7. Maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari


Download 172.23 Kb.
bet2/3
Sana28.10.2023
Hajmi172.23 Kb.
#1730435
1   2   3
Bog'liq
жихоз-7 Maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari

Ishlashga tayyorlash. Mashina bosh qismi mexanizmlarining tutashgan detallari moylanadi. Karterlar 7,10 dagi (rasm) moy satxi aniqlanib, kamiga moy qo’yiladi. Ip galtagi tayanchi 5 ga (rasmga qarang) galtak o’rnatilgan buladi. Ustki va ostki iplarni takish hamda naychaga ip urash 1022-M rusumli tikuv mashinasidagidek bajariladi. Iplar takilgandan keyin tumbler 25 yordamida elektr shkaf 24 ning avtomatik ajratgichi ishga tushiriladi va yoritgich 18 yonadi. Sungra klapan 27 yordamida yarim avtomat pnevmatik tarmogidagi havo bosimi rostlanadi.


2-расм 3022-M rusumli yarim avtomatining old qismi.

Bosim (manometr 26 ning ko’rsatishicha) 0,4-0,45 MPa ga teng bo’lishi kerak. Pnevmatik apparat bosim ostida bo’lganda reyka 5 (104-rasmga qarang), tepki 3, kisgich 7 (2-rasm) va qirqkich 4 dan iborat bo’lgan pichoq qurilmasi yuqoriga ko’tariladi. Boshqarish pulti 14 ning "ishga tushirish" tugmachasi 19 (1-rasmga qarang) bosilganda elektr yuritgich 28 ishga tushadi. "Ignani ko’tarish" tugmachasi 15 bosilganda mashina bosh qismining maxovik gildiragi aylana boshlaydi. Agar maxovik gildirak aylanmasa, reduktsion klapan 29 ni aylantirib turib, mashina asosiy valining minimal aylanish chastotasini rostlash kerak. Igna yuqori holatdaligida knopka 15 yordamida mashinaning bosh qismi to’xtatiladi.

Tepki" deb ataladigan tumblyor 16 ni ungga burganda, reyka 5 (2-rasmga qarang) bilan tepki 3 pastga tushadi. Igna 12 ga ip takgandan keyin ip uchini tepki 9 ning (3-rasmga qarang) teshigidan o’tkaziladi va igna plastinasi 3 ning arikchasiga kiritib qo’yiladi. Qisgich 7 ipning bush uchini bosib turishi kerak, buning uchun "Pichoqni ko’tarish" tugmachasi 12 ni bosiladi (1-rasmga qarang), shunda kisgich va qirqgich ko’tariladi. Tugmacha 12 qo’yib yuborilganda, kisgich ipni kisib koladi, natijada, baxyakator boshlanishida baxya tashlab tiqilishi bartaraf etiladi.


3022-M rusumli yarim avtomatining ip qirqgichi.

Tumblyor 16 ni (1-rasmga qarang) chapga burganda tepki 3 (2-rasmga qarang) bilan reyka 5 ko’tariladi. Detallari taxlamasi stolcha 23 ning ustiga qo’yiladi (2-rasmga qarang), kiyim detallarining chap uchi kisgich 3 bilan kisib qo’yilib, pnevmotaksimlagich 1 o’lanadi. Xomashyoning o’ng tomonidagi uchlari qisgich tagidan 60-70 sm chikib turishi kerak. Vitochka tikilgandan keyin detalni havo oqimi yordamida soplo 7 dan dazmollagich 2 ustiga tushirish uchun, "puflash" dastagini 13 ni chapga burish kerak. Boshqarish pulti 14 dagi tugmacha yarim avtomatni istalgan vaqtda to’xtatish uchun xizmat qiladi.


Download 172.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling