Xos xususiyatlari


Download 0.78 Mb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1419387
  1   2   3
Bog'liq
9-ma\'ruza. Qum sahrolarida yo‘llarni loyihalashning o‘ziga hos xususiyatlari (1)


9-MAVZU.
QUM SAHROLARIDA YO’LLARNI LOYIHALASHNING O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI

Reja:
1. Ko’chma qumli yerlarda yo’llarni loyihalash.


2. Oddiy va murakkab shamollar chambaragi.
3. Yo’l o’q chizig’ini o’tkazish.
4. Qumli joylarda ko’tarma va o’ymalarda yo’l poyini loyihalash.
5. Yo’l atrofidagi qumlarni mustahkamlash


Tayanch so’z va iboralar: barxan qumlari, jo’yakli qumlar, barxan zanjirlari, shamol chambaragi, himoya qatlami, himoya shitlar.

Qum sahrolari iqlimi va relefining xususiyatlari yo’llar qurish va ulardan foydalanish sharoitlarini murakkablashtirib yuboradi. Qum sahrolarining relefi noturg’un. Yer sirtida shamolning tezligi qancha katta bo’lsa, u yirik zarralarni shu qadar ko’proq uchiradi. Shamol-qum oqimi qumli relefning notekisliklaridan o’tganida oqim harakati tezliklarining mahalliy ortish uchastkalari, uyurmalanish uchastkalari va tinchlik uchastkalari hosil bo’ladi. Uyurmalanish zonasida qum uchib ketadi, tinchlik zonasida esa o’tiradi (9.1-jadval).
9.1-jadval

Qumlar

Shamol tezligi, m/s

Uchiriladigan zarralar diametri, mm

mayin

0,25

0,07

mayda

2,0

0,15

o’rtacha

5,0

0,35

yirik

7,5

0,75

dag’al

11,5

1,5

Qum zarralarining shamol yo’nalishida ko’chishi sirtqi qatlamlarning mayda to’lqinlar ko’rinishida umumiy harakatlanishini keltirib chiqaradi. Qum zarralari qum tepaliklarining yonbag’irlari bo’yicha asta-sekin ko’tarilib, tepalik cho’qqisidan o’tganidan keyin dumalaydi va tinchlik zonasida shamolga teskari tomondan o’tiradi. Buning natijasida qum tepaliklari asta-sekin shamol yo’nalishi bo’yicha ko’chadi. Bunday qumlar harakatchan qumlar deb ataladi. Qum do’ngliklarining ko’chish tezligi ular balandlashgan sari kamayadi.


9.1-rasm. Odatdagi qum yotqiziqlarining aerofotosuratlari:
a-barxanli qumlar (300 m balandlikdan olingan surat); б-barxanli qumlar (3000 m balandlikdan olingan surat); v-jo’yakli qumlar.
Qum sahrolarining shamol ta’sirida hosil bo’lgan quyidagi o’ziga xos shakllari farq qilinadi: barxanlar, barxan zanjirlari, qum jo’yaklari, qum do’ngliklari. Relefning hosil bo’lgan har qaysi shakli qumlarning hukmron (asosiy) shamollar kuchi va yo’nalishi bilan ko’chish sharoitlariga bog’liq. Barxanlar (qum tepalar) deb (9.1-rasm a) balandligi 3...5 m gacha etadigan va undan ortiq bo’lgan, kengligi 100 m gachabo’lgan yakka-yakka yoki guruh-guruh bo’lib joylashgan qum tepaliklariga aytiladi, ularning shakli planda oy o’rog’i shaklida bo’lib, shamol yo’nalishi bo’yicha cho’zilgan shoxlarga egadir. Shamol urib turadigan qiyalama yonbag’ir qumning yirikligiga qarab 1:3-1:5 tiklikda bo’ladi, shamolga teskari tomondan qumning tabiiy qiyaligiga mos keladi (1:1...1:1,5).
Relefning bu shakli eng noturg’un bo’lib, shamol ta’siriga oson beriladi. Yakka barxanlar sochiluvchan qumlarning chetlarida, yalang’och va tekis taqirlarda hamda, kelayotgan qum miqdori nisbatan ko’p bo’lmaganida, sho’rxoklik sirtlarida hosil bo’ladi. Hukmron shamollar yil davomida o’zining asosiy yo’nalishini ikki marta o’zgartiradigan (masalan, qishda bir tomonga, yozda esa qarama-qarshi tomonga esadi) hududlarda ko’chma qum massivlarida barxan zanjirlari (9.1-rasm,b) hosil bo’ladi, bular shamol yo’nalishiga tik joylashadi. Ularning tepa qismidagi kengligi 10...12 m va undan ortiq hamda uzunligi 2 km gacha bo’ladi. Katta barxan zanjirlarining balandligi 10...15 m ga etishi mumkin. Barxan zanjirlarining balandligiga qarab, ularning o’rkachlari orasidagi masofa 10…15 dan 150 m gacha bo’ladi. Katta murakkab barxan tizmalari (dovonlari) ning uzunligi 0,5 dan bir necha kilometrgacha va balandligi 100 m gacha etib, 1,5...3,5 km oralatib joylashgan bo’ladi.Bir-biriga nisbatan burchak hosil qilib, mavsumiy o’zgaradigan shamollarda hosil bo’ladigan jo’yak qumlar (9.1-rasm, v) faol shamollarning teng ta’sir etuvchisiga parallel ravishda 2...3 m gacha cho’ziladi, bir-biridan taxminan bir xil 150...200 m masofada turadi.Qum jo’yaklari (tizimlari) qumli relefning oxirgi cho’zilgan shakli bo’lib, bunda barxan zanjirlari shunday balandlikka etadiki, shamol o’z yo’nalishini bir marta o’zgartirganida jo’yaklarning faqat faqatgi qisminigina qayta tuzishga ulgiradi; ilgarilama yoki tebranma-ilgarilama harakatlar to’xtaydi. Shamollar perpendikulyar yo’nalganida katakli barxan qumlari hosil bo’lib, ular o’rtasida tutashtiruvchi zanjirlar bo’ladi.
O’simliklar bilan mustahkamlangan, nomuntazam ko’rinishli uncha baland bo’lmagan qum tepaliklari do’ng qumlar deb ataladi. Ularning balandligi 6…8 m dan oshmaydi, yonbag’irlarining tikligi hamma yo’nalishlarda deyarli bir xil bo’ladi. Sochiluvchan qumlarning relefini tavsiflash uchun qidiruvlarda aerofotosuratlar va aviatsiya razvedkasidan foydalanish qulaydir.
Qumlarning harakatchanligi shamol tezligiga, qumning granulometrik tarkibiga, uning namligi va sho’rlanganligiga, qum sirtining o’simliklar bilan mustahkamlanganlik darajasiga bog’liq (9.2-jadval).
Yuzasining 35...40% dan ortig’i o’simliklar bilan qoplangan, o’simlik o’sgan qumlarning relefi stabillashgan shaklda bo’ladi. Biroq qurilish vaqtida yoki yo’ldan keyinchalik foydalanishda o’simliklar yo’qotilganida ular yana harakatchan bo’lib qoladi. O’simliklar bilan mustahkamlangan relefli uchastkalarda yo’lni o’simliklar maksimal saqlanib qoladigan va rezervlar qazimasdan, tashib keltiriladigan gruntdan minimal balandlikda ko’tariladigan ko’tarmalarda, tabiiy relefni maksimal saqlanib qoladigan qilib loyihalash lozim.
9.2-jadval

Yuzaning o’simlik bilan qoplanish darajasi

O’simlik bilan qoplangan maydon,%

Qumlarning harakatchanlik darajasi

o’simlik qoplamagan

5 dan kam

juda harakatchan

kam qoplagan

5. . .15

harakatchan

yarim qoplagan

15. . .35

kam harakatchan

o’simlik qoplagan

35 dan ortiq

harakatsiz

Harakatchan qumlar zonasida yo’llarni loyihalashda qumli relef shaklining noturg’unligi asosiy qiyinchiliklarni tug’diradi. Ko’chiriladigan qum miqdori shamolning energiyasiga bog’liq bo’lib, bu energiya shamol tezligining kvadratiga mutanosibdir. Shuning uchun qumlarning ko’chirilish sharoitlarini baholashda «energiya gullarini» yoki «shamollarning dinamik gullarini» tahlil qilish katta foyda berishi mumkin. Ularni yasash uchun har qaysi rumb bo’yicha shamollar tezliklari kvadratlarining ularning qum ko’chirilishi sodir bo’ladigan davrlardagi takrorlanuvchanlik chastotasiga ko’paytmalarining yig’indisi olib qo’yiladi (9.2-rasm). Qum nam bilan bog’langan yoki qor bilan qoplangan vaqt hisobga olinmaydi. Shamollarning dinamik gullari yo’lni qum bosuvchanligini baholashda va yo’lni qum bosishdan himoya qilish tadbirlarini tanlashda ayniqsa samaralidir. Bir yilda 1 m yo’lga 20...30 m3 qum kelib tushadigan yo’llar qum ko’p bosadigan yo’llar, 10 m3 dan kam qum kelib tushadigan yo’llar qum kam bosadigan yo’llar deb hisoblanadi.

9.2-rasm. Shamollar yo’nalishi.
a-odatdagi; b-dinamik.
Qumlarning harakatlanishida quyidagi rejimlar bo’lishi mumkin: ilgarilama harakat, bunda yil davomida bir yo’nalishdagi shamollar qolgan yo’nalishdagi shamollardan ustunlik qiladi;

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling