7-mavzu. Yevropa mutaffakkirlari: Platon,Boesiy,R. Dekart,D. Yumlarning falsafaga oid qarashlarining qiyosiy tahlili


Download 8.05 Kb.
bet1/3
Sana27.06.2023
Hajmi8.05 Kb.
#1657034
  1   2   3
Bog'liq
Zumradxon falsafa musta\'qil ta\'lim

7-mavzu.Yevropa mutaffakkirlari:Platon,Boesiy,R.Dekart,D.Yumlarning falsafaga oid qarashlarining qiyosiy tahlili.

REJA: 1.Platonning falsafaga oid qarashlari 2.Boesiyning falsafaga oid qarashlari 3.R.Dekartning falsafaga oid qarashlari


Platon (Aflotun) (mil.avv-427-347yy)yashagan.

Platon (mil.av. 427-347 yy.) o'zining dialog shaklidagi asarlarida san'at va adabiyot bilan bog'liq qator muhim masalalarni o'rtaga qo'yadi. Jumladan, "Davlat" nomli asarida faylasuf ideal davlat fuqarosini tarbiyalash masalasini muhokama etarkan, bunda so'z san'atidan qay yo'sin foydalanish borasida yo'riqlar beradi. Uning fikricha, tarbiyada ikki jihatni birlikda olib borish lozim: tana uchun "gimnastik tarbiya", qalb uchun "musik tarbiya" (hozirdagi "estetik tarbiya" - mual.) amalga oshirilishi kerak. Faylasuf "musik tarbiya"da so'z san'ati asosiy o'rin tutishini ta'kidlaydi. Platonning fikricha, "musik tarbiya gimnastik tarbiyadan avval boshlanadi", chunki "murg'ak bolalarga avvalo miflar so'zlab beriladi". Platon bolalarga duch kelgan miflarni emas, saylab olingan miflarni hikoya qilish lozim deb biladi. Uning fikricha, "muvaffaqiyatsiz to'qima" asosiga qurilgan, xudolar yoki qahramonlarga nomaqbul sifatlar berilgan miflar - yolg'on, ularni o'qitish esa nojoizdir. Platon xayolida qurilayotgan ideal davlatda "Kimki xudolar haqida nomaqbul gaplar aytsa, ... unga xor berilmaydi (ya'ni, asarlari ijro qilinmaydi mual.), o'qituvchilarning yoshlar tarbiyasida bunday asarlardan foydalanishlariga yo'l qo'yilmaydi". Platon xayolidagi davlat asoschisi sifatida aytadiki: "Asoschilarga mif yaratish lozim emas - ular poetik ijodning asosiy belgilari qanday bo'lishi kerakligini bilsa va ulardan chekinishga yo'l qo'ymasa kifoya". Ko'rib turganimizdek, faylasuf xayolidagi ideal davlatda adabiyot davlat manfaatlariga to'la bo'ysundiriladi, adabiyotning g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy me'yorlari qat'iy belgilab qo'yiladi.


Severen Boetsiy(480-525) yashagan.

Anitsiy Manliy Severin Boesiy (480-525) antik ilm-fanni lotin dunyosiga tanitish maqsadini qo'ygan. Boesiy shu maqsadda qomusiy fanlar sirasiga kiruvchi yettita fanga oid antik manbalarni tarjima qiladi, ularga sharhlar yozadi. Uning bu xil asarlaridan "Arifmetika haqida", "Musiqa haqida" nomli risolalari bizga qadar yetib kelgan. Boesiy Aristotel va Platon asarlarini to'la lotin tiliga tarjima qilish, ularni sintezlash maqsadini ham qo'ygan. Lekin uning bu maqsadi amalga oshmay qolgan: faylasuf davlatga xiyonat qilganlikda ayblanib qamoqqa olingan va keyin qatl qilingan. Uning do'sti Kassiodorning e'tirofiga ko'ra, Boesiy qadim yunon allomalari kuchi bilan yaratilgan san'at va ilmlarning barini Rimga ona tilida o'qish imkonini yaratgan . Albatta, bu kabi e'tirofga loyiq ko'rilgan olimning boshqa sohalarga, jumladan, grammatika va ritorikaga oid asarlar ham yaratgani, ularning o'z davrida ahamiyatli bo'lganini taxmin qilish mumkin. Zero, uning "Musiqa haqida" nomli asarida antik olimlarga tayanib bildirilgan original qarashlari o'z vaqtida juda mashhur bo'lgani, musiqa nazariyotchilari tomonidan mo'tabar manba sanalgani shunday o'ylashga asos beradi.


Download 8.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling