7-mavzu topshiriqlari savollariga javoblar 8-mavzu topshiriq savollariga javoblar


Download 12.85 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi12.85 Kb.
#139650
Bog'liq
botanika 8


8-mavzu topshiriq savollariga javoblar

1.Kordaitlar ko‘payish organlarining tuzilishi

2.Ginkgo barglarini tuzilishi

3.Qarag‘ayda urug‘lanish jarayoni

1.Kordaitlar bir yoki ikki uyli o‘simliklar bo‘lib, erkak va urg‘ochi qubbalari

alohida-alohida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mikrosporofillar qipiqsimon bir necha

mikrosporangiy (changdon)li, megasporofillar ham

qipiqsimon tuzilishli, uchida bittadan urug‘murtak

joylashgan. Urug‘murtakda sagovniklarning

urug‘murtagi singari chang yo‘li, ikki qavat intigumentli

yopqich qatlam etli, qalin, shirali ichki qatlam hamda

ingichka yog‘ochlangan tashqi qatlamdan iborat bo‘lgan.

Urug‘lanish barcha qazilma holda uchraydigan ochiq

urug‘lilar singari spermatozoidlar yordamida bo‘lgan.

Urug‘murtak to‘liq yetilmagan.

2.Ginkgo barglari o‘ziga xos tuzilishli, bandli, uchburchaksimon, uchi ikki bo‘lmaga

ajralgan, barg tomirlari dixotomik joylashgan, qishda to‘kiladi. Ginkgo ikki uyli

o‘simlik sporofillari qisqargan novdalarda to‘plangan. Mikrosporofillari to‘pgulga

o‘xshash to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Megasporofillari uzun bandli odatda ikki

megasporangiyli, ularni megasporofil qoldiqlari o‘rab turadi. Changlanishi shamol

yordamida.

3.Qarag‘ay mikrosporofillari ko‘pincha qalqonsimon yoki

qipiqsimon shaklda bo‘lib, uning ostida 2 va undan

undan ortiq chang xaltasi (mikrosporangiy) joylashgan bo‘ladi. Chang xaltasi yopiq

urug‘li o‘simliklarning changdoniga o‘xshash bo‘lib, xaltaning sirt qismi, undan

so‘ng fibrioz (tolalar) qatlami, keyingisi esa ingichka hujayralar tizmasi va, nihoyat,

arxesporiy joylashgan. Arxesporiy hujayralarining reduksion bo‘linishi natijasida

son-sanoqsiz gaploid miksporalar vujudga keladi. Mikrospora hujayrasi ekzina

(sirtqi) va intina (ichki) dan iborat po‘st bilan qoplangan. Ayrim hollarda bu ikki

qatlam orasida, sporaning uchib yurishi uchun yerdan boradigan havo bilan to‘la

bo‘shliq ham bo‘ladi. Mikrosporaning bo‘linishi natijasida chang shakllanadi.

O‘sayotgan changning vegetativ hujayralaridan spermagen hujayra vujudga keladi.

Spermagen hujayradan ikkita xivchinsiz spermiy, vegetativ hujayradan esa

changniig o‘sishi davomida chang nayi shakllanadi.

Megasporofillar qubba shaklida, qubba markazida uzun o‘q mavjud. Bu o‘q

atrofida yopqich qipiqlar, qo‘ltig‘ida urug‘ qipig‘i joylashgan, shu urug‘

qipiqlarining ust tomonida megasporangiy – urug‘murtak joylashgan bo‘ladi. Mikropile ostida joylashgan chang xaltasi yaxshi taraqqiy etmagan. Nutsellusda

odatdagidek, ancha katta megaspora taraqqiy etib, urg‘ochi gametofit – birlamchi

endosperm, unda esa bir qadar reduksiyalangan ikkita arxesporiy vujudga keladi.

Birlamchi endosperm yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, keyinchalik o‘sayotgan

urug‘murtak uchun oziq sifatida ishlatiladi. Shamol yordamida uchib kelib,

urug‘murtakka qo‘ngan chang o‘sib, chang nayini hosil qiladi va arxegoniyga qadar

uzayib, generativ hujayradan hosil bo‘lgan ikkita spermiydan biri tuxum hujayra

bilan qo‘shiladi. Ikkinchisi nobud bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘lina

boshlaydi, undan boshlang‘ich barg, poya va ildizga ega bo‘lgan murtak shakllanadi.

Urug‘murtak uruqqa aylanadi, uning ustki qatlami urug‘ po‘stini hosil qiladi


Download 12.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling