Xos xususiyatlari


Download 0.78 Mb.
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1419387
1   2   3
Bog'liq
9-ma\'ruza. Qum sahrolarida yo‘llarni loyihalashning o‘ziga hos xususiyatlari (1)

-tebranma harakat, bunda shamollarning yozgi va qishki ta’sirlari muvozanatlashadi va barxan zanjirlari, o’z qiyofasini davriy ravishda o’zgartirib, joyida qoladi;
-ilgarilama-tebranma harakat, bunda barxan zanjirlari davriy ravishda cheklanib, bir yo’nalishda siljib, qumlarning bir yo’nalishdagi ko’chishi boshqa yo’nalishdagiga qaraganda kamroq bo’ladi. Sahrolarda qumlarning harakati haqidagi masala yaxshi o’rganilgan va qumlarning harakatlanish xaritalari bor.
Yo’llarni loyihalashda qumlar ilgarilama ko’chadigan hududlarda eng katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. qum sirti relefining harakatchanligi sababli, trassaning qidiruvlarda olingan belgilari qurilish boshlab yuborilgan paytga kelib o’zgargan bo’lib chiqadi, buni ishchi loyihalashida nazarda tutilishi kerak.
Sahrolarda yo’l-qurilish ishlari rejasini tuzishda, shuningdek, foydalanish xizmatining ishini yo’lga qo’yishda, keskin kontinental iqlimni, suv yo’qligini va aholi kam yashashini hisobga olish kerak.
Yo’llarni o’tkazishda, hatto bu yo’lning biroz uzayishi bilan bog’liq bo’lsa ham, iloji boricha harakatchan qum uchastkalaridan foydalanmaslik zarur. Taqirlardan foydalanishga intilish kerak, taqirlarda qum to’xtamasdan o’tib ketadi. O’simliklar bilan mustahkamlangan qumlarda trassani davom ettirish uchun eng qulayi relefning uncha bo’linib-bo’linib ketmagan shaklidir.
Qum kam bosishi nuqtai nazaridan qum relefi elementlariga perpendikulyar yo’nalgan yo’l qismi eng qulaydir. Birinchi holda yo’lni eol relefi jo’yaklarining bo’ylama o’qiga 300 burchak ostida yo’nalgan shamollar keltiradigan qum bosadi. Bu shamollar kamdan-kam va ustun yo’nalishdagi shamollarga qaraganda qisqa muddatli bo’ladi. Yo’lni relefning harakatchan shakllariga parallel o’tkazilganda u faqat darajada qum bosish ta’sirida bo’ladi, shuning uchun ajratish tasmasiga yaqin barxan zanjirlari shamol uradigan yonba\irlarida mexaniq himoyalanib, mustahkamlanishi kerak. Barxanlar, qum jo’yaklari va zanjirlarini kesib o’tishda, zarurat bo’lganida o’ymalar qazish va baland ko’tarmalar qilishdan qo’rqmasdan, eng past joylarni tanlash tavsiya etiladi. Yo’l o’q chizig’ini relefning yaqinlashib kelayotgan shakllaridan maksimal ravishda uzoqlashtirib, ularning mustahkamlanishini va mustahkamlanishlarning bir qismini olib tashlab, qumni yo’l orqali o’tkazib yuborishni amalga oshirish imkoniyatlarini ko’zda tutish kerak. Barxan qumlarida yoki qum jo’yaklarida trassani barxanlar oralig’idagi nul belgili past joylarda o’tkazish yoki zanjirlarning biridan yo’l poyi qurish uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yo’l poyini relefning qum elementli yonbag’irlarida joylashtirish hamma vaqt murakkab mustahkamlash ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’ladi va odatda bu ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Yo’l o’qini jo’yaklar va barxanlardan kamida ularning ikki karrali balandligi qadar uzoqlashtiriladi. Asosiy shamol yo’nalishlariga amal qilib, jo’yaklarning qaysi tomoniga yo’lni eng xavfsiz yaqinlashtirish mumkinligini aniqlash mumkin.
Yo’lning yo’l poyi ishchi belgisi 0,5...0,6 m va yon bag’ri esa 1:4...1:5 qiyalama nishabli uncha baland bo’lmagan ko’tarmali qilib loyihalanadi. Chuqurligi 0,2 m gacha bo’lgan sayoz rezervlar shamolga ro’para tomondan joylashtiriladi. qum tizimlari yoki barxanlar orasidagi pastliklardan o’tgan balandligi 1 m dan ortiq ko’tarmalarni yo’lning shamolga teskari tomonidan ko’pi bilan 50 m yaqin joylashgan kengaytiriladigan o’ymalardan yoki karyerlardan olinadigan qumlardan foydalanishni ko’zda tutib loyihalanishi zarur. Ko’tarmalarga mayda barxan qumi to’kilganida qiyaliklar 1:2 tiklikda yotqiziladi. Yo’l poyi ustiga va uning qiyaliklariga 10...20 sm qalinlikda bog’langan grunt qatlamlari yotqiziladi, ular qumni uchirilib ketishdan va unga yo’l qoplamasining tosh materiallari kirib qolishdan saqlaydi (9.3-rasm). Xuddi shu maqsadda sement va bitum bilan maщkamlangan, 10 sm qatlamli qilib yotqiziladigan gruntdan foydalanish mumkin.

9.3-rasm. Shamol uchirib keladigan ko’chma qumlar zonasida yo’l poyini mustahkamlash.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling