13-mavzu: Hadislarning Tarbiyaviy axamiyati


Download 285.65 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi285.65 Kb.
#1587300
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ro‘zador borki, uning ro‘zasida faqat ochlik va chanqoqlikdan boshqa hech qanday nasiba yo‘qdir. Sahar turuvchi borki, uning turishida faqat erta uyg‘onish va qiynalishdan boshqa hech nasiba yo‘qdir”. Ya’ni, agar ro‘za va namoz Alloh taolo uchun bo‘lmasa, unga savob yo‘q. Hukamolarning ayrimlaridan rivoyat qilinadi “Riyo va dovruq uchun toat-ibodat qilgan kishining misoli cho‘ntagini toshga to‘ldirib bozorga chiqqanga o‘xshaydi. Odamlar aytishadi: “Bu kishining cho‘ntagi qanchalar to‘la”. Holbuki, unga insonlarning shu so‘zidan boshqa foyda yo‘qdir va agar biror narsa sotib olmoqchi bo‘lsa, unga hech narsa berishmaydi. Riyo va dovruq uchun qilingan amal ham shunday. Oxiratda unga savob bo‘lmaydi. Alloh taolo aytganidek: “(Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz” (Furqon, 23), ya’ni Alloh taolodan boshqasi uchun qilingan amallarning savobini yo‘q etib, ularni xuddi sochilgan to‘zondek qilgaymiz. (U to‘zon quyosh nurida ko‘rinadigan chang-g‘uborga o‘xshashdir).

Sufyon Savriydan, uning Mujohiddan eshitganlarini Vaki’ rivoyat qiladi. Aytishlaricha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldilariga bir kishi keldi va: “Yo Rasulalloh men sadaqa qilmoqchiman va shu sadaqa bilan Allohnning roziligini topmoqchiman, meni yaxshi deyishlarini xohlayman”, dedi. So‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi: “Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, (ya’ni kim Alloh taoloning qudratidan qo‘rqib tursa va Allohning savobini xohlagan bo‘lsa), u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani Unga sherik qilmasin (ya’ni, qiladigan amallarini yolg‘iz Alloh uchun qilsin)” (Kahf, 110). Hakimlardan biri aytadi: “Kim yetti amalni yetti narsasiz qilsa, qilgan amali unga foyda bermaydi. Birinchisi, qo‘rquv bilan, ammo saqlanmasdan amal qilsa, ya’ni, albatta men Allohning azobidan qo‘rqaman, desa-yu, gunohlardan ehtiyot bo‘lmasa. Bas, bunday so‘z unga hech qanday foyda bermaydi. Ikkinchisi, talabsiz umid bilan amal qilsa, ya’ni men Alloh taoloning savobidan umid qilaman, deydi, ammo solih amallar bilan savobni talab etmaydi, uning so‘zidan biror foyda yo‘qdir. Uchinchisi, qasdsiz niyat, ya’ni yaxshilik va toat-ibodatlar kabi amallar qilishlikni qalbida niyat etadi. Shuni qilishlikni o‘zi qasd qilmaydi, uning niyatidan biror foyda yo‘qdir. To‘rtinchisi, harakatsiz duo qilish, ya’ni yaxshi ishlarga muvaffaq etishni so‘rab Alloh taologa duo etadi, ammo harakat qilmaydi, uning duosidan hech bir foyda yo‘q. Holbuki, Alloh taolo yordam qilishi uchun harakat lozimdir. Alloh aytadiki: “Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘limizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qiluvchi zotlar bilan birgadir”. (Ankabut,69.) Ya’ni, ibodat va dinda harakat qilgan kishilarni shunga erishtiraman, deyilmoqda. Beshinchisi, pushaymonsiz istig‘for aytish, ya’ni Allohdan kechirishini so‘raydi-yu, ammo qilgan gunohlariga pushaymon bo‘lmaydi. Pushaymonsiz kechirim so‘rash foyda bermaydi. Oltinchisi, oshkora amal qilib, maxfiy amal qilmaslik, ya’ni oshkora qilganida ishlarini yaxshi bajaradi va yashirin, maxfiy holda yaxshi bajarmaydi, bu holda oshkoraligi unga hech bir foyda bermaydi. Yettinchisi, ixlossiz ko‘p amal qilish, ya’ni toat-ibodatda harakatni ko‘p qiladi, tirishadi, lekin Alloh taologa ixlos bilan amal qilmaydi. Ixlossiz uning amallari foyda bermaydi. Bunday amalda o‘zini-o‘zi aldagan bo‘ladi.


Download 285.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling