7-mavzu zamonaviy dunyoda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash modellari (2-soat)
Download 73.91 Kb.
|
0VmDimGa4L3HwPw-pJIT-VzBmS1nKQ-L
Davlatning ijtimoiy tabiati birinchi marta Germaniya Federativ Respublikaning 1944 yilgi konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi. Ushbu konstitutsiyada “Germaniya Federativ Respublikasi demokratik va ijtimoiy huquqiy federativ davlat” deb belgilab qo‘yildi. Mazkur qoida amalda hukumatning inson uchun munosib bo‘lgan turmush darajasini ta’minlash, barcha ijtimoiy guruhlar asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan siyosat o‘tkazish mas’uliyatini bildirardi. Ijtimoiy davlat maqom 1958 yilda – Fransiyada, 1972 yilda – SHveysariyada, 1975 yilda – SHvetsiyada, 1978 yilda – Ispaniya va Turkiyada joriy etildi.
Davlatning ijtimoiy funksiyalari va uning ijtimoiy maqomi qator xalqaro hujjatlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 55-moddasi, Evropa Kengashi Ustavining 1-a- va 1-b-moddalari, 1973 yilgi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi paktda mustaxkamlab qo‘yilgan. Mazmun jihatidan “ijtimoiy davlat” bilan “farovonlik davlati” tushunchalari o‘rtasidagi yaqinlikka qaramasdan ularda rivojlanishning ob’ektiv shart-sharoitlari va davlat qurilishining milliy amaliyoti aks etgani holda muayyan farqlar ham mavjudligini ko‘rsatish lozim. “Ijtimoiy davlat” tushunchasini talqin etishdagi farqlar ayniqsa “farovonlik davlati” tushunchasi o‘rniga “yalpi farovonlik davlati” tushunchasi paydo bo‘lgandan so‘ng yaqqol sezila boshlandi. “YAlpi farovonlik davlati” g‘oyasi XX asr 50-60-yillarida rivojlangan davlatlarda turmush darajasi keskin oshishi asosida paydo bo‘ldi. Bu paytga kelib ijtimoiy xavflarni sug‘urtalash tizimi odamlarning o‘z kelajaklaridagi mavhumlikni amalda to‘la qoplaydigan bo‘ldi. Davlatning avvalgi shakllaridan farqli ravishda “yalpi farovonlik davlati” butun aholiga turmush sifatining nisbatan teng va yuqori darajasini ta’minlash mas’uliyatini zimmasiga oldi. Biroq jamiyat barcha a’zolari uchun yagona farovonlikni ta’minlash rejalari iqtisodiy, demografik cheklovlar va sug‘urta mexanizmi inqirozi sababli jiddiy muammolarga duch keldi. XX asr 70-yillaridan boshlab ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy ta’minot uchun xarajatalar daromadlarga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda ortadigan bo‘ldi. Bu esa hamma joyda soliqlarni va ijtimoiy ta’minot tizimiga majburiy badallarni oshirishni talab etdi. Iqtisodiyotga bunday bosim, o‘z navbatida, uning samaradorligi yo‘lida to‘siq bo‘ldi hamda majburiy badallar va soliqlar yukini kamaytirish zaruratini tug‘dirdi. Oqibatda ijtimoiy dasturlar va nafaqalar qisman qisqartirildi. Eng asosiysi - ushbu holat davlat ijtimoiy siyosatini isloh qilish zaruratini tug‘dirdi. Moliyaviy muammolar ijtimoiy yordam ko‘rsatishning manzilligi (tanlanishi) prinsipining keng yoyilishiga sabab bo‘ldi. Moliyaviy resurslar etarli bo‘lmagan, ehtiyojlar ortadigan inqiroz davrlarida eng muhtoj fuqarolarga nafaqalarni aniq maqsadli taqdim etish zarurati paydo bo‘ladi. Hozirgi davrda nafaqalarning manzilliligi prinsipi ko‘pgina mamlakatlarda joriy etilgan. Bunda ana shu nafaqalarning miqdori daromadlar yoki ta’minlanganlik umumiy darajasiga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish aholining ehtiyojmand qatlamlariga pensiya, nafaqa, imtiyozlar, moddiy yordam berish, xizmatlar ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Jahon tajribasi ijtimoiy himoya tizimining to‘rtta asosiy tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: 1. Mehnatga layoqatli bo‘lmaganligi, ish joyi, daromad manbalari mavjud emasaligi sababli o‘z-o‘zini mustaqil ravishda moddiy jihatdan ta’minlashga qodir bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish. 2. Davlat ijtimoiy va pensiya ta’minoti. Bu iqtisodiy faol aholining ish joyini yo‘qotish yoki pensiya yoshiga etishi bilan daromaddan mahrum bo‘lish havfidan ijtimoiy himoya qilish tizimi bo‘lib, majburiy ijtimoiy sug‘urtalash shaklida amalga oshiriladi. 3. Ihtiyoriy qo‘shimcha (kasbiy) sug‘urtalash. Bu alohida tarmoqlar va korxonalar doirasida uzoq muddatli jamoa bitimlari asosida amalga oshiriladi. 4. Fuqarolarning ihtiyoriy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy sug‘urtalashi. Aholining ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmand sub’ektlariga quyidagi guruhlar kiradi: • pensionerlar. Aholining bu guruhi pul ta’minoti huquqiga ega fuqarolar bo‘lib, ularning bu huquqi tegishli qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Muayyan yoshga (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh, ayollarga nisbatan ayrim hollar bundan istisno) etgan fuqarolar pensiyaga chiqish huquqiga egalar. Nogironlikning tegishli guruhi belgilangan shaxslar, oila boquvchisini qaramog‘idagi mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari, shuningdek, boquvchisidan ajragan bolalar (14 yoshgacha bo‘lgan bolalar) parvarishi bilan mashg‘ul shaxslar, uzoq vaqt muayyan kasbiy faoliyatni bajarib kelgan xodimlarning ayrim toifasi; ichki ishlar idoralarida harbiy xizmatni o‘taganlar, ularning oilalari a’zolari ham aholining pensiya ta’minoti huquqiga ega toifasiga kiradi. SHu bilan birga aholining bu toifasiga korxona, muassasa, tashkilotda ishlayotgan pensiya oluvchi fuqarolar ham kiradi. Ishlayotgan pensionerlarga keksalik bo‘yicha pensiya 50,0 % miqdorida to‘lanadi; • nogironlar. Aholining bu toifasiga jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi, turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muxtoj bo‘lgan shaxslar kiradi. Bu toifadagi shaxslar hayot faoliyatini cheklashga olib kelgan va ijtimoiy himoyaga muxtoj qilib qo‘ygan jarohat yoki nuqsonlar, kasalliklar bo‘yicha aniqlanadi; Organizm funksiyasining buzilish darajasiga bog‘liq holda va hayot faoliyati cheklanganligiga ko‘ra birinchi va ikkinchi guruh nogironligi belgilanadi. Nogiron bolalar jismoniy yoki aqliy, sezgi nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muxtoj 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslardir. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan, 16 yoshdan 18 yoshgacha esa – tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi; • kam ta’minlangan oilalar. Ular daromadlari tirikchilik eng kam miqdoridan yuqori bo‘lmagan oilalardir. Kam ta’minlanganlik (kambag‘allik) chegarasi mutaxassislar tomonidan me’yoriy iste’mol savatchasi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Hozirgi vaqtda yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga o‘tilishi munosabati bilan bu chegarani belgilash ancha murakkab masala hisoblanadi. Kam ta’minlangan oilalarga ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan, nafaqaxo‘r oilalar kiradi. • ishsizlar. Aholining bu toifasiga ishsiz va daromad topish manbai bo‘lmagan mehnatga layoqatli fuqarolar kiradi. Bu toifadagi fuqarolar aholining ish bilan bandligi xizmatida ishsiz sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi. Aholining ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmand sub’ektlariga, shuningdek quyidagilar ham kiradi: • homilador va yosh bolalarga qarash bilan bandligi tufayli ishlamayotgan ayollar; • kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotgan fuqarolar; • o‘quvchi yoshlar; • mehnatga layoqatsiz shaxslarning parvarishi bilan band bo‘lgan, ishlamayotgan mehnatga layoqatli fuqarolar ham kiradi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimida quyidagi darajalarni ajratib ko‘rsatish qabul qilingan: •aholini davlat tomonidan muhofaza qilish; • aholini davlat hokimiyatining mahalliy organlari tomonidan muhofaza qilish; • aholini ijtimoiy birlashmalar, shu jumladan kasaba uyushmalari tomonidan muhofaza qilish; •xodimlarni ish beruvchilar tomonidan muhofaza qilish; • oilaviy himoya va o‘zini o‘zi himoya qilish. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. CHunki, boshqa intstitutlar aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida davlat tomonidan belgilangan maqsadlarga erishishda davlatga ko‘maklashadilar. Davlat aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqa institutlari bilan munosabatlarini ijtimoiy sherikchilik asosida yo‘lga qo‘yadi. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot bir ma’noli emas, balki turdosh tushunchalardir. Ulardan ilmiy ta’riflar sifatida foydalanilganida ijtimoiy himoya ijtimoiy ta’minotni tarkibiy qismi sifatida o‘z ichiga oladi, bundan tashqari, u inson hayot faoliyatining normal shart-sharoitlarini ta’minlovchi mehnat, sog‘liq va tabiiy muhitni muhofaza qilish, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori kabi kafolatlarni qamrab oladi. Download 73.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling