Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
psixologik tayyorgarlik — o‘quvchilarning sport tayyorgarligi o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishda va sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda ishtirok etish jarayonlariga psixo-fiziologik yondashuvlar asosida tashxislar va psixologik test-sinovlarini o‘tkazish, ularni psixologik jihatdan tayyorlash orqali amalga oshiriladi;
ko‘chirish (o‘tkazish) nazorat sinovlari — sport tayyorgarligi jarayonida belgilangan tartibda o‘quvchilarning yoshi va jismoniy imkoniyatlari hamda jismoniy holatiga ko‘ra umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasi ko‘rsatkichlari aniqlab boriladi, shu jumladan, ularning texnik-taktik tayyorgarligi mahoratiga baho beriladi; nazorat musobaqalarida ishtiroki — o‘quvchilarning tanlangan sport turi bo‘yicha sport tayyorgarligi o‘quv-mashq mashg‘ulotlari yuklamalarini o‘zlashtirish jarayonida nazorat musobaqalari orqali ularning sport mahoratini o‘zlashtirish va rivojlantirishga qaratiladi (soatlar setkasidan tashqari); yo‘riqchilik va hakamlik amaliyoti — trenerlik va hakamlik ishlariga keyinchalik jalb qilish uchun sport yo‘riqchilari va sport hakamlarining bilim va ko‘nikmalarini egallab olish maqsadida olib boriladi; musobaqalarda ishtirok etish — tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida Markazda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning hududiy, respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlari nazarda tutiladi; tiklanish tadbirlari — o‘quvchilarning sport tayyorgarligi jarayonida hordiq chiqarish, faol dam olishini ta’minlash maqsadida turli tiklanish va jarohatlanishning oldini olish tadbirlarini o‘z ichiga oladi; tibbiy nazorat — o‘quvchilarning o‘quv yili davomida kamida ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va sport musobaqalari oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini nazarda tutadi (soatlar setkasidan tashqari). 20. Ta’lim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish tasdiqlangan davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 21. O‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan Markazning 9-sinf bitiruvchilariga tayanch o‘rta ta’lim va 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, professional ta’lim darajasi bitiruvchilariga professional ta’lim bosqichini tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi. Vazirlik buyurtmasiga asosan Davlat namunasidagi shahodatnoma O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligidan, professional ta’lim to‘g‘risidagi diplom Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olinadi. 22. Markazda o‘qish, sport tayyorgarligi, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilar yashash sharoitlari, shuningdek, ularning ta’minoti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 23. Markaz o‘quvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida jami 60 kun davom etadigan, shu jumladan, qishki ta’til vaqtida (15 kun), yozgi ta’til vaqtida (45 kun) o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazgan holda o‘quvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi. O‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish bilan bog‘liq mablag‘lar Markazning yillik smetasi doirasida ajratiladi. 24. O‘quvchilar umumta’lim fanlarini o‘qitish bo‘yicha sinflarga, o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida guruhlarga, sport tayyorgarligi yo‘nalishlari bo‘yicha esa sport bo‘limlariga birlashadi. Markazda o‘quv sinflari (guruhlari)da o‘quvchilar soni quyidagicha belgilanadi: professional ta’lim bosqichida — kamida 12 nafar; umumiy o‘rta ta’lim bosqichida — 25 nafar; nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun — talabdan kelib chiqib 12 nafar. Zarur hollarda nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitish bo‘yicha talabdan kelib chiqib, Vazirlik ruxsati bilan guruhdagi o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lishi mumkin. 25. O‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat), imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar navbatdagi sinf (bosqich)ga Markaz direktorining buyrug‘i bilan o‘tkaziladi. Keyingi sinf (bosqich)ga shartli ravishda o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 26. Markaz o‘quvchilarining sport tayyorgarlik darajasi o‘sib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, o‘quv rejasida belgilangan fanlarni o‘zlashtirishi, o‘quvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishini, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida o‘quv yili davomida ikki marta attestatsiya o‘tkaziladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling