Chala yumshatish: PSK dan yuqorida qizdiriladi. Perlit qayta kristallanadi,
evtektoigacha bo‘lgan po‘latlarda Ferrit, evtektoiddan keyingi po‘latlarda tsementit
o‘zgarmay qoladi. Chala yumshatish asosan evtektoiddan keyingi po‘latlarda
ishlatiladi. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlardan prokatlangan va bolg‘alangan
buyumlargina chala yumshatiladi: perlit qayta kristallanadi, ichki kuchlanish
yo‘qoladi.
Sferoidlovchi yumshatish (donador tsementit hosil qilish): 740-760
o
gacha
qizdiriladi, ma’lum vaqt tutib turib, sekin sovitiladi. Plastinkasimon tsementit
sferoidal tsementitga aylanadi: A
c1
dan yuqorida perlit Austenitga aylanadi,
ortiqcha tsementit o‘zgarmay qoladi, ya’ni geterogen struktura hosil bo‘ladi. Buni
kesib ishlash juda oson. Bu usul evtektoiddan keyingi po‘latlarga va legirlangan
po‘latlarga ishlatiladi. Bu chala yumshatishni bir turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |