Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyundagi PQ-268-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, sport turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki: Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — olimpiya va paralimpiya markazlari) o‘rta va professional davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ularning faoliyati yuqori malakali mutaxassislar va sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yo‘naltiriladi; 2022/2023 o‘quv yilida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining o‘quvchi-sportchilari soni 750 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining o‘quvchi-sportchilari soni 600 nafarni tashkil etadi; 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining o‘quvchi-sportchilari soni 600 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining o‘quvchi-sportchilari soni 450 nafarni tashkil etadi; olimpiya va paralimpiya markazlarida o‘quvchi-sportchilar kontengenti va ular xodimlarini qisqartirish natijasida bo‘shab qoladigan budjet mablag‘lari ushbu markazlar sportchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va trenerlarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi; olimpiya va paralimpiya markazlarining Olimpiya va Paralimpiya kollejlari paralimpiya bo‘limlariga umumiy o‘quvchi-sportchilar soniga nisbatan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar belgilanadi; olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga sport turlari bo‘yicha qabul qilingan o‘quvchi-sportchilar olimpiya va paralimpiya markazlarini to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi ta’minlanadi; olimpiya va paralimpiya markazlarining o‘quvchi-sportchilari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi; olimpiya va paralimpiya markazlari psixologlari hamda tarbiyachilari Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning filiallarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bepul malaka oshiradi. 2. Quyidagilar: Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining professional ta’lim bosqichi bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o‘quvchi-sportchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 5-ilovaga muvofiq; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 6-ilovaga muvofiq; Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki: olimpiya va paralimpiya markazlari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida ishtirok etadi; Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchi-sportchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining 1-2-kurslarida ta’lim olayotgan sport turlari bo‘yicha respublika milliy terma jamoalari uchun asosiy nomzod bo‘lgan sportchi-o‘quvchilardan butlanadi; olimpiya va paralimpiya markazlari o‘quvchi-sportchilari uchun sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida tasdiqlangan sutkalik oziq-ovqat normasiga mos ravishda mablag‘ ajratiladi; xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga muvofiq olimpiya va paralimpiya markazlarining tajribali xodimlarini 2023-yildan boshlab chet davlatlarga yuborish amaliyoti joriy etiladi. Bunda xizmat safarlari xarajatlari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023/2024 o‘quv yiliga qadar: olimpiya va paralimpiya markazlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan respublikada ishlab chiqarilayotgan avtobus bilan ta’minlasin; olimpiya va paralimpiya markazlarida xo‘jalik xizmatlarini (eng avvalo ovqatlanish xizmatlarini) autsorsing asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘ysin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi: a) Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-fevralga qadar: Markazlarda umumiy o‘rta ta’lim va professional ta’lim jarayonining uzviyligini hamda sport mahoratini uzluksiz o‘stirishni ta’minlashni hisobga olgan holda kasbiy standart va malaka talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Markazlarda paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quvchilar tayyorlanishini inobatga olgan holda ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin; b) O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-martga qadar Markazlarda paralimpiya sport turlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish tartibi va baholash mezonlari hamda sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; v) 2023-yil 1-sentabrga qadar Markazlarning bino va inshootlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda mavjud sport inshootlarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi, kar va zaif eshituvchi hamda kar va soqov nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratsin; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda sport inshootlari mavjud bo‘lmagan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus sport inshootlarini qurish, ularni tegishli sport inventarlari bilan ta’minlash ishlarini 2023-yildan boshlab Investitsiya dasturlarida nazarda tutish yuzasidan taklif kiritsin. 7. Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 1-martga qadar Hukumatning “O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling