7. Maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari
Download 172.23 Kb.
|
жихоз-7 Maxsus yarimavtomatik tikuv mashinalari
Ish tartibi. Kiyim detali 2 ni (4-rasm) uning qirqimlarini vitochkaning kerakli uzunligiga oldindan rostlangan burchaklik 4 ga etkazib kolip 1 ustiga qo’yiladi. Pedal 30 (1-rasmga qarang) bosilganda planka 3 (4-rasmga qarang) pastga tushib, xomashyoni kolip 1 ga bosadi. Kolip 1, detal 2 va planka 3 tikuvchidan nariga surilib, ko’tarilib turgan reyka 5 bilan tepki 3 ning (2-rasmga qarang) tagiga kiradi, shu bilan birga xomashyoning osilib turgan qismi igna plastinasi 2 ga tegadi va vitochka bukiladi.Planka 11 (1-rasmga qarang) ko’tarilib, kolip 22 bilan birgalikda tikuvchiga tomon surildi. Ayni vaqtda reyka 5 (2-rasmga qarang) bilan tepki 3 pastga tushadi, bunda reyka 5 ning ignalari 1 xom-ashyoning igna plastinasi 2 ustidagi holatini to’g’irlaydi.3022-M rusumli yarim avtomatining qolipi Mashina bosh qismining tikish apparati ishga tushiriladi, reyka 5 zagotovkani chapga suradi, bunda uning harakatini bosuvchi tepki 3 ning kronshteyni 6 tutib turgan roliklar 4 yunaltirib turadi. Materialni surish tezligini reyka 5 yordamida o’zgartirish yuli bilan baxyakator boshida va oxirida baxya puxtalanadi. Vitochka tikilgandan keyin shtok 6 (3-rasmga qarang) pastga tushib, prujina 5 ni siqadi, kisgich 7 ko’ndalang ariqcha 1 dagi "iplar zanjirini" qisadi, kesgich 4 teshik 2 ning o’tkir tigi bilan ipni kesadi.Download 172.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling