milodiy 871) yilda vafot etadi.

Asarlari: «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam»), «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari»), «Kitob asmo’ is-sahobi», «Kitob af’ol il-ibod», «Kitob ul-favoid», «At-tarix al-kabir», «Tarixi us-siqot vazzuafomin ruvotil-hadis», «Qazoyi as-sahabat vat-tobe’ini», «Tarixi kabir», «Tarixi Buxoro» va boshq.

 Buxoriyning to'liq ismi Abu Abdilloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al —Mag'iyra ibn Bardazbeh al —juafiy al —Buxoriy bo'lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13 —kuni (810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko'pgina olimlardan farqli o'laroq al — Buxoriy tug'ilgan sana aniq ko'rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o'z davrining ilmli odamlaridan bo'lib, o'g'lining tug'ilgan kunini o'z qo'li bilan yozib ketgan qog'oz zamondosh olimlar ixtiyoriga Yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo'q. Al —buxoriy yoshligidanoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o'sgan. U yoshligidan aql —idrokli, o'tkir zehnli va ma'rifatga havasi kuchli bo'lib, turli ilm — fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo'r qiziqish bilan egallaydi. 825 yili o'n olti yashar al —Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo'l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o'z bilimini yanada oshirish maqsadida o'sha paytda ilm —fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag'dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fikh ilmidan talim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi. Buxoriy hayotining ko'p qismi xorijiy ellarda, musofirchilikda o'tdi. U safar chog'ida ham, bir shaharda muqim turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to'plagan hadislarini oqqa ko'chirar edi. Muallifning yozishicha, Bag'dodda istiqomat qilgan paytda ko'pincha oyning nurida ijod qilib, qorong'i kechalarda sham yorug'ida kitob yozar ekan.

Download 285.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling