Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 1.2 Mb.
bet11/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

10-bob. Yakunlovchi qoida
59. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga
3-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish tartibini belgilaydi.
2. Markazga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Markazga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish
3. Markazga faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quvchi-sportchilar qabul qilinadilar, bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno.
4. O‘quvchi-sportchilar markazning Olimpiya maktablariga sportning olimpiya turlari bo‘yicha 5-sinfga va paralimpiya turlari bo‘yicha 10-sinfga qabul qilinadi.
Markazning 5-sinfiga sportning olimpiya turlari bo‘yicha sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport klublari yoki boshqa ta’lim muassasalarida sport sog‘lomlashtirish tayyorgarligidan o‘tgan o‘quvchi-sportchilar, 10-sinfiga paralimpiya turlari bo‘yicha tanlov asosida qabul qilinadilar.
Markazning professional ta’lim bosqichi 1-bosqichiga Markazning 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan o‘tgan, O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod razryadiga yoki O‘zbekiston sport ustasi, Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi unvoniga ega bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar o‘quv yili attestatsiya yakuniga ko‘ra Markaz direktorining buyrug‘iga asosan (sportning o‘yin turlari bundan mustasno), shuningdek, umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan o‘tgan, O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod razryadiga O‘zbekiston sport ustasi, Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi unvoniga ega bo‘lgan iqtidorli sportchilar tanlov asosida Markaz direktorining buyrug‘iga asosan qabul qilinadilar, sportning o‘yin turlari bundan mustasno;
sportning o‘yin turlari bo‘yicha Markazning professional ta’lim bosqichining 1-bosqichiga Markazning 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan o‘tgan, kamida birinchi sport razryadi ega bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar o‘quv yili attestatsiya yakuniga ko‘ra, shuningdek, umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan o‘tgan, kamida birinchi sport razryadi ega bo‘lgan iqtidorli sportchilar tanlov asosida Markaz direktorining buyrug‘iga asosan qabul qilinadilar.
5. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quvchi-sportchilar Markazning professional ta’lim bosqichining 1-bosqichiga IPC (Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi), IBSA (Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi) tibbiy-funksional talablari, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) xulosasiga asosan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi.
6. Markazda sport turlari bo‘yicha o‘quvchi-sportchilar kontingenti va qabul rejasi sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi.
7. Markazga o‘quvchi-sportchilar qabulini samarali tashkil qilish maqsadida ta’lim muassasasida qabul komissiyasi tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi tasdiqlanadi. Qabul komissiyasi a’zolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
8. Hujjatlarni qabul qilish, kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazish hamda kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini e’lon qilish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
9. Markazga o‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchi-sportchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
o‘quvchining ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan Markaz direktori nomiga ariza;
tibbiy ma’lumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyurografiya, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, yakka kurash turlari uchun umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi);
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport ta’lim muassasalari tomonidan berilgan yo‘llanma;
sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.
10. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha Markazga o‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchi-sportchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan markaz direktori nomiga ariza va yozma roziligi;
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK)ning xulosasi;
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining tavsiyanomasi.
11. Hujjatlar qabul komissiyasiga o‘qishga kiruvchi tomonidan shaxsan taqdim etiladi.
12. Mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda qabul komissiyasi o‘quvchi-sportchilarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling