Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Somali va Efiopiya
- Gerero va Namalar
Madagaskarning egallanishi
Hind okeanining g`arbida, Afrikaning janubisharqiy qiig`pg`i yaqinida joylashgan bu orol buyuk davJatlar mustamlaka siyosatida alohida o`rin tutdi. 1883- yili Fransiya Madagaskarga urush e'lon qildi. 1885- yili bu urush tomonlar uchun noteng bitim bilan yakunlandi. Fransuzlar Madagaskar ustidan protektorat o`rnatdi va uning tashqi siyosatini nazorat qiladigan bo`ldi. 1896- yilda esa Fransiya Madagaskarni o`z mustamlakasi deb e'lon qildi. Zuluslar Angliya zuluslarni bo`ysundirish uchun shafqatsiz urush olib bordi. Zuluslar hukmdori Ketchvayo 1879yilda uch to`qnashuv davomida inglizlarning 20 ming kishilik armiyasini yakson qilib tashladi. Lekin, Angliya to`plar yordamida ustun keldi va Zululend yerlarini egallab, uni 13 ta mayda hokimlikka bo`lib tashladi. Zululend hokimliklarini o`zaro urushtirib, o`z foydasiga ish ko`rish ingliz hukmdorlariga Xos xususiyatga aylandi. Somali va Efiopiya Efiopiya va Somali 1869- yili Suvaysh kanali ochilishi tufayli alohida savdo-iqtisodiy va harbiystrategik ahamiyatga ega bo`lib qoldi. Bu hol mustamlakachilarni befarq qoldirmadi. Bundan sal oldin, 1867- yili inglizlar Efiopiyaga qarshi urush qilib, podsho («negus» deb atalgan) Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi. Turli dinlar o`rtasida nizo tufayli Feodor II ga qarshi bo`lgan ruhoniylardan foydalanib, inglizlar habash qo`shinlarini tor- mor qilishdi. Feodor II o`zini-o`zi o`ldirdi. Taxtga inglizlarga tobe loan IV o`tqizildi. 1889— 1913- yillarda Qizil dengiz bo`yi va Somali yarim oroli Angliya, Fransiya, Italiya o`rtasida taqsimlab olindi. Efiopiyada Italiya o`z mustamlaka rejalarini yuzaga chiqarishga urindi. Biroq, bunga erisha olmadi. Efiopiya o`z mustaqilligini saqlab qoldi. Gerero va Namalar Janubiy Afrikaning shimoli-g`arbiy qismi 1883yildan boshlab Germaniya tomonidan bosib olina boshlandi. Mahalliy gottentot va gerero qabilalari rezervatsiyalarga quvildi. Qolganlari nemis mustamlakachilariga qul bo`lib qoldi. 1904- yil barcha gerero qabilalari Samiul Magarero boshchiligida bosqinchilarga qarshi qo`zg`olon boshladilar. Biroq, bu noteng kurashda qo`zg`olonchilar tor-mor etildi. Gererolardan tirik qolganlari mamlakat shimoliga qochib, jon saqlashga majbur bo`ldi. Nama qabilalari ham qo`zg`olon ko`tardilar. Namalarning qo`zg`oloniga Xendrik Vitboy boshchilik qildi. Vitboy nama qabilalarini birlashtirishga muvaffaq bo`ldi. Biroq u 1905- yilgi jangda halok bo`ldi. Uning o`limidan keyin ham namalar kurashni yana ikki yil davom ettirdilar. Lekin, zamonaviy nemis texnikasi ustunligi o`z kuchini ko`rsatdi. Germaniya bosqinchilari 200000 dan ortiq namalardan 140 mingini qirib tashladilar. Germaniyaga qarshi Sharqiy Afrikaning janubi va markazida (Tanganika) 1905- yil avgustda boshlangan qo`zg`olon ikki yildan ortiq davom etdi. Nemis qo`shinlari 120 ming afrikalikni qirib tashlab, qo`zg`olonni bostirdilar. Bu hududda necha asrlardan buyon yashab kelgan katta-katta qabilalar tamomila yo`q bo`lib ketdi. Ansorlar (arabcha yordamchilar, safdoshlar) — Muhammad (s.a.v) sahobalari bir tabaqasining nomi. (Ular 622-yilda Makkadan Madinaga ko`chib borgan musulmon muhojirlarga va Rasulullohga yordam bergan hamda islom dinini qabul qilgan Madinaning avs va hazraj qabilalarining a'zolari bo`lganlar) Mahdiy (arabcha Alloh tomonidan to`g`ri yo`lga yetaklovchi) — islomda zamona oxir bo`lganida kelib, yerda adolat o`rnatadi, deb ishonuvchi payg`ambar. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling