13-mavzu: Hadislarning Tarbiyaviy axamiyati


Download 285.65 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi285.65 Kb.
#1587300
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu

 Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Adiy ibn Hotam Toiy bunday rivoyat qiladi: “Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Alloh taolo jannat ahliga tayyorlab qo‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: “Ularni olib ketinglar, jannatda nasiba yo‘qdir!” deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham, keyin ham hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: “Yo Alloh, do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni ko‘rsatmay turib, bizlarni do‘zaxga kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik”. Shunda Alloh taolo: “Men shunday qilmoqliknni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz, qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo‘rqar edingiz mendan qo‘rqmas edingiz insonlarnni ulug‘lar edingiz. Meni ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmasdingiz. Endi bugun savobimdan ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman”, deydi.

 Ibn Abbos Payg‘ambar sallallolhu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Alloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insoniyatning ko‘ngliga kelmagan narsalarni yaratdi. So‘ng Alloh taolo unga, gapir dedi. “Albatta, mo‘minlar najot topdi”, dedi uch bor. So‘ng “Men baxilga, munofiqqa, riyokorga haromman”, dedi jannat”. Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: «Riyokornning alomatlari to‘rttadir: o‘zi qolgan vaqtda yalqovlik, insonlar bilan birga bo‘lsa tirishqoqlik qiladi. Uni maqtashsa, amalni ko‘paytiradi; yomonlashgan vaqtda noqis qiladi». Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: “Amalning qo‘rg‘oni uch narsadir:

Xulosa Hadislar hayot hodisalari haqidagi o'gitnomalardir. Aslida dinning o'zida ham bu xislat mavjud. «Din — nasihatdan iborat» degan hadis bejiz emas. Umuman, kishilarni ahillik, hamjihatlik, ittifoq bilan yashashga undash, buning oqibati xayrli va barakali natijalar bilan yakunlanishini ko4rsatish, aks holda esa parokandalik, fayzsizlik sodir bo'lishi bu o'gitnomalarda ko'rinib turadi. Hadislar insonni samimiyatga, pokdomonlikka, mustahkam iymon va sobit e'tiqod egasi bo'lishga undaydi: «Savobli ish qilganingizda xursand bo'lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo'lsangiz, demak, siz haqiqiy mo'mindirsiz». Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj bo'lgan kishilarga alohida e'tibor berlgan: «Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang, Yetimlarga mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingni ularga Yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo'lur». Ammo Yetimlar haqqini Yeyishdan tiyilmoq shart, hatto u harom qilinadi: «Ikki zaif toifa, ya'ni Yetim va ayol haqqini Yemoqlikni sizlarga harom qilaman». Odamiylik ham hadislarda tez —tez tilga olingan mavzulardan. Bundagi asosiy e'tibor barcha insonlarni teng tutib, hurmat qilishga, barchaga mehr —muhabbat bilan qarashga tortiladi. Jumladan, «O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko"r!» deyilgan. Shuningdek, hadislarda qo'li ochiqlik, saxovat, xayr —ehson, boshqalar dardiga sherik bo'lishning ulug'langan. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: Imom Ismoil al — Buxoriy. «Al — adab al —mufrad». (Adab durdonalari). «O'zbekiston». Toshkent 1990 yil. Boqijon To'xliyev, Adabiyot. «O'qituvchi». Toshkent. 2002. O’.Boboyorov, F.Xolsaidov. adabiyot “Ilm Ziyo” – 2006. Internet saytlari:

E`tiborlariz uchun raxmat!


Download 285.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling