A a-1,2,3 b-4,5,6 b a-1,4,5 b-2,3,6 c a-2,3,6 b-1,4,5 d a-1,3,6 b-2,4,5


Download 22.66 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi22.66 Kb.
#1000618
Bog'liq
test3


1. Chug‘urchuqqa xos bo‘lmagan (a) va xos bo‘lgan (b) xususiyatlarni ko‘rsating? 1) dushmani sezganda shovqin soladi 2) tez yuguradi 3) yer osti tugunaklar, hasharot, kaltakesak va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi 4) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb zarar yetkazadi 5) jufti bir yillik 6) Qizil kitobga kiritilgan
A) a-1,2,3 b-4,5,6 B) a-1,4,5 b-2,3,6 C) a-2,3,6 b-1,4,5 D) a-1,3,6 b-2,4,5

2. Go‘shti mazali bo‘lgani uchun va sport maqsadida ovlanadigan qushlar.


A) qur, kaklik B) bedana, qarg‘a
C) bedana, tuvaloq D) turna, g‘oz

3. Ikki oylik jo‘jalari 1,6 kg (a) va 2,6 kg (b) va undan ortiq keladigan zotlarni ko‘rsating?


1) Nyugempshir 2) Pervomaysk 3) Moskva 4) Kornuel 5) Pekin 6) Ukraina 7) Plimutrok 8) Lekgorn
A) a-1,2, b-3,4,5 B) a-3,5,6 b-4,7
C) a-1,4,7 b-3,5,6 D) a-3,4,5 b-6,8

4. Go‘ngqarg‘aning chitakka o‘xshash (a) va farq qiluvchi (b) belgilarni ko‘rsating? 1) Chumchuqsimonlar turkumi vakillari 2) kosasimon uya quradi 3) yil fasliga qarab joyini o‘zgartirib turadi 4) jufti bir mavsum saqlanadi 5) zog‘chalar bilan qishda gala hosil qiladi.


A) a-1,2,4 b-3,5 B) a-1,4 b-2,3,5
C) a-2,3,5 b-1,4 D) a-2,3,4 b-1,5

5. Kunduzgi yirtqich qushlar turkumiga kiruvchi qushlar guruhini belgilang?


A) yapaloqqush, qizilishton, chil
B) ukki, oqqush, hakka, burgut
C) hakka, o‘rdak, oqqush, burgut
D) kalxat, qarchig‘ay, miqqiy

6. Laylaklarga xos bo‘lmagan xususiyatni ko‘rsating?


1) kosasimon uy quradi 2) jufti uzoq yillar saqlanadi 3) kech kuzda uchib ketadi 4) qishlash uchun Shimoliy Afrika, Janubiy Amerika va G‘arbiy Osiyoga uchib ketadi 5) Teri bezlari rivojlangan 6) Yaxshi suzadi va sho‘ng‘iydi 7) jish bola ochadi
A) 1,2,6 B) 3,4,5,6 C) 2,3,7 D) 1,3,6,7

7. Oldingioyoqlariuch (a), to‘rt (b) vabesh (c) barmoqliorganizmlar 1.urchuqsimonkaltakesak 2. gekkon 3. gavial 4. povituxa 5. kvaksha 6. gaaga


7. kazuar 8. qizilto‘sh
A)a-6,7,8 b-4,5 c-2,3
B)a-6,8,3 b-4,5 c-1,2,7
C)a-7,8 b-4,5 c-1,2,3
D)a-6,7,8 b-3,4,5 c- 1,2

8. Qanday qushlar guruhining doimiy qishlov joyi bo‘lmaydi ?


1) ko‘chmanchi 2) uchib o‘tuvchi 3) uchib kеtuvchi 4) o‘troq,
A)1,3 B) 2 C) 2,4 D) 1

9. Yirtqich qushlarni ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab belgilang.


I. ukki II. tasqara III. boyo‘g‘li IV. kalxat
1) yapaloqqushlar ichida eng yirigi 2) yapaloqqushlar ichida nisbatan kichigi 3) soatlab qanot qoqmay ucha oladi 4) havoda baland uchib o‘lja axtaradi
A) I- 1 II - 3 III - 2 IV - 4
B) I - 2 II - 3 III - 1 IV - 4
C) I- 1 II - 2 III - 3 IV - 4
D) I - 4 II - 3 III - 2 IV – 1

10. Yapaloqqushlar turkumiga xos belgilar? a) tunda ovga chiqadi, b)tumshug‘ining uchi qayrilgan c) barmoqlaridagi tirnoqlari o‘tkir, d) ko‘zlari keng ochiladigan ko‘z qorachiqli e) shovqinsiz uchadi f) tirnoqlari kuchsiz j) faqat kunduzi ovga chiqadi va shovqin qilib uchadi


A) a, b, c, f, j B) a, b, c, d, e
C) b, c, d, j, D) b, d, f, j

11. Tuvaloqqa xos bo‘lgan (a) va xos bo‘lmagan (b) xususiyatlarni ko‘rsating?


1) dushmani sezganda shovqin soladi 2) tez yuguradi 3) yer osti tugunaklar, hasharot, kaltakesak va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi 4) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb zarar yetkazadi 5) jufti bir yillik 6) ―Qizil
kitobga kiritilgan
A) a-1,2,3 b-4,5,6 B) a-1,4,5 b-2,3,6 C) a-2,3,6 b-1,4,5 D) a-1,3,6 b-2,4,5

12. Quyida berilgan qushlar qaysi turkumga kiradi?


l) suqsun 2) emu 3) qirg‘ovul 4) to‘rg‘ay a) cbumchuqsimonlar b) tovuqsirnonlar v) tuyaqushlar g) g‘ozsimonlar
A) 1-b, 2-a, 3-v 4-g
B) 1-a, 2-v, 3-b, 4-g
C) 1-b, 2-g, 3-v, 4-a
D) 1-g, 2-v, 3-b, 4-a

13. Qushlarning chanoq suyaklari umurtqa pog‘onasining …….. qismlari bilan harakatsiz qo‘shilgan?


1) ko‘krak 2) bel 3) dumg‘aza 4) barcha dum umurtqalari 5) oldingi dum umurtqalari
A) 1,2,3 B) 2,3 C) 2,3,4 D) 2,3,5

14. Qaysi qushda boshining ustida quloqqa o‘xshash ikki to‘p pati dikkayib turadi?


A) yapaloqqush B) ukki
C) boyo‘g‘li D) boyqush

15. Qaysi qush pat qoplami govak, yumshoq bo‘lganligi u-n uning uchganida ovoz chiqmaydi?


A) yapaloqqush B) qaldirg‘och
C) tasqara D) burgut

16. Qaysi qushni uchganida uzun qanotlaridagi oqish patlarni panjasimon yozilganligiga qarab bilish mumkin?


A)tasqara B)kalxat
C)burgut D)qirg‘iy

17. Qaysi turkumga mansub qushlarda toj suyagi bo‘lmaydi va patlari yelpig‘ich hosil qilmaydi?


A) tuvaloqlar B) pingvinlar
C) tuyaqushsimonlar D) g‘ozsimonlar

18. Suv havzalari qushlardan qaysi vakillari suvda suzadi?


A) yovvoyi o‘rdak, churrak, suqsun, ko‘k g‘oz
B) yovvoyi o‘rdak, churrak, laylak, turna
C) suqsun, ko‘k g‘oz ko‘kqo‘ton
D) churrak, suqsun, baliqchi qush, turna

19. Kvakshaga(a) va kayra(b) siga tegishli malumotlarni aniqlang.


1.issiq qonli organizm 2.diafragmaga ega 3.ilik suyagi mavjud 4.sovuqqonli 5.miyachada burmalari mavjud 6.noto`g`ri metamorfoz 7.ovoz kuchaytiruvchi rezanatorlari mavjud
A)a-1,3 b-6,7 B)a-2,3 b-4,6 C)a-1,5 b-2,6 D)a-6,7 b-1,5

20. Qushlar bilan oziqlanmaydigan sudralib yuruvchilar (1) va qushlar (2)ning vakillarini belgilang


1. qum bog‘ma ilon 2. chipor ilon 3. ko‘lvor ilon 4. qalqontumshuq 5. sariq ilon 6. ukki 7.kalxat 8. laylak
A)I-1,2,3,4,5 II-6,7,8 B)I-2,4,5 II-6,7,8 C)I-4,5 II-8 D)I-1,2,3 II-6,7
21. Qaysi qushning erkagini tanasi qora, qanotlari va dumida oq patlari bor?
A) bulduruqda B) tuvaloqda
C) oq bagirda D) tuyaqushda
22. Qaysi qushlar kеch kuzda uchib kеta boshlaydi?
A) qallirg‘och, bulbul, zarg‘aldoq
B) laylak, zarg‘aldoq, oqqush, o‘rdak, g‘oz
C) laylak zarg‘aldoq, oqqush
D) oqqush, o‘rdak, g‘oz

23. Qaysi tovuq zoti 5-6 oyda tuxumga kiradi?


A) Lekgorn B) Moskva
C) Pekin D) Ukraina

24. Yovvoyi o‘rdak erkagining boshi …. bo‘yni …… urg‘ochisining tumshug‘i ….. dumi ….. rangli bo‘ladi.


A) qizg‘ish,oqish to‘q yashil, oq
B) to‘q yashil, oqish qizg‘ish oq
C) to‘q yashil, qizg‘ish oqish, oq
D) to‘q yashil, oq qizg‘ish oqish

25. Yovvoyi o‘rdaklarning qishlash joyini aniqlang.


1) Osiyoning shimoli
2) Markaziy Amerika 3) Markasiy Afrika 4) Osiyoning janubi 5) Shimoliy Afrika 6) O‘zbekiston janubi 7) Janubi-sharqiy Osiyo 8) Shimoliy Amerika
A) 4, 6, 7, 8 B) 1, 3, 6, 7
C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 4, 5, 6

26. Yevropa laylaklarining qishlash joyi


A) Afrika va Xindiston
B) Shimoliy Hinidiston
C) Afrikaning shimoli
D) Janubi-sharqiy tropik Afrika

27. Qaysi qushlar kemiruvchilar vakillari b-n oziqlanadi ?


1. laylak 2. kalxat 3. boyog‘li 4. tuyaqush 5. tuvaloq 6. ukki 7. chug‘urchiq
A)2,3,5,6,7 B)2,4,5,6
C)2,3,4,5 D)1,2,3,5,6
28. Tasqaraga xos bo‘lmagan xususiyat?
1) Baqalar, kemiruvchilar, hasharotlar va boshqa qushlarni tutib oziqlanadi 2) yerda erkin harakatlanadi 3) faqat o‘laksa b-n oziqlanadi 4) tirnoqlari kuchli rivojlangan 5) tumshug‘i kuchli rivojlangan 6) tanasining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m ga yetadi 7) uchganida qanotidagi patlari panjasimon yoyiladi
A) 1,2,4 B) 1,2,4,6 C) 2,5,7 D) 2,5,6,7

29. Oziq tanqis bo‘ladigan qish yoki erta bahorda o‘zi g‘amlab qo‘ygan ozuqasini topib yeydigan qushni aniqlang.


A) qirg‘ovul B) chug‘urchiq
C) chittak D) olaqarg‘a

30. Musichaning qirg‘ovulga o‘xshash (a) va farq qiluvchi (b) xususiyatlarini ko‘rsating? 1) o‘troq qush 2) ko‘chib yuruvchi qush 3) jo‘ja ochadi 4) jish bola ochadi


A) a-1, b-3 B) a-1, b-4
C)a-2, b-3 D) a-2, b-4


Download 22.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling