5-bob. Olimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quvchining o‘qishini Markazlardan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish va o‘qishdan chetlashtirish
36. Markazning 1-bosqichi o‘quvchi-sportchisining o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish va 2-bosqichi o‘quvchi-sportchisini o‘qishdan chetlashtirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) o‘z xohishiga ko‘ra (ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning yozma arizasi asosida);
b) attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra;
v) tibbiy nomuvofiqlik bo‘lganda — shifokor xulosasiga ko‘ra;
d) paralimpiya sport turlari bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchi-sportchilarning IPC (Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi), IBSA (Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi) funksional-tibbiy sinflari talablariga mos kelmaganda;
e) o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablarni topshirmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qo‘llanilgan taqdirda-pedagogik kengashning qaroriga muvofiq.
Mazkur bandning “b”, “v” “g”, “d” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hollarda o‘quvchining o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishda yoki uni o‘qishdan chetlashtirishda o‘quvchi yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
37. O‘quvchi-sportchilar safidan chetlatilgan o‘quvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaz direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalariga taqdim etiladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
38. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |