7-Mavzu: Xayol Reja


Download 393.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi393.36 Kb.
#1050402
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu. Psixologiya. Xayol. Ma\'ruza

Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli 
ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. 
Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. 
Xuddi shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga 
yordam beradi. 
Ijodiy xayolbu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda 
yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda boshqa odamlar yoki jamiyat uchun 
qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar 
yaratadi. Ijodiy xayol inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Antitsipatsiyaviy xayolinsonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni 
oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu 
qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki 
atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi. 
Sust xayolichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli 
to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, 
amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol 
jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday 
xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan 
boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.[1] 
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, 
boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi 
xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik 
buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir 
bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining 
mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy 
xayol deyiladiBu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda 
iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular – istalgan kelajak obrazlari
shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular 
zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish 
vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni 
damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak 
obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi 
imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, 
aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib 
turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab 
turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida 
xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.[2] 
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon 
bo‘ladi. SHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni 
o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan 
hayotda yashash, demak. Bu eskapizmvoqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish 
bilan bog‘liq. 


Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladiMurakkabligi 
yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar 
o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim 
miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. 
Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni 
o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba Galileyga 
jismlarning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan «qora 
tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda 
ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi. 

Download 393.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling