Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharqiy Afnkaning bo`lib olinishi
- Janubiy Afrika
G`arbiy Afrika uchun kurash
g`arbiy Sudan, Senegal va Nil daryosi havzasi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Fransiya, Gollandiya va Angliya o`rtasida raqobat maydoniga aylandi. g`arbiy Sudan 1892- yilda Fransiya mustamlakasiga aylandi. g`arbiy Sudanliklarning ozodlik kurashida Samori Ture nomi yorqin iz qoldirdi. U atoqli lashkarboshi va siyosatchi edi. Samori Ture fransuz bosqinchilariga qarshi 18 yil davomida kurash olib bordi. Fransuzlar 1898- yildagina uni taslim eta oldilar. Asir olingan Samori Gabonga surgun qilindi va o`sha yerda vafot etdi. 1900- yilda Chad ko`li atrofi bo`ysundirildi. 1904- yili Gvineya ko`rfazi bo`ylari ham Fransiyaga tobe etildi. Unga Fransiya Gvineyasi deb nom berildi. Angliya, Fransiyadan keyin Belgiya ham Afrika yerlari uchun kurashga qo`shildi. 1883- yilda Kongo havzasidagi yerlar Belgiya mustamlakasi deb e'lon qilindi. Sharqiy Afnkaning bo`lib olinishi Ko`p o`tmay yevropaliklar Sharqiy Afrikaga ham kirib kela boshladilar. Nil daryosi boshlanish havzalarini ilmiy o`rganish bahonasi bilan yevropaliklar Buganda mamlakatini «ochishdi». 1894- yili Buganda Angliya tomonidan tuzilgan Uganda protektorati tarkibiga kiritildi. Zanzibar arab sultonligi ham qul savdosiga qarshi kurash bahonasi bilan nemislar, fransuzlar va inglizlar tomonidan bo`lib olindi. XIX asr oxirida Angliya Bunoro davlatini bosib oldi. XX asr boshlarida Gambiya, Syerra-Leone, Oltin qirg`oq, Nigeriya, Senegal, Fransiya Gvineyasi, Fil Suyagi Qirg`og`i, Dogomeya Fransiyaning; Togo, Kamerun Germaniyaning; Gvineyaning bir qismi esa Portugaliya mustamlakasi edi. Yevropa mustamlakachilari turli boshqaruv tizimlari joriy qilishdi. Angliya mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab, ularni o`z manfaatlariga bo`ysundirdi. Fransiya esa o`z mustamlakalarida eski mahalliy boshqaruvni buzib tashlab, Fransiyaga mos bo`lgan tartiblarni joriy etdi. g`arbiy Afrikada mustamlakalar uchun kurashda Gollandiya, Belgiya, Portugaliya, Angliya, Germaniya, Frajisiya va nihoyat AQSh manfaatlari to`qnashdi. Belgiya qiroli Leopold II Kongoni ilmiy o`rganish assotsiatsiyasi tuzib, uning «soyasida» ustalik bilan ish olib bordi. Bu mamlakatning katta bo`lagini egallashga muvaflaq bo`ldi. Kongo «erkin» davlati tuzildi. Aslida, u Belgiya mustamlakasiga aylandi. Kongoning bir qismi Fransiyaga, yana bir qismi esa Portugaliyaga tegdi. Janubiy Afrika Janubiy Afrikada dunyoning eng yirik olmos konlari mavjud edi. Ingliz korchaloni Sesil Rods «De Rads» kompaniyasini tuzib, olmos konlarini o`z qo`liga kiritdi. 1887- yilda Transvaal oltin va mis konlari ochildi. Sesil bu konlarni ham egalladi. Uning tashabbusi bilan «Britaniya Janubiy Afrika imtiyozli kompaniyasi» tuzildi. Kompaniya «Keyptaundan Qohiragacha Angliya mustamlakasi bo`lishi kerak», degan ma'noda bosqinchilik harakatlariga ruxsat oldi. Tez orada Shimoliy Rodeziyada ingliz protektorati o`rnatildi. Angliya burlarga qarshi yangi urushga tayyorlandi. 1899- yilda ingliz bur urushi boshlandi. 1902- yil Bur Respublikasi Britaniya mulklari tarkibiga qo`shib olindi. 1910- yili Angliya mustamlaka hududlari bo`lgan Transvaal, Oranj, Natal, Kapni «Janubiy Afrika Ittifoqi» nomi ostida birlashtirdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling