7-mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari
Download 66.36 Kb.
|
Yosh davrlar psixologiyasi 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi .
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasining o’rganishda suhbatning maqsad va vazifasi belgilanadi, uning ob’yekti va sub’yekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. Suhbat chog’ida o’zaro izchil savollar beriladi. Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so’zlar, “g’aliz” iboralari, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarli muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o’ziga xos ishlar uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojat qilishga to’g’ri keladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkur, qobiliyat va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod yosh davri psixologiyasida keng qo’llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, metodlar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali, badiiy va adabiiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob’yekt bilan sub’yekt o’rtasida muloqot o’rganish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan xukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va diplom ishlari, ilmiy ma’ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyiha va hakozolar kiradi. Bular turli yoshdagi jinsdagi odamlar, xar xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, xarakteri bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talablar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma’qul. Download 66.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling