Ozon qatlami nima?
Download 18.65 Kb.
|
ozon qatlami
- Bu sahifa navigatsiya:
- U nima uchun kerak
Ona sayyoramizni oʻrab turgan va bizni Quyoshning zararli nurlaridan himoya qilib kelayotgan Ozon qatlami haqida eshitgansiz. Biz ozon qatlamini koʻrmaymiz, qanday qilib u bizni himoya qilishi mumkin, deyapsizmi? Keling, bu haqida batafsilroq bilib olaylik. Ozon qatlami nima? Siz oftob uribdi, degan iborani bilasiz. Ayrim odamlar, ayniqsa, terisi nozik boʻlganlar quyoshda birozgina yurishsa ham darrov terilari qizarib, achisha boshlaydi. Uzoq vaqt quyosh ostida yurish esa koʻngil aynishi, bosh aylanishi, behushlik kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Quyoshning salbiy nurlaridan himoyalanish uchun biz yozda quyoshga qarshi krem va qora koʻzoynaklardan foydalanamiz. Ona sayyoramiz ham biz kabi quyoshdan himoyalanish uchun shunday maxsus “Krem” va “Koʻzoynak”dan foydalanadi. Biz buni Ozon qatlami deb ataymiz. “Ozone” grekchada oʻtkir hidli gaz degan maʼnoni anglatadi. Keling, yaxshisi Ozon qatlamiga sayohatni boshlaymiz. Biz yuqorida bir necha kilometrlik masofani bosib oʻtmoqdamiz – mana biz stratosferadamiz. I-ya-a, Ozon qatlami qani? Siz ham uni koʻrolmaysiz. Gap shundaki, Ozon qatlami yerni oʻrab turuvchi koʻrinmas gazlardan tashkil topgan U nima uchun kerak? Dunyoda 9 ta sayyora mavjud. Ammo, ularning birortasida yerdagidek hayot yoʻq. Nimaga? Chunki Quyoshga yaqin sayyoralar issiq, uzoqdagilari esa juda sovuq. Unday boʻlsa, nima sababdan Yerga juda yaqin joylashgan Oyda ham hayot mavjud emas? Chunki oyda va boshqa sayyoralarda Ozon qatlami mavjud emas. Demak, Ozon qatlami yerda haroratning bir maromda boʻlishini va tiriklikni taʼminlab beruvchi muhim omildir. Quyosh haroratini yer sovuq muzliklarga aylangan boʻlar edi. Qolaversa, inson salomatligi uchun muhim boʻlgan D vitamini ham quyosh nurlarida mujassam. Ammo Quyoshdan chiquvchi ultrabinafsha nurlar ham borki, ular quyoshda kuyish, teri saratoni, turli koʻz kasalliklari, koʻrlik, oʻsimliklarning nobud boʻlishi, turli oʻrmon yongʻinlarining kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Ammo, insonlar tomonidan foydalaniladigan zararli moddalar mavjudki, u ozon qatlamining yemirilishiga, teshilishiga va ozon tuynugi hosil boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Savol tugʻiladi? Biz bu moddani zararli moddalarni ishlatmasak boʻlmaydimi modda muzlatgich, havo sovutgichlarda, koʻpikli mahsulotlar ishlab chiqarishda, oʻt oʻchiruvchi moslamalarda hamda xalq xoʻjaligida hasharotlarga qarshi kurashuvchi ishlatishimiz natijasida ozon qatlamining. afsuski, bu moddalar ozon qatlmining yupqalashishi va yemirilishiga sabab boʻlmoqda. Ammo bunday moddalar taʼsirida allaqachon Ozon qatlamida tuynuk hosil boʻlgan. Agar Yer sharini tashqaridan turib kuzatadigan boʻlsak, Antarktidaning ustida hosil boʻlgan ulkan tuynukni koʻrish mumkin. Shu boisdan ham 1994-yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 16-sentabr Ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida belgilangan. Bu kunda dunyo boʻyicha “Osmonni saqlang: oʻzingizni himoya qiling – ozon qatlamini himoya qiling” shiori ostida turli tadbir va loyihalar oʻtkazilib kelinadi. Turli zararli gazlar hamda vulqon otilishi kabi tabiat hodisalarining natijasida bu modda miqdori tabiiy ravishda ortib boradi. Ammo, baʼzi harakatlarimiz orqali Ozon qatlamiga yordam bera olishimiz mumkin ekan. Avvalo, eski muzlatgichlardan va havo savutgichlardan qutulish kerak.. Hasharotlarga qarshi kurashishda ozon qatlamiga zarar keltirmaydigan, samarali usullarni izlab topish boʻlajak olim va olimalarimiz oldida turgan vazifalardan biridir. Kim biladi, balki siz shunday kashfiyot muallifi boʻlarsiz! 2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart. 2016–2020 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart. Download 18.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling