Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1007468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xix asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari Shimoliy, Tropik, va Janubiy Afrika mamlakatlari

Mahdiylar qozg`oloni
XIX asr oxiri— XX asr boshlarida Sharqiy Sudan Misr
qaramog`ida edi. 1881- yilning mayida sudanliklarning
yetakchisi Muhammad Ahmad xalqni Misr-Turk zulmiga
hamda yevropaliklarga qarshi «muqaddas urush»ga chaqirdi.
Muhammad Ahmad o`zini Mahdiy deb e'lon qildi.
Gubernator Mahdiyni qamash uchun yuborgan 200 kishilik
harbiy guruh yo`q qilib tashlandi.
1882- yilda Xartumga Misrlik Abdul Qodir general-
gubernator etib tayinlandi. U mahdiylar harakatini
bostirishga urindi. Lekin, mag`lubiyatga uchradi. Bu orada
inglizlar Misrni bosib oldilar. 1883yili general Xiks boshliq
ingliz qo`shini Sudan ansorlari tomonidan El Obeyd yonida
qirib tashlandi. 1884- yili inglizlar Sudanga general Gordon
boshchiligida harbiy qism yuborishdi. Biroq, bu qo`shin ham
ansorlar tomonidan yo`q qilindi. General o`ldirildi. Sudan
ozod qilindi. 1885- yilda Sudanda mustaqil mahdiylar
davlati tuzildi. Qo`zg`olon rahbari mahdiy Muhammad
Ahmad vafot etib, uning birinchi xalifi (xaliflari to`rtta edi)
Abdulloh hokimiyatni o`z qo`liga oldi. Omdurman shahri
poytaxt etib belgilandi. Mamlakat viloyatlarga bo`lindi. 200
ming kishilik qo`shin davlatning asosiy tayanchi bo`lib
qoldi.
Ichki nizolar mahdiylarni kuchsizlantirdi. Bundan
foydalangan Angliya Efiopiyani Sudanga qarshi gijgijladi.
Natijada, 1885- yil bu ikki viloyat o`rtasida urush harakatlari
boshlandi. Bu orada Italiya Efiopiyaga hujum qildi. 1887- yil
16- yanvarda Adua yonida Italiya qo`shini tor-mor qilindi.
Efiopiya hukmdori Yo`xonni Abdullohga murojaat qilib,
umumiy dushmanga qarshi birgalikda kurashga chaqirdi.
Lekin, Abdulloh buning evaziga Yo`xonnidan islomga
o`tishini talab qildi. Oqibatda, zarur bitim tuzilmay qoldi.
Efiopiya- Sudan urushida ko`p qon to`kildi. 1889- yil mart
oyida Efiopiya imperatori Menelik sudanliklar foydasiga
tuzilgan bitimni imzolashga majbur bo`ldi.
1889- yil avgustda esa Angliya — Misr birlashgan
qo`shinlari Sudan mahdiylari qo`shini ustidan g`alaba
qozondi. 1898- yilga kelib Sudanning asosiy qismini bosib,
olishga erishdi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling