Mavzu Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari Reja: Cho‘l mintaqasining ekologik-geografik tavsifi
Cho‘l mintaqasi faunasining tarkibi
Download 201.94 Kb.
|
MAVZU 4 . Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari
3. Cho‘l mintaqasi faunasining tarkibiCho‘l faunasi tarkibi cho‘l sharoitlariga yuqori darajada muvofiqlashgan, adaptatsiyalashgan turlar bilan bir qatorda, ancha keyin dasht zonasidan cho‘l zonasiga ko‘chib o‘tgan (dasht qora iloni, tez kaltakesagi, dasht burguti, bir necha turdagi to‘rg‘aylar, kichik yumronqoziq, ko‘rsichqon, sayg‘oq) turlardan tashkil topgan. Cho‘l zonasida yashaydigan hayvonlar yuqori ekologik valentlikka ega bo‘lishadi (bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quzg‘un va boshqalar). Ayrim sinantrop turlar (uy sichqoni, uy chumchug‘i) hamda hayoti suv havzalari bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim turlar ham cho‘l landshaftlaridan makon topishlari mumkin. Qumloq cho‘l tiplari asosan bo‘g‘imoyoklilarga ancha boy bo‘lishadi (chumolilar, qora qo‘ng‘izlar, uzun tumshuqlilar, bo‘xcha qo‘ng‘izlar). O‘rgimchaksimonlardan falangalar, haqiqiy o‘rgimchaklar, chayonlar keng tarqalishadi. Boshqa umurtqalilar guruhlariga qaraganda sudralib yuruvchilar keng tarqalishga ega. Ularning ko‘pchiligi endemik yoki Palearktika cho‘llari uchungina xos. Ayrimlari faqat orol-kaspiy cho‘llari uchungina xos (dasht baqasi, kulrang ssink, taroq barmoqli va boshqa qator gekkonlar, dasht va kavkaz agamalari, quloqli va qum yumaloqboshlari, kulrang echkiemar, qum charx iloni, qum bo‘g‘ma ilonchasi, o‘qilon, chipor ilonlar va boshqalar). Cho‘llar uchun qushlar faunasining kambag‘al bo‘lishi xarakterlidir. Shunday bo‘lishiga qaramay bu guruh orasida ham aynan cho‘llar uchungina xos bo‘lgan endemiklar uchrab turadi (xo‘jasavdogar, cho‘l va saksovul chumchuqlari, cho‘l moyquti, oq va qora bovurlar va boshqalar). Cho‘l zonasida kamdan-kam uchrovchi ko‘llarda va daryolarda suv va suv oldi qushlarini uchratish (jingalak va pushti birqozonlar, kichik qoravoy, qizil g‘oz, kichik oq va katta oq qarqaralar, qoshiqburun, marmar o‘rdak, uzundumli burgut va boshqalar). Sut emizuvchilardan putorak yerqazari, shalpangquloq tipratikan, sariq va ingichka barmoqli yumronqoziq, kichik, paxmoq oyoqli va taroq barmoqli qo‘shoyoqlar, qizil dumli katta qumsichqon, jayron, qulon, yovvoyi mushuklarning bir necha turlari (qoraqulok, manul, barxan mushugi, gepard), chiya bo‘ri, tulki, bo‘ri va boshqalar Markaziy Osiyo cho‘llarida keng tarqalgan. Cho‘llar bo‘yicha tahlil etganda, qumli cho‘l tipi faunasi toksonomik va ekologik xilma-xilligi bo‘yicha boshqa tipdagi faunalariga qaraganda ancha ustun turadi. Bu tipdagi cho‘llarda ayniqsa sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar va bo‘g‘imoyeqlilarning xilma-xilligi nisbatan yuqori. Hayvonlar guruhining zichligi ham ancha katta. Gilli cho‘llarda esa fauna biroz kambag‘al. Mazkur cho‘llarda hasharotlarning kamligi ular bilan oziqlanuvchi sudralib yuruvchilarning ham kamayishiga olib keladi. Toshloq va sho‘rxok cho‘llarda hayotiy jarayonlar kechishi uchun qulay sharoitlarning kamligi sababli mazkur cho‘llar faunasi boshqalarga nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi. Cho‘l biotsenozlarida fauna tarkibining ancha kambag‘alligi va zichligining pastligi yaqqol seziladi. Ma’lumki, turlar soni kambag‘al bo‘lgan har qanday biotsenoz tarkibida sodir bo‘ladigan turli-tuman kichik o‘zgarishlar ham butun fauna tarkibida yirik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bunday xususiyat cho‘l faunasi uchun xosdir. Turlarning bir-birlari bilan trofik aloqalarini juda yaqindan namoyon bo‘lishi, oziqa spektrining juda torligi mazkur o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, antropogen kelib chiqishga ega bo‘lgan har kanday o‘zgarishlar cho‘l faunasi tarkibini o‘zgartiruvchi asosiy omilga aylanib qolmoqda. Download 201.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling