10-mavzu. Efiopiya zoogeografik hududi Reja
Janubiy-Afrika yoki Kap kenja hududi
Download 203.32 Kb.
|
MAVZU 10. Efiopiya zoogeografik hududi
Janubiy-Afrika yoki Kap kenja hududiBu kenja hudud Afrika materigining janubiy qismini egallab o‘z tarkibiga turli landshaftlarni qamrab oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bu joyda cho‘l va yarim cho‘l landshaftlari dominantlik qiladi. Cho‘llar nisbatan ko‘p shakllangan hudud-suvsiz Kalaxaridir. Kap kenja hududi o‘simlik dunyosining o‘ziga xosligini uni alohida floristik hudud sifatida ajralishiga asos bo‘lgan. Zoogeografik nuqtai-nazardan esa bu hududni alohida hudud sifatida ajratishga asos yo‘q. Cho‘l va chala cho‘l hududlari Kalaxaridan tashqari Karru va Namibiyada keng tarqalgan bo‘lib, cho‘l o‘simliklari guruhi rivojlangan. Bu kenja hudud hayvonot dunyosining tarkibi va tuzilishi ekologik omillar ta’sirida shakllangan. Bu ekologik omillar cho‘l zonalari uchun xos bo‘lib, namlikning yetishmasligi, haroratning kuchli tebranishga egaligi, yorug‘likning yuqoriligi substratning o‘ziga xosligi va boshqalar. Kap kenja hududida sut emizuvchilarning qator turlari va avlodlari keng tarqalgan. Bu joyda oltin rang krotlar oilasining qator turlari uchraydi va uzun oyoqlilar oilasi vakillari uchraydi. Tuyoqlilar bu kenja hududga yaqinda kirib kelgan bo‘lib, subendemiklardan tashkil topgan turlardan iborat. Bular topi, bontbok, oqdumli gnu, kap oriksi, springbok kabi antilopalardir. Viverralar va kemiruvchilar orasida endemik avlodlar uchraydi. Endemik turlarga tog‘ zebrasi, burchellov zebrasi, qung‘ir giyena va qator boshqa hayvonlarni kiritish mumkin. Janubiy Afrikada materikning boshqa joylariga qaraganda asal darakchilari keng tarqalgan. Quruqlik toshbaqalari orasida bir nechta mayda turlari uchraydi (uzunligi 12 sm. gacha). Ular faqat mazkur kenja hudud hududida yashaydi. Ilonlar turli-tuman. Ular yer yuzasida va uya qazib yashashga moslashgan turlardan tashkil topgan. Bu kenja hududda Xenorus baqalari va tukli baqa uchraydi. Tor og‘izli baqalardan cho‘chka-baqa uya qazib yashashga moslashgan. Umurtqasizlar o‘ziga xos, turli-tuman. Bularga endemik solpuglar, chigirtkala (qanotsiz), bug‘u qung‘izlar (Chiastognathidae), birlamchi traxeyalilar (Protracheata)ni misol qilish mumkin. Download 203.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling