Mavzu Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari Reja: Cho‘l mintaqasining ekologik-geografik tavsifi


Cho‘l sharoitida yashovchi hayvonlarning issiq iqlim sharoitiga nisbatan moslanishlari. 1-sudralib yuruvchilar; 2-kemiruvchilar; 3-yirtqichlar


Download 201.94 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi201.94 Kb.
#1510883
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAVZU 4 . Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari

Cho‘l sharoitida yashovchi hayvonlarning issiq iqlim sharoitiga nisbatan moslanishlari. 1-sudralib yuruvchilar; 2-kemiruvchilar; 3-yirtqichlar
Bunday moslanishlar tanadagi ortiqcha issiqlikni ajratishga qaratilgandir. Yirik sut emizuvchilar, masalan antilopalarda bunday hodisa terlash va nafas olishning tezlashuvi orqali yuz beradi va mazkur fiziologik holatlarni oshirish tufayli suvni bug‘latib tana sovutiladi. Qushlar va ko‘pchilik sudralib yuruvchilar suvni ko‘proq bug‘latishga, og‘izlarni keng ochish va tez-tez nafas olish orqali erishishadi.
Ko‘pchilik sut emizuvchilarning quloqlari katta, oyoklari uzun bo‘ladi. Bu qonuniyat Allen qoidasida o‘z ifodasini topgan, ya’ni nisbatan issiq hududlarda yashovchi hayvonlarda tananing bo‘rtib chiqqan qismlari jumladan, quloqlar, dum va oyoklar sovuq hududda yashovchi hayvonlarga qaraganda katta va uzun bo‘ladi. Masalan, kap tovushqoni, fenek tulkisi, pakana tulki kabi turlarning quloqlari ancha katta bo‘lib ular «sovutish sistemasi» rolini bajaradi.
Ayrim umurtqali hayvonlar issiqlikka juda chidamli bo‘lishadi. Yuqori kritik harorat kaltakesaklar uchun 40-4b°S, ilonlar uchun 38-42°S, qushlar uchun 43-46° S, sut emizuvchilar uchun 39-44°S da tebranadi. Cho‘lda harorat bundan ham yuqori bo‘ladi, natijada mazkur turlar issiqqa nisbatan turli moslanishlar hosil qiladi. Ayrimlari yer ostida yozgi uyquga ketishsa, ayrimlari turli soya tushgan yoriqlarga kirib ketishadi. Hasharotlar yozni tuxum yoki g‘umbak holatida o‘tkazishga moslashgan bo‘lishadi. Bunday moslashish tuxum va g‘umbakning lichinka yoki voyaga yetgan hasharotga nisbatan issiqlikka chidamliligi bilan tushuntiriladi.
Ko‘pchilik sudralib yuruvchilar quyosh nurlaridan himoyalanish maqsadida qumga ko‘milib olishadi (urchuqsimoi ssink, qum bo‘g‘ma ilonchasi, oddiy ssink va boshqalar). O‘rta Osiyoda yashaydigan ko‘pchilik sudralib yuruvchilar issiq va quyoshning o‘tkir nurlaridan himoyalanish maksadida sut emizuvchi hayvonlar qazigan uyalardan boshpana qidirishsa, ayrimlari (o‘qilon, dasht agamasi va boshqalar) buta va past daraxtlar ustiga chiqib olishadi. Cho‘lda yashaydigan hayvonlarda o‘ziga xos oyoq panjalari shakllangan bo‘lib, bu hol ularning qumli cho‘llarda tez va yengil harakatlanishini ta’minlaydi.
Landshaftlar ichida cho‘l o‘zining qadimiyligi bilan ajralib turadi. Bunday zonada endemik turlarning va avlodlarning anchagina salmoqli darajani egallashi ham buning isbotidir (Orol baqra balig‘i, turkiston agamasi, xo‘jasavdogar, ingichka barmoqli qo‘shoyoq va boshqalar).
O‘simliklar qoplamida yarustlilikning deyarli yo‘qligi sababli hayvonlar asosan yer ustida, qumloq cho‘llarda, ba’zan yer ostida hayot kechirishadi. Solishtirib tahlil qiladigan bo‘lsak, MDH hududida joylashagan cho‘llar faunasi dashtlar faunasiga qaraganda ancha boyligi bilan xarakterlanadi.
Qadimiy landshaft bo‘lishiga qaramasdan cho‘l biotsenozlari nisbatan tez o‘zgaradi va uzoq muddatda qayta tiklanadi. Inson tomonidan tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilish oqibatida cho‘l landshaftini tezda o‘zgartirib yuborish mumkin. Bu jihatdan olganda, undagi hayvonot dunyosini qisqa muddatda boy berib qo‘yish shubhasizdir. Bahor oylarida cho‘lda hayvonot dunyosining ko‘payishi, oziqlanishi, oziqa yig‘ishi, energiya jamg‘arishi kabi faoliyatlari juda kuchayib ketadi. Bu davrda ularning barchasida hayotiy faoliyatlar jadallashadi. Cho‘l hayvonlarida dasht hayvonlariga qaraganda migratsiya kuchsiz namoyon bo‘ladi. Bunday migratsiyalar cho‘l zonasida ko‘pincha qushlar olamida kuzatiladi. Ular yilning noqulay davrlarida cho‘l chegarasidan tashqariga mngratsiya qiladi.
Ko‘pgina cho‘l hayvonlari uchun tungi aktivlik xarakterlidir. Bunday aktivlik ayniqsa yoz oylarida haroratning maksimal darajasini egallashi bilan tushuntiriladi. Kunduz kunlari esa ular soya joylardagi boshpanalariga kirib issiqdan himoyalanishadi. Ayniksa oziqlanish, suv qidirish bilan bog‘liq faollik ularning chaqqon harakatlarida yaqqol seziladi. Bunday harakatlar hayvonlarning issiqdan himoyalanishlarida, shu bilan birga ochiq maydonlarda dushmandan himoyalanishda ancha qulayliklar tug‘diradi (qo‘shoyoqlar, ingichka barmoqli yumronqoziq, kaltakesaklar, qulon, jayron, bulduruq va boshqalar).
Katta qumsichqonning uyasida 300 ga yaqin turdagi hayvonlarning yashashi qayd etilgan. Hatto to‘rg‘aylar yozgi issiqdan saqlanish maqsadida kemiruvchilarning uyasidan boshpana sifatida foydalanishadi. Ko‘pchilik turlarning bunday uyalarda yashashi ularning nafaqat issiqdan balki dushmanlardan himoyalanishida ham muhimdir.
Ko‘kbuzdoq, hind chumchug‘i kabi qushlar bunday uyalarni o‘zlari ham qurishadi va jo‘ja ochishda ulardan foydalanishadi.
Hayvonlarning tashqi muhitga moslashishlarining bir usuli-maskirovkadir. Cho‘lda ko‘pchilik hayvonlar rangi tashqi muhit rangiga mos ya’ni sarg‘imtir kulrang tusda bo‘ladi. Bunday tus ularni dushmanlardan himoya qilishda va ov qilishlarida ancha qulayliklar yaratadi.
Qumli cho‘llarda hayvonlarning harakat organlarida o‘ziga xos o‘zgarishlar namoyon bo‘lgan. Ingichka barmoqli yumronqoziq, paxmoq oyoqli qo‘shoyoq va putorak yerqazarining panjalarida uzun dag‘al qillar mavjuddir. Ayrim sudralib yuruvchilarda (taroq barmoqli gekkon, yumaloqboshlar) va qo‘ng‘izlar panjalarida shox va xitindan tashkil topgan o‘simtalar shakllangan. Bunday moslanishlar ularning sirg‘anchiq qumda harakatlanishini yengillashtiradi. Ko‘pchilik qumda harakatlanuvchi sudralib yuruvchilarning ko‘zlari va burun teshiklari boshining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, hayvonning qumga ko‘milgan holda atrofni kuzatishini ta’minlaydi. Ayrim yumaloqboshlar, charxilon, qum bo‘g‘ma ilonchasi kabi turlar qisqa vaqtda qumga ko‘mila olish qobiliyatiga egadirlar.



Download 201.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling