Mavzu Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari Reja: Cho‘l mintaqasining ekologik-geografik tavsifi


Download 201.94 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi201.94 Kb.
#1510883
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAVZU 4 . Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari

Mavzu 4. Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari

Reja:

1.Cho‘l mintaqasining ekologik-geografik tavsifi

2.Cho‘l - hayvonlarning yashash muhiti sifatida

3. Cho‘l mintaqasi faunasining tarkibi

4. Antropogen omillarning cho‘l mintaqasi hayvonot dunyosiga ta’siri va uning oqibatlari

Tayanch so‘zlar: Cho‘l, antropogen omillar, fauna, ekologik muhit, lanshaft, biotsenoz.


1. Cho‘l mintaqasining ekologik-geografik tavsifi. «Cho‘l, cho‘l zonasi, cho‘l hududi» tushunchalari hanuzgacha yetarli darajada to‘la va aniq ta’riflanmagan. Ammo ko‘pchilik olimlarning fikricha, cho‘l - turli-tuman tirik organizmlar tomonidan egallangan bo‘lib, nafaqat sodda tuzilishga ega bo‘lgan, balki yuksak o‘simliklar, sudralib yuruvchilar va yirik sut emizuvchilar yashaydigan o‘ziga xos yashash muhitidir. Cho‘lda inson ham yashaydi va faol faoliyat ko‘rsatadi. Cho‘llar shimoliy, janubiy va baland tog‘lik hududlarda joylashgan guruhlarga ajratiladi. Ular qayerda joylashganligidan qati nazar havo haroratining yuqori tebranishga egaligi, atmosfera yog‘inlari miqdorining kamligi (300 mm dan kam), havo namligining past ko‘rsatkichni egallashi, quyosh radiatsiyasining yuqoriligi va boshqa qator ekologik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
BMT ning 1977 yil Nayrob shahrida bo‘lib o‘tgan cho‘llashish muammolariga bag‘ishlangan konferensiya materiallarida cho‘llar- o‘simlik dunyosi siyrak yoki butunlay o‘simliklar uchramaydigan, biologik mahsuldorligi past bo‘lgan, atmosfera yog‘inlari kam tushadigan hudud sifatida ta’riflangan (Rozanov,1977).
Cho‘llar asosan tropik hamda mo‘tadil zonalar chegarasidagi qitalar markazining katta qismini egallaydi va yer planetasidagi qitalarning 23 % ini tashkil etadi.
Sharqiy yarim sharda cho‘llar Shimoliy Afrikadan boshlab (Saxara cho‘li) Arabiston orqali G‘arbiy Hindiston, O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo, Avstraliyaning markaziy qismini egallaydi. Janubiy Afrikada Kalaxara va Namib cho‘llari, G‘arbiy yarim sharda Atakama (Chili), Moxave va boshqa cho‘llar o‘rin olgan.
Qizilqum, Muyunqum, Ustyurt, Betpakdala, Mirzacho‘l va Qarshi kabi cho‘llar keng maydonlarni egallaydi. Substratning xususiyatlariga ko‘ra cho‘llar qumoq, gilli, sho‘rxok, toshloq va boshqa tiplarga ajratiladi. Cho‘l tiplari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin ular uchun umumiy bo‘lgan ekologik xususiyatlar xos.
Cho‘l sharoitida tirik organizmlar, jumladan hayvonot dunyosining hayoti juda og‘ir abiotik omillar ostida kechadi. Bunday sharoitda hayvonlarning hayoti uchun zarur bo‘lgan omillarning ko‘pchiligi pessimal darajada va hatto cheklovchi ko‘rsatkichda namoyon bo‘ladi.
Oqibatda bu yerning faunasida boshqa landshaftlarga qaraganda yaqqol ajralib turadigan morfofiziologik moslanishlar kuzatiladi. Cho‘l hayvonlarining ko‘pchiligi ekologik sharoitlarga mos ravishda kserofill va evriterm turlardan tashkil topgan. Shuni ta’kidlash lozimki, cho‘llardagi ekologik sharoitlar chala cho‘l va dasht zonalariga o‘xshab ketadi. Shu sababli, cho‘llarni chala cho‘l va dashtlardan anik ajratib turuvchi chegara yo‘q.
Cho‘lning paydo bo‘lish sabablari turli-tuman. Ammo bu sabablar markazida asosan bulutlar yo‘liga g‘ov bo‘luvchi to‘siklar turadi. Bunday to‘siqlar relyef bilan uzviy bog‘lik bo‘lib, asosan tog‘lardan tashkil topadi. Shuning natijasida bulutlar tog‘larda ushlanib qoladi va yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi, karama-qarshi tomonda esa quruk havo massasi hukmronlik qiladi va cho‘llar shakllanadi. Barcha cho‘llar uchun qurg‘oqchilik xarakterli, ammo uzoq muddatli, juda issiq sharoit hamma cho‘llar uchun ham xos emas. Jumladan, Takla-Makon va Gobi cho‘llari yoz oylarida ancha salqin bo‘lib, qishda bu yerda qattiq sovuq hamda bo‘ronli ob-havo hukmronlik qiladi. O‘rtacha kunlik harorat tebranishi ba’zi cho‘llarda 35°S ni tashkil etadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, cho‘llar orqali oqib o‘tuvchi daryolar kamdan-kam hollardagina dengizlarga quyiladi, ularning ko‘pchiligidagi suvlar cho‘lga singib ketadi. Bu jihatdan olganda, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga suv tashish qobiliyatining pasayganligi ham shundan dalolatdir.
Dunyodagi eng yirik cho‘l shimoliy Afrikadagi Saxara cho‘lidir. Uning maydoni 9 mln.km2, g‘arbdan sharqka qarab 7000 km.ga, shimoldan janubga qarab 2000 km.ga cho‘zilgan.

Download 201.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling