7-mavzu zamonaviy dunyoda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash modellari (2-soat)
Download 73.91 Kb.
|
0VmDimGa4L3HwPw-pJIT-VzBmS1nKQ-L
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushuncha, maqsad va vazifalar.
7-MAVZU ZAMONAVIY DUNYODA AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MODELLARI (2-soat) 1. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushuncha, maqsad va vazifalar. Ijtimoiy himoya turlari. 2. Ijtimoiy himoya modellari: liberal, sotsial-demokratik, konservativ (korporativ). 3. G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimining funksiyalari va prinsiplari. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushuncha, maqsad va vazifalar. Ijtimoiy himoya turlari.Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholini kafolatli himoya qilish eng muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifadir. Har bir mamlakat ijtimoiy himoya tizimining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining darajasidan dalolat beradi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 25-moddasida “Har bir inson ... ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”1 ekanligi ko‘rsatilgan. Bu aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi tomonidan ta’minlanadi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi uchta asosiy shaklga ega: • ijtimoiy ta’minot; • ijtimoiy sug‘urta; • ijtimoiy yordam.
Ijtimoiy ta’minotga ehtiyoj jamiyat paydo bo‘lishi bilan tug‘ildi. Har qanday jamiyatda – uning iqtisodiy va siyosiy tuzilishidan qat’i nazar – o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar sababli tirikchilik kechirish uchun mablag‘ topishga qodir bo‘lmagan aholi toifalari bo‘ladi. Ularga, eng avvalo, bolalar va keksa kishilar kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy yordamga muhtojlar safini vaqtincha yoki bir umr mehnatga layoqatsizligini yo‘qotgan odamlar to‘ldirishi mumkin. Jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkablashishi bilan ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy sabablar oqibatidagi ishsizlar, kambag‘allar, shuningdek inflyasiyaning yuqori sur’atlaridan moddiyo ahvollari og‘irlashganlar kiradi. Ijtimoiy ta’minot deyilganda quyidagilar anglanadi: • fuqarolarga qarilikda mehnat faoliyati, mehnat qobiliyati va boquvchisini yo‘qotganligi uchun ko‘zda tutilgan moddiy ta’minotdan tashqari ularning normal turmush va madaniy standartlarini kafolatlaydigan taqsimlash shakli; • fuqarolarni yoshi, kasallanishi, nogironligi, ishsizligi, boquvchisini yo‘qotganligi, bolalarni tarbiya qilish uchun hamda qonunda belgilab qo‘yilgan boshqa holatlar bo‘yicha moddiy ta’minlash tizimi; • bir tomondan fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan daromadlari yo‘qotilishi yoki kamayishi vaziyatlari paydo bo‘lganda fuqarolarga maxsus fondlar, byudjet mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish, pensiya, nafaqalar va moddiy ta’minlashning boshqa shakllari asosida tarkib topayotgan ijtimoiy munosabatlar jamlanmasi. Qonunchilik ijtimoiy ta’minotning quyidagi olti turini nazarda tutadi: • pensiyalar; • nafaqalar; • ijtimoiy ta’minot kompensatsiyasi; • imtiyozlar; • ijtimoiy va tibbiy xizmatlar; • hayotiy zarur ashyolar. Yuqorida qayd etilgan bu turlarning har biri, odatda yana qator turlarga bo‘linadi. Bunda ijtimoiy ta’minot turlari barqaror xususiyatga ega bo‘lgani holda ularning boshqa turlari muayyan siyosiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi. Ushbu ijtimoiy himoya ko‘rsatish shaklida avvaldan ma’lum to‘lovlar bajarilganmi yoki yo‘qmi, shuningdek, shaxslarning moddiy holati (muhtojligi) e’tiborga olinmagan holda davlat tomonidan ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi. Mazkur ijtimoiy himoyaning moliyaviy manbalari – bu umumiy va maxsus soliqlar hisobidan shakllanadigan davlat byudjetidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadigan mablag‘lardir. Aholining ijtimoiy ta’minoti tizimidagi eng muhim shakl – ijtimoiy sug‘urtadir. Download 73.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling