7-Mavzu: Xayol Reja


Download 393.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi393.36 Kb.
#1050402
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu. Psixologiya. Xayol. Ma\'ruza



7-Mavzu: Xayol 
Reja: 
  
1. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha. 
2. Xayol turlari va jarayonlari. 
3. Xayol va ijodkorlik. 
4. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi 
  
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi va bir-biri 
bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish. 
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz 
yaratiladi. 
Giperbolizatsiya obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni 
o‘zgartirishdir. 
Urg‘u berish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish. 
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yhati: 
1. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-271-282. 
2. SafayevN.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“TDPU, 2013 
y, B.137-145. 
3. Маклаков А.Г. Общая психология. СПб., 2002. Б.295. 
Mavzuyuzasidan internet tarmog‘ibo‘yichaveb-saytlarro‘yhati: 
  
1. www.expert.psychology.ru  
2. www.psycho.all.ru  
3. www.psychology.net.ru  
4. 
www.psy.piter.com
  
  
  
12.1. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha 
Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish 
qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning 
mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, 
bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi. 
Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni 
egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning 
vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi 
xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.[1] 
Shunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda 
yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik 
yaratishning psixik jarayoni. 
Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari 
aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va 
bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi 
kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik 
doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari 
idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga 
ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada 


shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga 
oshishi mumkin. 
Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib ketgan 
holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi.[1] 
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-atvorini boshqaradi, atrof-olamni 
ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida shakllangan psixik faollikning maxsus 
tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi, bunda 
o‘tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil qilinadi. Xayolinsonga vaziyatda yo‘l topishga va 
bevosita amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi 
ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayolobrazlari faqat insonda mavjud 
bo‘lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo‘li bilan yaratiladi. 
Xayoldoimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson biror harakatni amalga 
oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday bajarishini tasavvur qiladi. SHunday 
qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo‘ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism 
obrazini yaratadi. 
Xayolfaoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq etish bilan uzviy holda 
bog‘langan.[2] 
Xayolning fiziologik asosinerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta guruhlarga 
qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar 
yangi uyg‘unliklarining hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning 
oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi 
avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni 
taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. 
Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Barcha ko‘rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog‘langandir. So‘z xayol obrazlarining 
hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi, ularning tarkib topish yo‘lini nazorat qiladi, ularni saqlab 
qolish, mustahkamlash, o‘zgartirish vositasi hisoblanadi. Xayoldoimo voqelikdan chetga 
chiqishdir,lekin istalgan vaziyatda xayol manbai – ob’ektiv voqelik hisoblanadi. 
Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisivoqelikni obrazlarda 
ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan 
iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.[2] 
Xayolning ikkinchi vazifasiemotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z xayoli ko‘magida 
inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni 
kamaytirishga layoqatli bo‘ladi. 

Download 393.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling