10-mavzu. Efiopiya zoogeografik hududi Reja


Download 203.32 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi203.32 Kb.
#1513334
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU 10. Efiopiya zoogeografik hududi


10-MAVZU. Efiopiya zoogeografik hududi
Reja:
1.Efiopiya hududining geografik o‘rni va tabiiy sharoiti
2.Efiopiya faunasiga umumiy tavsif
3.Sharqiy- G‘arbiy Afrika kenja hududi
4.Janubiy-Afrika yoki Kap kenja hududi
5.Efiopiya faunasining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari


Tayanch so‘zlar : Fauna, Efiopiya, Sharqiy-G‘arbiy Afrika, Janubiy Afrika, Kap, Madakaskar kenja xududlari.


Efiopiya hududining geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. Efiopiya hududi Afrika materigining katta qismini egallaydi. Bu hudud Saxaraning janubini, Arabiston yarim orolning janubiy-sharqini egallaydi. Hudud tarkibiga Skotra, Vozneseniya. , Shimoliy Yelena orollari ham kiradi. Shimolda hudud chegaralari tropik mintaqadan tashqariga chiqmaydi. Janubda esa bu chegaralar subtropik mintaqaga ancha kirib boradi. Afrika materigi ma’lum darajada ulkan shimoliy materik tarkibiga yaqin joylashgan bo‘lib, ayrim vaqtlarda uning hayotiy komponentlari mazkur materik bilan yaqin aloqada bo‘lgan.
Ayrim qarashlarga ko‘ra, Afrika, Yevropa O‘rta Yer dengiziga tomon siljigan va hozirgi holatiga kelib siljishdan to‘xtab qolgan. Bunday qarashlar Afrika va Yevro-Osiyo faunasining ma’lum daraja o‘xshashligi, o‘ziga xos xususiyatlarining hozirda ham mavjudligi bilan o‘z isbotini topadi. Uchlamchi davrda esa bunday o‘xshashliklar bu ikkala materik orasida yana ham ko‘proq bo‘lgan. Paleontologlar uchlamchi davrda Afrika faunasining Yevropaga bir necha bor migratsiya qilganligini aniqlaganlar. Xuddi shunday teskari migratsiya ham sodir bo‘lib turgan. Hozirda Afrikada uchraydigan qator tuyoqlilar uchlamchi davrda Yevropada va Hindistonda yashagan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar Afrika, Yevro-Osiyo va hatto Shimoliy Amerika faunalarining taqdiri oz muncha bo‘lsada, o‘zaro bog‘liqligidan dalolat beradi. Efiopiya faunasi qator belgilari bilan Indo-Malay hududi faunasiga ham o‘xshab ketadi.
Yuqorida qayd etilgan materiallar faunalar qadimda umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan, o‘zaro o‘xshash va ular tarixining ayrim jabhalaridagi o‘xshashliklar mazkur materiklar faunalari bir xildagi shakllanishga ega degan xulosani keltirib chiqarmaydi. Chunki bu materiklardagi faunalarning hozirgi holati va yig‘ilgan barcha ma’lumotlar ularning alohida faunistik hududlar ekanligini isbotlaydi.
Afrika materigi o‘zining geografik ixchamligi bilan xarakterlanadi. Uning relyefida ulkan yassi tog‘liklar joylashgan bo‘lib, ular dengiz sathidan ancha baland. Afrikaning tabiiy sharoiti uning relyefi va geografik joylashuvi bilan belgilanadi. Sharqda Efiopiya tog‘lari va Markaziy Afrikaning zanjirday tizilgan vulkanik tog‘lari, janubiy chekkasida Drakon tog‘lari, g‘arbida, Kamerun va Gvineya tepaliklari Efiopiyaning tabiiy sharoitini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Materik chegaralarida joylashgan mazkur tog‘lar nam dengiz shamollari uchun to‘siq bo‘lib hisoblanadi. Natijada materik markazida quruq tropik iqlim humkronlik qiladi. Materikning chekka janubiy qismi mo‘tadil iliq iqlimi (O‘rta Yer dengiziga xos iqlim tipi) bilan ajralib turadi.
Efiopiyaning katta qismini turli tipdagi savannalar (kam o‘rmonli, baland o‘tchil, quruq) egallagan. Quruq mavsumda yog‘in miqdoriga nisbatan bug‘lanadigan namlik miqdori ancha yuqori bo‘lib, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari esa aksincha holat kuzatiladi.
Daraxtlar issiqqa juda chidamli bo‘lishiga qaramasdan quruq mavsumlarda bargini to‘kadi. O‘rmonsiz savannalar asosan boshoqli o‘simliklar bilan qoplangan (fil o‘tlari). Daraxtlardan baobab, soyabonsimon shox-shabali akatsiya, moy palmasi va sutli daraxtsimonlar keng tarqalgan.
Nam ekvatorial yoki yomg‘irli hududlarda tarqalgan o‘rmonlar massivi Afrikaning g‘arbi va markaziy qismini egallaydi. Ular asosan Kongo daryosi bo‘ylab va Gvineya ko‘rfazining janubida joylashgan. Tog‘lik hududlarda asosan namgarchilikni yoqtiradigan (yog‘in miqdori kamida 2000 mm) issiq iqlimda o‘sadigan nam o‘rmonlar, daryo, vodiylarda esa galerey o‘rmonlari shakllangan.
Ekvatorial o‘rmonlarning o‘simliklar dunyosi turli-tuman va juda boy. 1 ga maydonada o‘rtacha 50-turdagi daraxtlarni uchratish mumkin. Bu joyda taxminan 600-turdagi daraxtlar uchraydi. Afrikaning nam o‘rmonlarida gulli o‘simliklarning umumiy tur soni 11-mingni tashkil etadi.
Efiopiya faunasini shimoldan ajratib turuvchi keng cho‘l zonasi mazkur hudud faunasining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Efiopiyaning ekologik sharoitida tipik nam tropik o‘rmonlar, o‘rmon dasht, dasht (buta va daraxt o‘simliklari bilan), janubiy-g‘arbida esa (Kalaxara) cho‘llar shakllangan.
Hududda ichki suv havzalari ham ancha serob.
Efiopiya hududi o‘ziga xos ekologik xususiyatlari bilan boshqa hududlardan joalib turadi. Hudud hududida kata maydonni egallagan cho‘llarning mavjudligi hayvonot olamida tubdan farq qiluvchi moslanishlarning shakllanishiga olib kelgan. Ayrim hayvon turlarining hududdagi ekstremal sharoitlarda yashay olish xususiyatlarini o‘rganish (jazirama issiq, namlikning yetishmasligi) ularning muhit sharoitlariga moslashish qonuniyatlarini ochishda muhim ahamiyatga ega.
Efiopiya hududining hayvonot dunyosi garchi tur tarkibi jihatidan O‘zbekiston hududida yashaydigan turlardan farq qilsada, ularning morfologik, fiziologik, etologik belgilarida bir qator o‘xshashliklar mavjud.
Geologik tarixi nuqtai-nazaridan ko‘pchilik faunalar u yoki bu darajada orol xarakteriga ega bo‘lsalar, Efiopiya faunasi esa haqiqiy qadimgi materik faunadir.



Download 203.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling