7-mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari


Download 66.36 Kb.
bet1/9
Sana02.06.2024
Hajmi66.36 Kb.
#1837362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yosh davrlar psixologiyasi 22


7-mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari.
Theme 7: The subject of the course of young and pedagogical psychology, tasks and methods of research
Reja:
1.Yoshlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari, yosh va pedagogik psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari.
1. Subjects, tasks and research methods of youth psychology and pedagogical psychology.
2. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari,yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy muammolari.
2. The subject of research and problems in the field of young and pedagogical psychology, the subject of the subject of young and pedagogical psychology, goals and tasks.
3. Yosh va pedagogik psixologiyasi faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi, yosh va pedagogik psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari.
3. The main problems of the psychology of the young epoch, the history of the formation of scientific knowledge in the field of young and pedagogical psychology, research methods of the subject of young and pedagogical psychology
4. Yosh va pedagogik psixologiyasi fanining asosiy sohalari, yosh davrlari psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.The main areas of the course of young and pedagogical psychology are the relationship between psychology and other disciplines.


Tayanch so’z va iboralar: ontogenez, filogenez, yosh davrlari, psixologik jarayonlar, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya.

Yosh va pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib vujudga kelgan va psixologiya faniga genetik g’oyalarning kirishi bilan yanada rivodlandi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) o’z asarlarida jumladan “Inson tarbiya predmeti sifatida” asarida shunday deb yozadi: “Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi, tushunishi kerak”.


Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya bir-biriga mahkam bog’liq va ular biri ikkinchisi taqozo etadi. Ularning har ikkisi bitta umumiy ob’yektni – ulg’ayib borayotgan shaxsning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi.Shunga qaramasdan har ikkisining aloxida vazifalari ham bor. Yosh psixologiyasi odamning psixik rivojlanish xususiyatlarini antogenezda, ya’ni organizmning vujudga kelishidan boshlab to umrining oxirigacha bo’lgan individual rivojlanish yo’lida o’rganadi. Yosh dinamikasi, psixologik jarayonlarning rivojlanishidagi qonunlashlar va yetakchi olimlar hamda odam hayotiy yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsga xos bo’lgan xususiyatlar yosh psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Pedagogik psixologiya esa ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o’rganadi. uvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub’yektlari sifatida shakllanib borishi pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi.
Bo’lajak o’qituvchilar uchun mazkur kurs bo’yicha olinadigan bilimlar juda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o’z faoliyatida yosh psixologiya ma’lumotlarini qo’llay olish kerak. Yosh davr psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bu ham biologiya, genetika, medisina, sosiologiya kabi fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Yosh davr va pedagogik psixologiya fani dialektikaning prinsplariga oliy nerv faoliyati qonunlariga, diferensiyaning psixofiziologiyasi qonunlariga psixologlar to’plagan materiallarga tayanib, inson psixikasi rivojlanishi, ma’lum bir yosh davrda uning kechishi, o’zgarishi yuzasidan baho yuritadi. O’z navbatida bolaning psixik rivojlanishidagi barcha bosqichlarda o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya to’laqonli javob beradi.

Download 66.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling