10-mavzu. Efiopiya zoogeografik hududi Reja


Efiopiya faunasining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari


Download 203.32 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi203.32 Kb.
#1513334
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU 10. Efiopiya zoogeografik hududi


Efiopiya faunasining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari


Efiopiya hududi faunasi keyingi 100 yillikda insonning turli-tuman ta’sirlaridan kuchli ziyon ko‘rdi. Ayniqsa, yirik tuyokli hayvonlarning soni sezilarli darajada kamaydi. Ayrim hududlarda ular butunlay yuqolib ketishdi. Endilikda Efiopiya faunasining nisbatan tipik vakillari yirik milliy bog‘larda muhofaza qilinadi.
Sirtlonlar oilasiga mansub bo‘lgan yer bo‘risi va qung‘ir sirtlon kabi juda kamayib ketgan turlar xalqaro muhofazaga olingan.
Shuni ta’kidlash lozimki, Janubiy-Amerika va Avstraliyaning ko‘pgina rayonlaridagi kabi Afrikada ham inson va hayvonot dunyosi yonma-yon yashab kelmoqda. Ular bir-birlariga halaqit berishmaydi. Bunday munosabatni ko‘pchilik hollarda mazkur rayonlarda aholi zichligining siyrakligi, ov samarasining pastligi bilan tushuntirishga harakat qilishadi. Aslida esa bu yerlik qabilalar o‘zlarini haddan ziyod ov qilishdan cheklab turishadi va bunga qat’iy amal qilishadi. Bunday o‘ziga xos ov xulqi hayvonot dunyosini muhofaza qilishda eng samarali usuldir.
Afrika faunasining antropogen o‘zgarish sabablaridan biri zamonaviy ovning hududga kirib kelishidir. Afrika materigida kelgindi ovchilarning faoliyatidan juda ko‘p hayvon turlari qirilib ketgan. Ular yirik tuyoklilar va yirtqichlarning asosiy "kushandasiga"aylanishgan. Buning oqibatida har yili chet mamlakatlarga 10 minglab jirafa, zebra, buyvol va sherlarning terilari yuborilgan. Fil suyaklari uchun ov qilish odatiy tusga aylanib qolgan.
O‘rmonlarning kesilishi ham faunaning kambag‘allashuviga sabab bo‘luvchi omillardan biridir. Ayniqsa Afrikaning qurg‘oqchil savannalarida chorvachilikning rivojlanishi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan omillardan biridir.
1930-yillarda yuz minglab (har yili 20-30 ming) yirik hayvonlar uyqu kasalligini bartaraf etish maqsadida qirib yuborilgan. Bunday ov Afrikaning Janubiy qismida amalga oshirilgan. Ammo bu kasallikni tarqatuvchisi se-se pashshasi boshqa mayda hayvonlar (qushlar va mayda sut emizuvchilar)ning qoni bilan oziqlanishi mazkur tadbirni barbod etgan. Ilmiy asoslanmagan bunday tadbir ko‘pchilik hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan xolos.
Mazkur hudud faunasining yoppasiga qirilib ketish hollari plantatsiyalarni tashkil etish faoliyati bilan ham bog‘liq. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bunday tozalash ishlari oqibatida minglab jirafalar, buyvollar, karkidonlar va antilopalar qirib yuborilgan.
Zamonaviy ov qurollari orqali hayvonlarni qirish, zoopark va hayvonlarni uyda saqlovchi kishilar uchun ovlash Afrika faunasiga jiddiy talofat yetkazgan.
Janubiy Afrika nisbatan ancha oldin qadimgi Yevropa kolonizatsiyasiga yuz tutgan hududdir. Shu sababli bu joyning faunasi tarkibi ancha o‘zgargan. Yirik tuyoqlilar (kavaggi) va ayrim antilopalar butunlay qirilgan, qolganlari shimolga siqib chiqarilgan (fillar, karkidonlar). SHerlar va strauslar ham o‘z areallaridan inson ta’sirida siqib chiqarilgan. Bunday ta’sirlar oqibati umurtqasizlar faunasida ham yaqqol seziladi. Qizig‘i shundaki bu yerda yashovchi koffr xonaki itlari yevropa xonaki itlari bilan chatishib yuqolib ketish arafasida turibdi.
Afrika faunasiga nafaqat hozirgi inson turi (Homo sapiens) balki uning ajdodi avstrolopiteklar ham u yoki bu darajada o‘zlarining ta’sirlarini o‘tkazishgan. Jumladan, Sharqiy va Janubiy Afrikada ko‘plab topilgan avstrolopiteklarning yashash joylari bundan dalolat beradi. Janubiy avstrolopiteklarni birinchi bo‘lib topgan Raymond A. Dart markaziy Transvaleda avstrolopiteklar qoldiqlari bilan birgalikda pavian, o‘rtacha va yirik antilopalarning skelet qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘lgan. Bu joydan mazkur hayvonlarni ov qilishda foydalanilgan bir necha turdagi qurollar ham topilgan. Avstrolopiteklar nisbatan kam bo‘lishgan. Shu sababli ular ekosistemadagi muvozanatni buzishga qodir emas edilar.
Afrikada yirik maydonlarni egallagan milliy bog‘lar anchagina. Shuni aytish lozimki, ba’zan milliy bog‘dagi hayvonlar sonini ham boshqarishga to‘g‘ri keladi. Fillar va yirik o‘txo‘r hayvonlar Afrikadagi ko‘pgina milliy bog‘larga zarar yetkaza boshlagan. Mazkur turlar sonining oshishi o‘simliklarning payxon bo‘lishiga, boshqa turdagi hayvonlar hayotining og‘irlashuviga sabab bo‘lgan. Natijada mahalliy davlat bu turlar sonini qisqartirish chora-tadbirlarini ko‘rgan.
Milliy bog‘lar uchun zarur mablag‘lar sayyohlar va boshqa qiziquvchilarni maxsus ov qilishga ruxsat berish hisobiga yig‘iladi. Bunday tadbirlarsiz milliy bog‘larni muhofaza qilishning imkoni yo‘q. Xuddi shunday zooparklar uchun hayvonlar yetishtirib berish asosida ham mablag‘ yig‘ish ko‘zda tutiladi.
Mixael va Berngard Grjimeklarning tadqiqotlarida aniqlanishicha, Serengeti dashtlaridagi milliy bog‘larning chegaralarini belgilashda milliy bog‘dagi hayvonlarning turli migratsiya qilish yo‘nalishlari va hududlarini ham hisobga olish lozim. Aks holda qo‘riqlanayotgan hududdan tashqariga migratsiya qiluvchi hayvonlarning yirik podalari turli sabablardan ko‘plab qirilib ketishlari kuzatilmoqda.



Download 203.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling