Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Markazga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish


Download 1.2 Mb.
bet15/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

Markazga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Markazga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida OAVda e’lon beradi.
2. Markazga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida Markazning Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytida e’lon qiladi.

Hujjatlarni qab�l qilish boshlanishidan kamida 10 kun oldin

2-bosqich

Ariza beruvchi
(o‘quvchining ota-onalari yo�i ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)

Markazga ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Qabul komissiyasi

1. Kirish imtihonlarining 1-bosqichini (umumiy jismoniy tayyorgarlik) o‘tkazadi.
2. Kirish imtihonlarining 2-bosqichini (maxsus jismoniy tayyorgarlik) o‘tkazadi.
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
4. Markazga o‘qish kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida qirq foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Tasdiqlangan jadval asosida

4-bosqich

Markaz direktori

Qabul komissiyasi qarori asosida o‘quvchi-sportchilarni Markazga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi va o‘quvchi-sportchilarning shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtiriladi.

Kirish imtihonlari tugagandan so‘ng 3 kun muddatda

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga
4-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining professional ta’lim bosqichi bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) olimpiya va paralimpiya kollejlari (keyingi o‘rinlarda — kollej) bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yakuniy davlat attestatsiyasi — bitiruvchilarning bilim, malaka va ulardan foydalanish ko‘nikmasi darajasini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash orqali bitiruvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasi va ularga kollejni tugatganligi to‘g‘risida diplom berish masalasini hal etuvchi ta’lim sifatini nazorat qilishning turi;
yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (komissiya) — tegishli mutaxassisliklar va kasblar bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish uchun kollej xodimlari, shuningdek, Oliy sport mahorati instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hamda oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlari, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat komissiya;
yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (attestatsiya sinovlari) — kollejning o‘quv rejasidagi mutaxassislik va maxsus fanlarning majmui.
3. Quyidagilar yakuniy davlat attestatsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
bitiruvchilarning tegishli fanlar bo‘yicha bilim va ulardan foydalanish ko‘nikmasi darajasini Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llash ko‘nikmalarini va kasbiy malakalarni shakllanganlik darajasini aniqlash.
4. Attestatsiya yakuni bo‘yicha bitiruvchiga Markazni tugatganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
2-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi
5. Komissiya a’zolari tarkibi kamida 5 kishidan iborat bo‘lib, uning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.
Komissiya a’zolari tarkibiga ish beruvchi tashkilotlar, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) vakillari jalb qilinadi.
Markaz direktori komissiya tarkibini shakllantirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
6. Komissiya raisi yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining, komissiya a’zolari esa Markaz direktorining buyrug‘i bilan ikki hafta oldin tayinlanadi.
7. Komissiya raisi Markazda ishlamayotgan mutaxassislardan bo‘lishi lozim. Bir shaxs ketma-ket bir Markazda ikki martadan ortiq komissiya raisi bo‘lishi mumkin emas.
8. Komissiya a’zosi kollej bitiruvchilariga o‘zaro yaqin qarindosh, basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Komissiya o‘z faoliyatini mazkur Nizom va bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
10. Yakuniy davlat attestatsiyasida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
11. Komissiya har yili yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish davridan boshlab keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
12. Markaz direktori va uning o‘rinbosarlari yakuniy davlat attestatsiyasini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishga hamda komissiyaning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga mas’ul hisoblanadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling