7 Mavzu: Tibbiy faoliyatda shaxslararo munosabatlar
Download 77.63 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch bilimlarni faollashtirish maqsadida Aqliy hujum usulida
- Ishlar bosqichi va mazmuni Faoliyat
- 1-bosqich. Tayyorgarlik (2 daqiqa)
- 2-bosqich. Kirish. (6
- 3-bosqich. Asosiy qism (12 daqiqa)
- 4-bosqich
- 7 Mavzu: Tibbiy faoliyatda shaxslararo munosabatlar
Tayanch bilimlarni faollashtirish maqsadida Aqliy hujum usulida savollarini beradi. “Aqliy hujum” usuli prinsipi: Bildirilgan fikr va gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi; Bildirilgan fikr va gʻoyalar qabul qilinmaydi; Qancha koʻp gʻoyalar bildirilsa , shuncha yaxshi; Gʻoya va fikrlarni bildirish uchun aniq vaqt belgilanadi. Aqliy hujum usulining texnologik xaritasi
7 Mavzu: Tibbiy faoliyatda shaxslararo munosabatlar Reja: Tabbiy faoliyatda shaxslararo munosabatlar Muloqotdagi psixologik qiyinchiliklar klassifikatsiyasi Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni; b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. Download 77.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling