7-mavzu: Yerga ishlov berish, haydash usullari va sifati. Galla va boshqa yoppasiga ekilgan ekinlardan bo‘shagan yerlarni haydash (2 soat) Reja


Download 28.12 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi28.12 Kb.
#1623169
1   2
Bog'liq
7-мавзу

dala ang’iz deyiladi. Bir yillik ekinlardan bo’shagan bunday dalalarda chimzorlarga qaraganda organik moddalar ancha kam, tuprog’i quruq, strukturasi yomon, zichlashgan, begona o’tlar va ularning urug’i ko’p bo’ladi. Ang’izda zararkunandalar va kasalliklar ko’p uchraydi. Ang’izni ishlash tizimi lushchil’nik bilan yumshatish va kuzgi shudgorlashdan iborat.
Ko’p yillik begona o’tlar bosgan dalalar 2 marta yumshatiladi. Birinchi holda diskli lushchil’nik bilan 4-5sm chuqurlikda, keyin ag’dargichli lushchil’nik bilan 10-12sm chuqurlikda yumshatiladi. Bir yillik begona o’tlar bosgan dalalar 4-5sm chuqurlikda 1 marta yumshatiladi. Bunday yerlar oktyabr oyining boshlarida shudgorlanadi. Kuzgi haydashni shimoliy rayonlarda 15 noyabrdan, janubiy rayonlarda 30 noyabrdan kechiktirmaslik kerak. Kuchli shamol bo’ladigan tumanlarda ko’p yillik begona o’tlar kam o’sgan uchastkalarni ag’dargichsiz plug bilan haydash yaxshi samara beradi.
E. I. Zaurov, U. Xo’jabekov bu usulda haydalganda bug’doy hosili 20-23%, lalmikor dehqonchilik ITI 8-12% ortishi haqida yezishgan.
Hosilni o’rib-yig’ish bilan bir yo’la ang’izni haydash imkoniyati qilinganda, darhol uni lemexli PL-5-25 yoki yuza yumshatgich – ploskorez- XP-2-250, AP-7,5 va boshqa qurollarda 10-12 sm chuqurlikda yumshatish zarur. Shundan keyin yuza yumshatilagan ang’izni albatta ekin ekishdan oldin PN-4-35 osma yoki P-5-35m, PU-5-35 A tirkama pluglarda tegishli chuqurlikda haydash zarur. Sug’oriladigan yerlarda takroriy ekin ekish uchun samon yig’ishtirilib ang’iz sug’oriladi. Yer yetilishi bilan plugga «zig-zag» borona taqilib yer haydaladi. Yerni kunning salqinroq vaqtida haydash yaxshi natija beradi. Keyin yer joriy tekislanadi va mola bostirilib takroriy ekin ekiladi.
1. Yerni ag’darmasdan chuqur – yumshatish.
2. Haydash bilan bir vaqtdan tuproq yuzasida marzalar,to’siqlar hosil qilish.
3. Qorni saqlash va uni erishini boshqarish.
4. Nishab yerlarni ko’ndalang haydash.
5. Ag’dargichsiz haydab, ang’iz qoldirish.
6. Moslashtirilgan ayrim ag’dargichlarni qisqartirilgan pluglar bilan haydab tuproq yuzasida jo’yaklar paydo qilish
O’rta Osiyo respublikalarida relyef asosan past – baland. Sug’oriladigan yerlarda sug’orish eroziyasi xavfi bo’ladi. Sug’orish eroziyasi (irrigasion eroziya) asosan nishab yerlarda sodir bo’lib, yog’ingarchilik ta’sirida va sun’iy sug’orish ta’sirida ekin maydonlarning yuqori qismining unumdor qismi pastki qismlarga yuvilib ketadi. Unumdorlik kamayadi. Yuqori hosil olib bo’lmaydi.
Nazorat uchun savollar
1.Bahorgi shudgor qaysi hududlarda o’tkaziladi va nima sababdan?
2.Bahorgi shudgorni kamchiliklari nimada?
3.Bedapoyani shudgorlash qanday amalga oshiriladi?
4.Bedapoyalarni buzishda qanday qurollardan foydalaniladi?
5.Ang’izni ishlash tizimi qanday?
6. Yerga ishlov berishning maqsadi nimaga qaratilgan?
7. Yerga ishlov bershda qanday texnologik jarayonlar qo’llaniladi?
8. Yerga asosiy ishlov berish qanday qurollar yordamida o’tkaziladi?
Download 28.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling