7-mavzu. Tilning leksik-semantik sathi Amaliy mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi
Download 59.5 Kb.
|
5z9gdFnBqh0LdEJR--h yozawlwtfQiC (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Amaliy mashg‘ulotning xronologik xaritasi
- Asosiy masalalar: Leksik-semantik sath
- Mantiqiy mushohada uchun 1
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- Adabiyotlar
7-mavzu. Tilning leksik-semantik sathi 1.Amaliy mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi
2.Amaliy mashg‘ulotning xronologik xaritasi
Asosiy masalalar: Leksik-semantik sath 1. Tilning lug‘at sathi tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning yig‘indisidan iborat. Lug‘at sathi tilning fonetik-fonologik va grammatik sathlaridan har doim o‘zgarib va rivojlanib turishi bilan ajralib, farqlanib turadi. Fan, texnika, madaniyatning rivojlanish jarayoni lug‘at sathining doimiy o‘zgarib turishini taqozo etadi. Shunga ko‘ra, tilning lug‘at sathi paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi doirasi jihatdan bir-biridan farqlanadigan bir necha qatlamlardan tashkil topadi. Lug‘at sathining asosiy birligi hisoblangan so‘z yordamida kishilar predmet va hodisalarni ifodalaydilar; gapda esa so‘zlar o‘zaro birikib fikr ifodalash imkoniyatini yaratib beradi. Lug‘at sathini leksikologiya o‘rganadi. So‘zning ta’rifi, so‘z va predmet, so‘z va tushuncha, lug‘atning o‘zgarishi, so‘zlarning bir-biri bilan munosabati, lug‘atning qatlamlari kabi muammolar leksikologiya o‘rganadigan asosiy masalalar hisoblanadi. So‘zlarning boshlang‘ich ma’nosi va shaklida bo‘lgan o‘zgarishlarni etimologiya, lug‘at va uning tuzilishini leksikografiya, so‘zning ma’nosi va uning taraqqiyotini semasiologiya o‘rganadi. Frazeologizmlar leksikologiya bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Tilning lug‘at tarkibi bir nechta nuqtayi nazardan o‘rganilishi mumkin. Tilning lug‘at qatlamini tarixiylik nuqtayi nazaridan o‘z va o‘zlashgan so‘zlarga ajratish mumkin. Har bir tilda o‘z qatlam so‘zlari bilan bir qatorda o‘zlashgan qatlam so‘zlari ham uchraydiki, bu tilning mavqeyi, ijtimoiy-tarixiy jarayon, xalqlar va tillar o‘rtasidagi turli munosabatlar ta’siri bilan izohlanadi. Lug‘at qatlamining ma’lum qismi sheva so‘zlaridan iborat. Sheva so‘zlari asosiy aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi. Sheva so‘zlarining adabiy til lug‘atini boyitishda alohida o‘rni bor. Tilning lug‘at tarkibi iste’mol darajasi nuqtayi nazaridan ham turlichadir. Bu jihatdan faol va kam ishlatiladigan so‘zlar farqlanadi. Bu borada quyiroqda, “Tilshunoslik va uning bo‘limlari” da (o‘zbek tili misolida) batafsil to‘xtalamiz. 2.Leksika termini grekcha lexikos (“so`zga oid”) leksemasi hosilasidir. Leksika deganda, tilning barcha so`zlari, lug`at tarkibi nazarda tutiladi. Leksik termini tilning alohida so`zlar qatlamiga ham, bir ijodkor tomonidan qo`llangan barcha so`zlarga nisbatan ham (Navoiy leksikasi, Tog`ay Murod leksikasi) yoki biror asar haqida ham (“So`z haqida so`z) qo`llanishi mumkin. Til leksikasida jamiyatning ijtimoiy qatlamlanishi (professional, yosh, jins va h.k) o`z aksini topadi. Shunga ko`ra til, til leksikasi har xil sotsial dialektlarga xoslanishi jihatidan tarmoqlanadi: jargon, argo, sleng. Til leksikasining sotsial xoslanishi sotsial dialektologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika kabilar tomonidan o`rganiladi. Leksikada til egalarining turli hududiy dialektlarga mansubligi, xususan, hududiy sifatlar o`z ifodasini topadi. Tilning hududiy variativligi dialektologiya tomonidan o`rganiladi. Dialektal so`zlar umumadabiy leksikani to`ldiruvchi eng muhim ikki vositadan biri sanaladi. Tilning lug‘at boyligini oshiruvchi asosiy manba so‘z yasalishi, shevalardan so‘z olish, so‘zning ma’no taraqqiyotidagi o‘zgarishlar va ma’no ko‘chirishlar hisoblanadi.
2)Jo‘shqin Behzoddan ancha-muncha aqlli; 3)Jo‘shqin Behzoddan ham aqlli; 4)Jo‘shqin Behzoddan sezilarli darajada aqlli; 5)Jo‘shqin Behzoddan aqlliroq; 6)Jo‘shqin Behzodga nisbatan aqlli; 7)Jo‘shqin Behzoddan xiyla aqlli. Umuman Jo‘shqin aqllimi? Qaysi gapdan buni bilsa bo‘ladi? Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1.O‘zbek tili leksikasi tasnifi turlari haqida gapiring. 2.O‘zlashma qatlam nima? Misol keltiring. 3.O‘z qatlam leksemalari haqida gapiring. 4.Qo‘llanishi chegaralangan leksemalar haqida gapiring. 5.Qo‘llanishi chegaralanmagan leksemalar haqida gapiring. Adabiyotlar: 1.Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010. 2. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009. 3. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013. 4. Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ. Дадабоев. –Тошкент, 2004. 5. Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007. 6. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi.- Toshkent: 2016. Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling