Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari Ijtimoiy va siyosiy hayot
- Misrning asoratga solinishi
Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari Название Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari Дата 31.08.2013 Размер 26.73 Kb. Тип Документы скачать 1. /XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari.doc Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari Ijtimoiy va siyosiy hayot Afrikaning shimoliy qismida, Sahroyi Kabirning janubiy chegarasiga qadar aholining ko`pchiligini arablar tashkil etardi. Bu hududlarda barbarlar, habashlar va boshqa xalqlar ham yashardi. XIX asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va shimolisharqida, ya'ni arablar yashovchi hududlarda mutlaq podsholik tuzumlari hukm surardi. Ular orasida rasman Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirgan Misr, Tripolitaniya, Kirenaika (hozirgi Liviya) va Tunis amalda Turkiya sultoniga itoat etmasdilar. XIX asr oxirida Misr va Sudan Angliyaning, Tunis, Jazoir va Marokash Fransiyaning, Marokashning bir qismi Ispaniyaning, Liviya esa Italiyaning mustamlakalariga aylandi. Misrning asoratga solinishi Misrning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi tarixi Turkiya hukmronligidan ozod bo`lish va inglizlarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash bayrog`i ostida o`tgan o`zgarishlar davri bo`ldi. Musulmon ruhoniylaridan al-Azhar madrasasida mudarris bo`lgan Jamoliddin al-Afg`oniy va uning shogirdlari milliy- ozodlik harakatida katta obro' qozonishdi. Ular barcha musulmonlarni mustamlakachilarga, Turkiya zulmiga qarshi birlashuvga, konstitutsiyaviy tuzum o`rnatilishiga chaqirdilar. 1871- yilda Jamolidtjin al-Afg`oniy «Xizb ul- Vatan» («Vatan partiyasi») partiyasini tuzdi. Bu partiya chet elliklarga qarshi «Misr misrliklarniki» shiori ostida kurashdi. «Vatan»chilar hukmdor (Hadiv)ning huquqini cheklovchi konstitutsiya uchun kurashdilar. 1882yil 7- fevral kuni Hadiv yangi qonunga imzo chekishga majbur bo`ldi. Unga ko`ra hukumat Deputatlar palatasiga bo`ysunadigan, parlament budjet ustidan nazorat qilish huquqini oladigan, birorta qonun deputatlar palatasi ruxsatisiz qabul qilinmaydigan bo`ldi. Bularning hammasi feodal mustabid tuzumidan burjua parlament tuzumiga o`tish yolidagi katta g`alaba edi. Chet elliklar Misr hukumatiga ultimatum yuborib, amaldagi hukumatni tarqatishini talab qildilar. Mustamlakachilarning bu talabi keskin norozilikka sabab bo`ldi. 1882- yil 11- iyul kuni inglizlar Iskandariyani to`plardan o`qqa tutdilar. Angliya desanti shaharni egalladi. Bunga qarshi, Misr armiyasi rahbarlaridan biri Ahmad Orabibey Qohirada oliy davlat organi vazifasidagi Muvaqqat kengash tuzdi. 60 ming kishilik qo`shin to`pladi, Ayni paytda, inglizlar 1882- yil 7- avgustida Suvayshni bosib oldilar va Qohiraga yurish boshladilar. 1882- yil sentabrda Misr qo`shinlari yengildi. Qo`zg`olonchilarning ko`pi qirib tashlandi, polkovnik Ahmad Orabibey Seylon oroliga umrbod surgun qilindi. Shunday qilib, Misr inglizlar mustamlakasiga aylandi. Angliya Misrda Usmonli Turk imperiyasi hokimiyatini rasman tugatmadi. Misr hadivlari sulolasi, Vazirlar kengashi nomiga bo`lsa ham saqlandi. Moliya ustidan nazorat to`laligicha ingliz maslahatchilariga o`tdi. 1888- yili 29- dekabrda Istanbulda Suvaysh kanalidan foydalanish bo`yicha Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Fransiya davlatlari konvensiya imzolashdi. Unga ko`ra kanaldan barcha davlatlar xoh urush, xoh tinchlik paytida erkin foydalanish huquqini olishdi. Milliy ozodlik uchun kurashning faol tarafdori bo`lgan «Vatan» partiyasi inglizlar nazarida eng xavfli bo`lib chiqdi. Uni kuchsizlantirish uchun keskin choralar ko`rildi. Natijada «Vatan» partiyasi keng siyosiy kurash yo`lidan yakka terror yo`liga o`tib ketdi. Partiyaning «Al-Liva» («Bayroq») gazetasi taqiqlandi. Ammo ozodlik harakati esa boshqa ko`rinishlarda davom etdi. Majlis vitse-prezidenti Saad Zaglul demokratik, milliy- ozodlik ruhidagi deputatlarni o`z atrofiga to`plab, majlis nomidan ingliz hukmronligiga qarshi hujjatni o`tkazishga erishdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling