Tanlovlarni o‘tkazish tartibiga asosan Oliy ta’lim muassasasi saylash muddati ushbu o‘quv yilida tamom bo‘ladigan, shuningdek bo‘sh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar, o‘qituvchilar (assistentlar) va o‘qituvchilar-stajorlar lavozimlarini egallashga tanlov e’lon qiladi.
Tanlov bo‘yicha saylov oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakultetlarning ilmiy kengashlarida o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakultetning ilmiy kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi oliy ta’lim muassasasining rektoriga tegishli bo‘ladi.
Tanlovda qatnashishni xohlovchilar oliy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari talab qilinadi.
Rektori nomiga ariza;
Ishlovchining shaxsiy varaqasi
Ma’lumoti, ilmiy daraja to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
Ixtirolari, malaka oshirish to’g’risida guvohnomalar
Passport nusxasi
Ilmiy ishlar ro’yhati
Do'stlaringiz bilan baham: |