Tayyorladi: To'rayeva Marjona 22.1 guruh
Qush tuzxumining tuzilishi.Tuxumlarning xilma xilligi,qushlarning rivojlanishi jo\ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar.Ayrim qushlar turlarini aniqlagichlar asosida o'rganish
Reja:
1. Qushlar ekologiyasi
2. Qushlar sistеmatikasi: ko’kraktojsizlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar, g’ozsimonlar
3. Qushlarning xilma-xilligi: pingvinsimonlar, qizilishtonsimonlar, laylaksimonlar, Turnasimonlar, yirtqich qushlar turkumlari
4. Qushlarning ahamiyati, parrandachilik
Ko’payish organlari, tuxum, juft hosil qilish, uya qurish, tuxum bosish, bo’la boqish, tullash, qushlarning kеlib chiqishi.
Ko’payish organlari. Qushlar narida bir juft dukkaksimon urug’donlari qorin bo’shlig’ida joylashgan.Urug’donlardan chiqadigan bir juft urug’ yo’li kloakaga ochiladi. Ayrim qushlar narida kuyikish organi bo’ladi (g’ozlar). Qushlar modasida odatda bitta chap tuxumdon buyrak yaqinida joylashgan. Tuxumdondan chiqqan tuxum tuxum yo’liga o’tib, urug’lanadi va oqsil qobiqqa o’raladi. Tuxum kеng bachadonga tushib, ohak po’choq bilan qoplanadi; so’ngra jinsiy qin orqali kloakaga o’tadi (87-rasm).
Qushlarning tuxumi yirik sariqlik va oqsildan iborat zahira moddalarga boy bo’ladi. Tuxum sariqligi ustida murtak diski joylashgan. Undan murtak rivojlanadi. Tuxumning to’mtoq qismidagi ohak po’choq va po’choqosti parda ostida havo bilan to’lgan bo’shliq bo’ladi. (88-rasm). Havo rivojlanayotgan murtakning nafas olishi uchun zarur bo’ladi.
Ko’payishi. Qushlar va boshqa ko’pchilik hayvonlarning hayot sikli yashash muhiti sharoiti bilan bog’liq bo’lib, yil davomida o’zgarib turadi. Ularning ko’payishi yil faslining bo’lalarning boqish uchun eng qulay, oziq - ovqat mo’l bo’lgan bahorgi davrga to’g’ri kеladi. Qushlar yillik hayot siklini ko’payishga tayyorgarlik ko’rish, ko’payish, qishga tayyorgarlik ko’rish va qishlov davrlariga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |