13-mavzu: Hadislarning Tarbiyaviy axamiyati
Download 285.65 Kb.
|
13-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muttafaqun alayh
- Zaif
- Mu’zal
- Mudallas
- Matruk
Hadislarning mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ular Muhammad payg'ambarning hayoti va faoliyati bilan bog'liq hadislar talqini, o'zaro insoniy munosabatlar, do'stlik, ahillik, saxovat, ota —onalarga va qarindosh —urug'larga munosabat, halollik, poklik, adolat, insof, diyonat, hasad, xiyonat, rostgo'ylik, yolg'onchilik, fitna —fasod va boshqa insoniy fazilatlar va nuqsonlar ustida bahs yuritadi. Muhimi, ularda yuksak insoniy fazilatlar ulug'lanadi, kishilarda shunday xislatlarnng bo'lishi ma'qullanadi va targ'ib qilinadi, aksincha, yomon fel —atvor va xususiyatlarning kishilik jamiyati uchun kulfat va azoblar keltirishi qayta —qayta ta'kidlanadi. Ilm — ma'rifat borasida ham ko'plab hadislar mavjud. Masalan, ularning birida «Garchi Xitoyda bo'lsa ham, ilmga intilinglar, chunk! ilm olishga harakat qilish har bir mo'minga farzdir», deyiladi. Bunda kishilarni ilm olishga undash, o'z bilimini chuqurlashtiishga da’vat ochiq ko'rinib turibdi. Vatan va vatanparvarlik bilan bog'liq hadislar ham anchagina. Tabiiyki, ular orasida «Vatanni sevmoq iymondandir» hadisi mashhurdir.Sanad, isnod – roviylarni matn bilan bog‘lovchi silsila. Hadis darajalari: 1. Sahih – sanaddagi roviylar o‘zidan oldingi roviydan bevosita olgan hadisdir. Bu o‘rinda roviyning odili bo‘lishligi, mukammal shaklda hadisni zabt qilganligi va hadisning sahihligiga ta’sir qiluvchi illat bo‘lmasligi shart qilingan. Ahli hadisning ijmosi bilan unga amal qilish vojibdir. 2. Muttafaqun alayh – Imomi Buxoriy va Imom Muslim o‘z «Sahih»larida biron hadisni zikr qilsalar va bu hadislar ma’noda va matnda bir xil bo‘lsa, muttafaqun alayh, ya’ni, bu ikki muhaddis ittifoq bo‘lishgan, deyiladi. 3. Hasan – bunda sahihda shart qilingan narsalar mavjud bo‘lishligi zarur, lekin roviyning hadis zabti (hadisni yoddan bilishi yoki yozib olishi) biroz yengilroq bo‘ladi. 4. G‘arib – hadisning rivoyatida bir roviyning yakka haq, ba’zisida roviyning bir o‘zi bo‘lmog‘i. 5. Zaif – o‘zida «hasan»ning sifatlarini jamlamagan, uning shartlaridan biror shartni yo‘qotgan hadis. Fazilatli amal zikr etilgan bo‘lsa, zaif hadisga amal qilish mustahabdir. 6. Mursal – zaif hadisning bir turi, isnodining oxirida tobe’inning o‘zi (sahobani zikr qilmay) «Rasululloh shunday qilgan edilar», deydi. Buning hukmi ixtilofli. 7. Mu’zal – zaif hadisning bir turi, isnodidan ikki yoki undan ortiq roviyning tushib qolishi. U mursal va munqoti’dan ham yomon holatdir. 8. Munqoti’ – uzilishi qanday sababdan bo‘lmasin, isnodi ulanmagan hadis. Isnodining uzilishi boshdami, o‘rtasidami yoki oxiridami – buning farqi yo‘q. Munqoti’ning hukmi ham zaif hadis kabidir. 9. Mudallas – isnodidagi biron aybni yashirib, uning zohirini chiroyli ko‘rsatishga urinilgan hadis, uning hukmi zaif hadis hukmidadir. 10. Mavzu’ – Payg‘ambarga (s.a.v.) nisbat berilgan, lekin aslida to‘qib chiqarilgan yolg‘on hadis. Ulamolarning ijmosiga ko‘ra, uni rivoyat qilish halol emas. 11. Matruk – isnodida yolg‘onchi deb gumon qilingan roviyi bor hadis. Hukmi olinmaydi. 12. Munkar – isnodida zaif roviy bo‘lib ishonchli deb bilingan roviyning hadisiga zid kelgan hadis. 13. Marfu’ – Payg‘ambarga (s.a.v.) biror so‘z, fe’l, taqrir yoki sifatni izofa qilish. 14. Mavquf – sahobaga biror so‘z, fe’l, taqrirni izofa etish. Masalan: «Ali ibn Abu Tolib shunday dedi», deyish.Download 285.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling